Banklar tizimi miqyosida olib qarasak qanday funksiyalarga bo'linadi
-Vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini yig'ish va kapitalga aylantirish
-Kredit munosabatlarida vositachilik qilish
-To'lov jarayonlarida vositachilik qilish
-Muomalaga kredit vositalarini chiqarish
Markaziy bank mulk shakliga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
Davlat, aksioner va aralash kapitalli
Markaziy banking mustaqilligini belgilovchi indekslar va baholash ko'rsatkichlari qaysilar?
Indekslar:
- Sukerman
- GMT (Grilli, Maskiandro va Tabellini)
- Eyffinger-Shaling
Baholash ko'rsatkichi:
- The New Index for Central Bank Independence
Prinsipal vositachi nazariyasi qaysi subyektlar o'rtasidagi bitimlarning xarakterini tushuntiradi?
- Bankning aksyadori va uning boshqaruvi
- Bank va uning xodimlari
- Bank va qarzdor
- Omonatchilar va bank
Bank faoliyatini tartibga soluvchi davlat organi qaysi?
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
"Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonun 4-modda
"O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bank to'g'risida"gi Qonun 1 - moddasida nima ko'rsatilgan? (Yangi tahriri)
Ushbu qonunning maqsadi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Jahon amaliyotida Markaziy banklarni vujudga kelishini qanday asosiy yo'llari mavjud?
1. Uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliyashtirish yo'li bilan Markaziy banklar tashkil qilinadi.
2. Tashkil etilgandayoq Markaziy bank sifatida qabul qilinadi.
Sukerman indeksi baxolash me'zonini tushuntiring.
Mustaqillikni tavsiflovchi 4 guruhga bo'linadi va 16 ta ko'rsatkichdan iborat. Har bir ko'rsatkich 0 dan 1 gacha baholanadi.
Tijorat banklari joylashish belgisi va tarmoqlarga xizmat ko'rsatishiga qarab qanday turlarga bo'linadi?
-- Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
-- Tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo‘jalik, savdo va boshqa banklarga boiinishi mumkin.
Bankning boshqaruv organlarini sanang.
1. Aksyadorlarning umumiy yig'ilishi -- yuqori boshqaruv organ
2. Bank kuzatuv kengashi
"Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonun 32-moddda
Bank tizimini qayta tashkil etish qaysi tamoyillarga asosan amalga oshiriladi?
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish uchun bank moliya tizimini barqarorligiga erishish
- Bank tizimidagi islohotlar umumiqtisodiy islohotlarning o'tkazilishi bilan mos kelishi
- Bank moliya tizimini bosqichma bosqich takomillashtirish yo'li bilan jahon bank tizimiga yaqinlashtirish
- Pul kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojlari va iqtisodiyotning xususiyatini hisobga olish
- Banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo'yish
Markaziy Bankni "Tor" va "Keng" ma'noda pul kredit siyosatini olib borishini tushuntiring.
"Tor"--- investitsiya; hisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo'yicha foiz stavkalariga ta'sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulligiga erishadi.
"Keng"--- muomaladagi pul massasigata'sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi.
Effinger-Shaling indeksi orqali Markaziy Bank mustaqilligini aniqlashda qaysi faktorardan foydalaniladi?
1. Markaziy Bankning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi
2. Markaziy Bank boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi
3. Hukumat tomonidan tayinlanadigan Markaziy Bank boshqaruv organlari a'zolarining ulushi
Tijorat banklari qaysi asosiy funksiylarni bajaradi?
1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablaglami yiglsh va ularni kapitalga aylantirish;
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;
3.Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari)ni chiqarish;
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va tolovlami amalga oshirish;
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatla rini ko‘rsatish.
O'zbekiston respublikasida Markaziy bank kimga Hisobdor hisoblanadi? (hisobot topshiradi)
Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Markaziy bankning yillik hisobotini auditorlik tashkilotining xulosasi bilan birgako'rib chiqadi.
"Markaziy bank to'g'risida"gi qonun 8-modda
O'zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar bo'lgan bank tiziminig rivojlanishi davri(yili) va har bir davrga mos bo'lgan xususiyatlarini ayting
- XIX asr oxiri 1930-1932 yillar --- SSSR kredit tizimi tashkil qilinadi; tarmoq banklari, o'lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar va davlat banklari faoliyat ko'rsatgan.
- 1932-1959 yillar --- Korxonalarni veksel kreditlashdan(egri) to'g'ridan to'g'ri kreditlashga o'tilgan; iqtisodiyot sohalar bo'yicha banklar tashkil qilingan va bu banklar faqat shu sohani uzoq muddatli kreditlash bilan shug'ullangan; Davlat banki qisqa muddatli kreditlar ajratgan.
- 1959-1988 yillar --- Majud tarmoq banklari qayta tashkil qilinib, uchta yirik banklar tashkil qilindi.
