(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
100

Normal sharoitdan inson o'z ehtiyojlarini ijtimoiy foydali faoliyat orqali qondiradi. qimor qaramligida esa insonning qaysi sohasi buzilishi natijasida bu tizim izdan chiqadi?

Motivatsion-ehtiyoj sohasi buzilishi.

100

Qimor o'yiniga tobelik zamonaviy psixologiya va psixiatriyada shaxsning qaysi shakldagi qaramligi sifatida talqin etiladi?

Hulq atvoriy qaramlik shakllaridan biri sifatida

100

Qimor qaramligi jarayoni dastlab qaysi bosqichdan boshlanadi?

Oddiy qiziqish sifatida boshlanadi

100

Neyropsixologik tadqiqotlarga ko'ra insonda zavq, mukofot va motivatsiya inson shakllantiruvchi qaysi tizim qimor qaramligida asosiy ahamiyatga ega?

Dopaminergik

100

Qimor o'yinlarini ichki psixologik ziddiyatlar, stress va real hayot muammolaridan qochish vositasi sifatida talqin qiladigan yo'nalish qaysi?

Psixoanalitik yondashuv

200

Inson faoliyatining motivatsion mexanizmlarini tahlil qilib, ehtoyojlar tizimidagi buzilishlar shaxsning deviant xulq-atvoriga olib kelishini ta'kidlaydigan o'zbek olimi kim?

E.G'oyizev

200

Amerika Psixiatriya Assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan DSM-5(2013) tasnifida qimor qaramligi qaysi guruhga kiritilgan?

Moddalar bilan bog'liq va qaramlik kasalliklari guruhiga 

200

Oddiy qiziqishdan so'ng jarayon qaysi bosqichga o'tadi?

Muntazam o'ynashga o'tadi.

200

Qimor vaqtida difamin ajralishi keskin ortishi natijasida qaysi tizim ortiqcha faollashadi?

"mukofot tizimi"

200

Qimor qaramligi noto'g'ri fikrlash jarayonlari bilan izohlashdigan va yutish ehtimolini ortiqcha baholashini ko'rsatadigan yondashuv qaysi?

Kognitiv yondashuv

300

Psixologik jarayonlar va xulq-atvorni o'rganar ekan, impulsivlik va o'zini nazorat qilishning pasayishi turli qaramlikarning asosiy omillaridan biri ekanligini ko'rsatgan olim kim?

B.Qodirov

300

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan ICD-11(2019) tasnifida qimorga tobelik qanday e'tirof etilgan?

"Addiktiv xulq atvor buzilishlari" sifatida alohida qayd etilgan.

300

Muntazam o'ynash bosqichidagi jarayonda qanday o'zgarish yuz beradi?

Nazorat yo'qoladi

300

Qimor o'yinlariga tobelik prefrontal korteks faoliyatining pasayisi qaysi qobiliyat susayishiga olib keladi?

O'zini nazorat qilish qobiliyati

300

Bixevioristik yondashuvga ko'ra, qimorga qaramlikdagi qaysi xususiyat insonni eng kuchli darajada bog'lab qo'yadi?

O'zgaruvchan mukofot tizimi

400

Zamonaviy ijtimoiy muhit, axborot texnologiyalari va bo'sh vaqtni noto'g'ri tashkil etish yoshlar orasida qimor o'yinlariga moyillikni kuchaytirishini qayd etgan olim kim?

R.Sunnatova

400

Diagnostik mezonlarga ko'ra klinik tashxis qo'yish uchun qimorga tobelik belgilari odatta qancha muddat davomida kuzatilishi kerak?

12 oy davomida

400

Qimor qaramligi rivojlanishining eng oxirgi yakuniy bosqichi nima deb ataladi?

To'liq qaramlik

400

Insonni oldindan o'ylamasdan tez vanazoratsiz qarorlar qabul qilishga moyilligi qanday psixologik xususiyat deb ataladi?

Impulsivlik

400

O'yinchilarning tasodifiylikni inkor etib vaziyatni go'yo nazorat qilayotganiga ishonishi ilmiy adabiyotlarda qanday yoritiladi?

Nazorat illuziyasi

500

B.Qodirov, R.Sunnatova,E.G'oyizevlarning ilmiy qarashlari bevosita qimor qaramligini o'rganmagan bo'lsa-da, nima uchun muhim metodologik asos bo'lib xizmat qiladi?

Qimor qaramligini psixologik ildizlarini tushunishda

500

Vaqt o'tishi bilan bir xil emotsional ta'sirni olish uchun ko'proq pul tikish yoki uzoqroq o'ynash ehtiyojining tushunilishi nima deb ataladi?

Tolerantlik

500

Inson o'yin o'ynash istagini nazorat qila olmaydigan, xatto bu uning hayotiga zarar keltirayotganini bilsa ham to'xtata olmaydigan xulq-atvori psixologik jihatdan qanday ko'rinishda namoyon bo'ladi?

Kompulsiv xulq-atvor ko'rinishda

500

O'yin o'ynash imkoniyati bo'lmaganda paydo bo'ladigan ichki bezovtalik asabiylik va ruhiy noqulaylik holati nima deb ataladi?

Abstinensiya holati

500

Operant shartlanish mexanizmidagi yutuqning tasodifiy ravishda yuzaga kelishi, ya'ni noaniq va kutilmagan mukofotning xulq-atvorni mustahkamlashi nima deb yuritiladi?

"O'zgaruvchan nisbatli mustahkamlash"