Bu qism yurakni tashqi tomondan o‘rab turuvchi himoya qatlami
Perikard
Qonni yurakdan uzoqlashtiradigan tomir turi.
Arteriyalar
Qonning suyuq qismi.
Plazma
Kichik qon aylanish qayerdan boshlanadi?
O‘ng qorinchadan.
Yurakning bo‘shashish fazasi.
Diastola
Yurakning eng kuchli devoriga ega bo‘lgan bo‘limi
Chap qorincha.
Qonni yurakka qaytaradigan tomirlar.
Venalar
Qonda kislorod tashuvchi hujayralar.
Eritrotsitlar
Katta qon aylanish qayerda tugaydi?
O‘ng bo‘lmachada.
Yurakning qisqarish fazasi.
Sistola
Qonning yurakka qaytishini oldini oladigan tuzilmalar.
Klapanlar (valvular).
Gaz va modda almashinuvi aynan shu tomirlar orqali amalga oshadi.
Kapillyarlar
Qonni ivitishda asosiy rol o‘ynaydigan hujayralar.
Trombotsitlar
Kichik qon aylanishning asosiy vazifasi.
Qonni kislorod bilan to‘yintirish (o‘pkada)
Yurak urish tezligi oshishiga sabab bo‘ladigan asab tizimi bo‘limi.
Simpatik asab tizimi.
O‘pkaga venoz qon olib boruvchi yurak bo‘limi
O‘ng qorincha.
Eng yirik arteryaga nima deyiladi?
Aorta
Immun tizimda muhim bo‘lgan qon hujayralari.
Leykotsitlar
Katta qon aylanishning asosiy funksiyasi.
Organlarga kislorodli qon yetkazish.
Yurak urishining me’yordagi o‘rtacha tezligi (kattalarda).
60–80 marta/minut.
Yurak devorining o‘rta mushak qavati nima deyiladi?
Miokard
Qon bosimi eng past bo‘ladigan tomirlar.
Venalar
Eritrotsitlarda kislorod bog‘lovchi oqsil.
Gemoglobin
Katta qon aylanish qayerda boshlanadi?
Chap qorinchadan.
Yurakni o‘z-o‘zidan ritmga solib turuvchi asosiy tugun.
Sinus tuguni (SA node).