# Davlat Banki -- barcha sohalarga uzoq va qisqa muddatli kreditlar bergan.
# Qurilish Banki -- faqat kapital qo'yilmalari bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni; qurulish va uzoq muddatli kreditlar berish bilan shug'ullangan.
# Tashqi Savdo Banki -- Mamakatdagi eksport-import bilan bog'liq faoliyatni boshqarib borgan.
- 1988-1990 yillar --- Davlat banki bilan bir qatorda maxsus tarmoq banklari tashkil qilindi: Sanoat Qurilish banki; Agrosanoat banki; Uy joy qurilish va ijtimoiy ta'minot banki. Davlat bankidan kreditlash huquqi olib tashlandi va emission bank maqomi berildi.
Markaziy Bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari qaysilar?
- minimal majburiy rezerv normalarini o'rnatish
- foiz (discont) siyosati
- tijorat banklarida qayta moliyalashtirish
- ochiq bozor siyosati
- targetlash
GMT indeksi qismlari va har bir qism me'zonlarini ayting.
#GMT indeksi bo‘yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me’zon bo‘yicha baholanadi:
1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi.
2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi.
3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a’zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi.
4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi.
5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo‘q.
6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlami Hukumat tomonidan ma’qullanish zaruriyatining yo‘qligi.
7. Markaziy bankda qonun bo‘yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati boiishi kerak.
8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlarining mavjudligi.
#GMT indeksi bo‘yicha Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi 7 ta me’zon bo‘yicha baholanadi:
1.Hukumatga avtomatik tarzda kreditlar berish jarayonining mavjud emasligi.
2.Markaziy bank kreditlari Hukumatga bozor stavkalarida beriladi.
3.Markaziy bank kreditlari Hukumatga ma’lum muddatga beriladi.
4.Kreditlar Hukumatga cheklangan miqdorda beriladi.
5.Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi.
6.Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlarining birlamchi ishtirokchisi hisoblanmaydi.
7.Markaziy bank o‘zining foiz stavkalari mustaqil, Hukumat bilan kelishmasdan, o‘matadi.
Tijorat banklari qaysi tamoyillar asosida faoliyat ko'rsatadi?
- Jalb qilingan mablag'lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili.
- Jalb etilgan va qo‘yilgan mablag'laring mutanosibligi tamoyili
- Bank ssuda berayotgan bozor me'zonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan holda berish tamoyili
- Bank faoliyatining tijoratlashuvi tamoyili (bunda banklaring tijorat obyekti vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag'lari hisoblanadi.)
- “Hamma narsa mijoz uchun” tamoyili (bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. )
- Banklar ko‘rsatadigan xizmatlar va operatsiyalaring universallashuvi va diversifikatsiyasi tamoyili
Markaziy bank raisi vazifalari va vakolatlarini haqida ayting.
Markaziy Bank va uning boshqaruv faoliyatiga rahbarlik qiladi va markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiuchun javobgar bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasida va xorijda Markaziy bank nomidan ishonchnomasiz faoliyat yuritadi.
Markaziy bank qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobot beradi.
Boshqa davlat tashkilotlarida Markaziy Bank masalalari bo'yicha Markaziy bank nomidan ish yuritadi.
"Markaziy bank tog'risida"gi qonun 22-modda
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi bo'lgan bank tiziminig rivojlanishi davri(yili) va har bir davrga mos bo'lgan xususiyatlarini ayting
- 1991-1994 yillar --- Milliy valyutani muomalaga kiritish uchun iqtisodiy asos yaratish va ikki pog'onali bank tizimi poydevori qurish jarayoni olib borildi. (1991-yil 15-fevralda "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi va u asosida O'zb Res Markaziy Banki tashkil etildi.)
-1994-1996 yillar --- Milliy valyuta (so'm) muomalaga kiritildi va ikki pog'onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratildi. (1995-yil 21-dekabrda "Markaziy bank to'g'risida"gi Qonun va 1996-yil 25-aprelda "Banklar av bank faoliyati to'g'risisda"gi Qonun qabul qilindi.)
- 1997-2000 yillar --- Banklarni xususiylashtirish va aksyadorlik-tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko'zda tutildi. (1997-yil 24-aprelda "Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag'batlantirish to'g'risida" Farmon qabul qilindi.)
- 1991-2000 yillar --- Bank tizimini yanada xalqaro andozalarga yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlari boshlandi. (Unga ko'ra:
Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish;
Bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish;
Bo‘sh turgan mablaglami bankka jalb qilish va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
Banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalari, xususan dehqon, fermer xo‘jaliklari hamda kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish;
Banklami investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
Banklaming mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosa- batlarini shakllantirish;
Aholining bank-moliya tizimiga bo‘Igan ishonchini oshirish;
Xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish)
- 2006- yildan boshlab --- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uni kreditlash, aholining iste’mol ehtiyojiarini va uy-joy qurilishini ipotekaviy kreditlash, mikrokredit tashkilotlari va mikromoliyalash tizimini takomillashtirishning qonuniy asoslari shakllantirildi. “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
- 2008- yilda --- Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning salbiy ta’siridan himoyalanish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar va jarayonlarni o'z ichiga oldi. (Jahon moliyaqiy iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri oldini olish, ushbu choralarda asosiy e’tibor mamlakat bank tizimini mustahkamlash, banklaming kapitallashuvi, resurs bazasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati va ularning kreditlash imkoniyatini oshirish masalalariga ustuvorlik berildi.)
