R
I
B
O
100

Ribo ta'qiqlanishining 4 bosqichinin sanab bering.

1. Zalolatga yetaklashi

2. Yaxudiylar bu faoliyatdan zarar ko'rganligi

3. Man qilingan, ammo sarqitidan qaytmaganligi

4. Sarqiti ham umuman man qilingani

100

Eng oxirgi nozil bo'lgan oyat qarz haqida.

(to'g'ri/noto'g'ri)

noto'g'ri. (To'g'ri javobni ayting!)

Hazrati Umar r.a dan rivoyat qilingan hadisda keltirilgan.

100

Riboning lug'aviy va istilohiy ma'nolarini ayting.

Ribo - "ziyoda"

Istilohda: Molni molga almashtirishda ikki aqd qiluvchi bilan birga keladigan evazsiz mol.

100

Ribo ... surada,  ... joyda , ... oyatda kelgan.

4 surada, 8 ta joyda, 12 oyatda

200

Yaxudiylarga ribo man qilinganligi qaysi kitob qaysi bobida keltirilgan.

Tavrot tansiya bobida

200

Savdo va foiz orasidagi farq qaysi tafsirda bayon qilinadi?

Xozin tafsirida

200

Riboviy mollar:

 og'irlik o'lchovi bilan .... tovarlar (misol keltiring)

 vazn bilan .... (misol keltiring)


                       

kayli - so' va mudd bilan o'lchanadigan tovarlar

vazniy - oltin, kumush, tuz, arpa, bug'doy, xurmo

 

200

Yaxudiy bo'lganlarning zolimliklari va ko'p kishilarni Alloh yo'lidan to'sganlari sababidan ularga (oldin) halol qilingan narsalarni xarom qilib qo'ydik, (yana boshqa) sabablari ...

Savol: Qaysi sura? Davom ettiring.

Yaxudiy bo'lganlarning zolimliklari va ko'p kishilarni Alloh yo'lidan to'sganlari sababidan ularga (oldin) halol qilingan narsalarni xarom qilib qo'ydik, (yana boshqa) sabablari ularning foiz olishlari vaodamlarning mol-mulkini nohaq yeganlaridir. Ulardan kofirlariga alamli azob tayyorlab qo'yganmiz.

                                   Niso surasi,160-161-oyatlar

300

Tavrot tansiya bobida ribo haqida nima deyilgan?

"Birodaringga kumushni, oziq-ovqatni yoxud foiz(ustama) tug'diradigan hech narsani foiz bilan qarz berma" 

9 harom qilinganlar orasida: foiz iste'mol qilmangiz.

300

1 so'=...

1 mudd=...

1 happa=...

1 so'=2,7 kg

1 mudd=0,5 kg

1 happa=2,975 gr

300

Qaysi hadisda oltinni kumushga nasiyaga sotish ta'qiqlangan?

Baro ibn Ozib va Zayd ibn Arqam r.a rivoyat qilgan hadislarida.

300

" Ey iymon keltirganlar! ... 2 barobar va undan ko'paytirib, ustama ila yeb yubormangiz! Allohdan qo'rqingingiz! Zora tole topgaysizlar!"

Savol: Qaysi sura? To'ldiring.

" Ey iymon keltirganlar! Bergan qarzlaringizni 2 barobar va undan ko'paytirib, ustama ila yeb yubormangiz! Allohdan qo'rqingingiz! Zora tole topgaysizlar!"

                 Oli Imron surasi, 130-oyat

400

Ribo birinchi bo'lib kimga ta'qiqlangan?

Amakilari Abbosga

400

Ribo man qilingan 4 guruh oyatlarini tartib bilan sanab bering.

1. Rum, 39-oyat

2. Niso, 160-161-oyatlar

3. Oli Imron, 130-oyat

4. Baqara, 275-280-oyatlar

400

"Johiliyat foizlaridan bo'lgan butun foizlar bekor qilingan. Faqat dastmoyangiz o'zingiznikidir." 

Kimning hadis to'plami ?

Abu Davud r.a ning "Sunan' kitobida

400

Baqara surasidagi 275-280-oyatlar ma'nosi.

1. Sudxo'rlarning jin chalib ketganga o'xshatilishi

2. Savdo-sotiq va foiz o'rtasidagi farqlar

3. Foiz man qilinib, sadaqa(zakot) ni orttirilishi

500

Jobir r.a dan rivoyat qilingan hadisda riboxo'r bilan birga yana kimlar teng gunohkor ekani aytilgan?

riboxo'r, uning yediruvchisi, kotibi, 2 shoxidi la'natlanadi va teng gunohkor ekani aytiladi.

500

RIBOVIY MOLLARGA XULOSA: (shartlari, misollar bn)

1. jinsi bir xil bo'lganda:

2. illat bir xil jins 2 xil bo'lganda:

3. illat 2 xil:

1. jinsi bir xil bo'lganda: darhol, teng, qo'lma-qo'l

2. illat bir xil jins 2 xil bo'lganda: qo'lma-qo'l, darhol

3. illat 2 xil: kayliy&vazniy almashtirilishi

500

"Foiz(ribo) ning 2 turi : ...

Oltin evaziga oltin, arpa evaziga arpa, kumush evaziga kumush (jinsiga-jinsi) bir- biriga teng va naqd qo'yib sotiladi. "

U kimning rivoyat qilgan hadisida uchraydi?

Uboda ibn Sobit r.a

500
Abu Said al-Xudriy r.a rivoyat qilgan hadis riboning qaysi turi haqida? Hadisni izohlang.

Ribo al-fadl. Xurmoning bir o'lchamini, ikki o'lchamga berilishi mumkin emasligi.