Bu harf dunyoning barcha alfabitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o'rnatgan. Bu qaysi harf?
O
Mashina rulini o'ngga burganda uning qaysi g'ildiragi umuman burilmaydi?
Zaxiradagi (zapas) g'ildirak.
Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?
Futbol xakamlari.
Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo'lsak, 7 chiqadi?
12 soni rim mumkinda XII bo'lganda yarmi VII bo'ladi
U sizniki, undan sizdan ko'ra boshqalar ko'proq foydalanadi. U nima?
Bu o'z ismingiz
Kichkina, kulranggina, filga o'xshaydi.
Filning bolasi.
Stolda qalam, chizg'ich, sirkul va o'chirg'ich turibdi. Qog'ozga aylana shaklini olish kerak bo'lsa, birinchi bo'lib nimani olish kerak?
Qogʻozni
Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Aytingchi men kimman?
Muz
Bir kuni shafyor o'z mashinasining g'ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko'rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
Dami chiqqan g'ildirak zahiradagisi edi.
Bu sohadagilar chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko'p shikoyat qilishadi. Bu sohani toping.
Skripkachilar.
Erkak kishi o'zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?
Yo'q, o'zi vafot etgan kishi hech kimga uylana olmadi.
3 ta archa o'sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barchaning jami mevalari soni nechta bo'ladi?
Archada olma nima qilsin.
Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo'lishi mumkin?
Meri
Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanadi. Shamol esa sharqdan g'arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi qarab harakatlanadi?
Elektropoezdlar tutun chiqarmaydi (albatta yong'in chiqmasa).
Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o'qiyapti, 2- shaxmat o'ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig'ishtiryapti, 5- nima qilyapti?
Shaxmat o'ynayapti.
Bir kishi olmalarni 500 so'mdan sotib olib, hujjat 300 so'mdan sotardi. Bir muncha vaqt o'tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U odam dastavval milliarder bo'lgan
Shoh vaziriga menga nok olma anor keltir — deb buyurdi. Zukko vazir bitta meva keltirdi. Bu qaysi meva edi?
Anor. Chunki shoh nokni olma, anor keltir degan edi
Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami 3 so'm. Lekin hujjat biri 1 so'mlik tanga emas. Tangalar necha so'mlik?
1 so'm va 2 so'mlik tangalar. Ulardan biri aniq 1 so'mlik emas, lekin sizning 1 so'mlik.
Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
1 ta, keyingilari to'q qoringa yeyiladi.
Siz mashinaga o'tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin o'yinlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
Yo'lovchi o'rindig'idan haydovchining o'rindig'iga o'tish kerak.
Umida qog'ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog'ozda hech narsani o'chirmasdan, bo'yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so'radi.
Dugonasi buni eplay oldi. qanday qilib?
Qog'ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi.
O'rdaklar suv ichishga qator bo'lib ketayotgan edi. O'rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko'rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelib ekan. Jami ko'p o'rdak suv ichishga ketmoqda?
39 ta. Oldinda 17 ta o'rdak. Ortida esa 21 ta. boshini orqa-oldinga burgan o'rdakning o'zi ham.
Avtobusda 15 yo'lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda 3 yo'lovchi chiqdi, keyingi bekatda 2 yo'lovchi tushib qolib, 4 yo'lovchi chiqdi, keyingi bekatda 4 yo'lovchi tushib 7 yo'lovchi chiqdi, keyingi bekatda esa 1 yo'lovchi tushib 6 yo'lovchi chiqdi. Avtobus necha bekat yurdi?
4 bekat
Sen notanish xonaga kirib qolding. U erda benzin va gaz bilan yonadigan chiroqlar bor ekan. Sen birinchi bo'lib yo'ling kerak?
Gugurt yoki yondirgichni.
Bir kunda bitta tug'ruqxonada ikki o'g'il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko'p qavatli uy yashashardi. Ikkita bola bitta bog'chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o'qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko'rmadi. Bu qanday qilib bo'lishi mumkin?
Bolalarning ko'zi ojiz edi.