- 2011-2015 yillar --- Pul-kredit siyosatining barqarorligini ta’minlash, kreditlash mexanizmini soddalashtirish, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashni imtiyozli kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish borasida ishlar amalga oshirildi.
- 2017-2021 yillar --- O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalami amalga oshirishda bank tizimining ishtiroki mamlakatimiz bank tizimining rivojlanishida muhim bosqichni boshlab berdi.
Markaziy Bankning "Banklarning banki " funksiyasi qay hollarda ko'rinadi?
-- Barcha tijorat banklari o‘z mablagiarining ma’lum qismini Markaziy bankdagi foizsiz hisob-raqamlarida minimal rezervlar sifatida saqlashga majburdirlar.
--Bank mijozlari o‘z jamg‘armalarining yoki kreditlarining ma’lum qismini Markaziy bank biletlarida, ya’ni naqd pullarda oladilar.
-- Markaziy bank barcha tijorat banklari va boshqa kredit institutlari uchun «so‘nggi kreditor»dir
-- Markaziy bank mamlakat hududida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar shakllarini, ulami qoilash tartibini va muddatini belgilab beradi.
-- Tijorat banklariga litsenzya beradi, nazorat qiladi, kafolatlaydi va boshqalar
“The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko‘rsatkichi guruhlari va har bir guruh me'zonlari(+baholash me'zonlari) haqida so'ylang.
0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy me’zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh:
--Monetar siyosat mustaqilligi (MSM):
(Al. Markaziy bankning konservativlik darajasi yoki samarali maqsad va vazifalami o‘matishdagi mustaqilligi.
A2. Vazifalar va ko‘rsatkichlami belgilash mustaqilligi
A3. Markaziy bank qoilaydigan instrumentlar mustaqilligi darajasi
A5. Valyuta kursi siyosati koordinatsiyasi
A6. Moliyaviy nazorat)
--Personal mustaqillik (PM):
(VI. Markaziy bank Raisini tayinlash
V2. Markaziy bank Boshqaruvi vazifasining amal qilish muddati
V3. Markaziy bank Raisi mustaqilligi
V4. Kengash a’zolarini tayinlash
V5. Kengash a’zolarining vazifalarining amal qilish muddati
V6. Markaziy bank Kengashida Hukumatning ishtiroki darajasi)
Moliyaviy mustaqillik (MM):
(S1. Majburiyatlar bo‘yicha limitlar (Sekyuteritizatsiya qilinmagan kreditlar bo‘yicha)
S2. Sekyuteritizatsiya qilingan kreditlar bo‘yicha limitlash
S3. Markaziy bank kreditlari bo‘yicha limitlar o‘matish ixtisosligi darajasi
S4. Kreditlar muddati
S5. Foiz stavkasi
S6. Hukumat qimmatli qog‘ozlari oldi-sotdisida Markaziy bankning birlamchi bozorda ishtiroki)
Bank kengashi va Bank boshqaruvi farqlarini va vazifalarini tushuntiring.
-- Bank kengashi - bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; Kengash o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun bank boshqaruviga malakali kadrlami jalb qilish; kengash a’zolarini tayinlash va yollash, boshqaruv bilan maslahatlashgan holda, bankning uzoq va qisqa muddatli faoliyati biznes-rejasini o‘rganish, bank faoliyati strategiyasi, xavfsizligi, operatsion siyosatini qabul qilish, bank nazorati va siyosatiga asosan bank operatsiyalarining qonunchilikga mosligini nazorat qilish, bankning tezkor faoliyatini kuzatib borish huquqiga ega.
Bank kengashi a’zolari aksiyadorlar umumiy yigilishida bir yilga saylanadi va qayta saylanishi mumkin.
-- Bank boshqaruvi - bank ijroiya organi hisoblanib, bankning kundalik faoliyati uchun javobgar hisoblanadi va uni amalga oshiradi. Bank boshqaruvi odatda 7 kishidan yoki toq sondagi a’zolardan iborat bo‘ladi. Bank organini tuzish yoki uni tugatish bank kengashi qarori asosida amalga oshiriladi. Bank boshqaruvi aksiyadorlar, umumiy yig‘ilishining va bank kengashining qarorlari, bajarilishini tashkil etadi.
Markaziy bank boshqaruvi tarkibi haqida ma'lumotlar bering.
Markziy bank boshqaruv tarkibi to'qqiz nafar kishidan iborat bo'ladi.
Markaziy bank boshqaruv tarkibiga Markaziy bank raisi; uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil a'zosi kiradi.
"Markaziy bank to'g'risida"gi qonun 19- modda