1
2
3
4
5
100

Xristianlik hozirgi O‘zbekiston hududiga qachon va qay tarizda kirib kelgan?


Xristianlik hozirgi O‘zbekiston hududiga eramizning dastlabki asrlarida Buyuk Ipak yo‘li savdo yo‘llarining rivojlanishi bilan kirib kelgan. 


100

1917-yilda Turkistondagi katoliklar soni qancha bo'lgan?


1917-yilda Turkistondagi katoliklar soni 11 mingdan oshgan. 


100

Qachondan boshlab ruhoniy  Kshishtofning tashabbusi bilan katolik axborot xizmati Agnuz o‘z faoliyatini boshladi.


2002 - yildan

100

Fransiskanlar ordeniga — qachon va kim tomonidan asos solingan asos solingan?

Fransiskanlar ordeni — XIII asr boshlarida avliyo Fransisk Assiziy tomonidan asos solingan erkaklar monastir jamoasidir.

100

RKCH aqidalari shakllanishida kimlar muhim o‘rin tutadi?

RKCH aqidalari shakllanishida Avliyo Avgustin va Avliyo Foma Akvinskiylar muhim o‘rin tutadi.

200

Bu talimot markaziy osiyoda qanday yoyilgan?

Ta’limot rohib–missionerlar, shuningdek, Suriyadan va Forsdan ta’qiblar sababli bu yerlarga ko‘chib kelgan xristianlar tomonidan yoyilgan.


200

1883–1885 yillarda Turkiston o‘lkasidagi birinchi rasmiy katolik ruhoniysi kim bo‘lgan?

1883–1885 yillarda Turkiston o‘lkasidagi birinchi rasmiy katolik ruhoniysi Ferdinand Senchikovskiy bo‘lgan. Uning sa’y-harakatlari tufayli Toshkentda ilk ibodatxona ochilib, u yerda ibodatlar o‘tkazila boshlangan.

200

2005-yil 1-aprel kuni Papa Ioann Pavel II O‘zbekiston Respublikasidagi Missio sui iuris maqomini Apostol administraturasi darajasiga ko‘tardi va uning birinchi yepiskopi etib kimni tayinladi? 


 Sharqiy Yevropadagi Konventual kichik birodarlar (Fransiskanlar) ordeni Bosh assistenti, Rimdan O‘zbekistonga kelgan Yeji Matsulevichni tayinladi. 


200

JARIMA😩

300 BAL

200

TEREZA ONA OPA-SINGILLARI ORDENIGA — qachonva qayerda asos solingan?

TEREZA ONA OPA-SINGILLARI ORDENI — 1950-yilda Hindistonda asos solingan.

300

Opus Dei ta’limoti asosida qanday g‘oya bor?


Opus Dei ta’limoti asosida shunday g‘oya bor: har bir inson ishini yaxshi bajarsa, u orqali ham ilohiy fazilatlarga erisha oladi. 


300

Qchondan boshlab Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab katolik metropoliyalari va yeparxiyalari vujudga kela boshlaydi?

XII–XIII asrlardan boshlab, Muqaddas Taxt (Vatikan) bilan Xitoy o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilishi bilan bir qatorda, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab katolik metropoliyalari va yeparxiyalari vujudga keladi.

300

Missio sui iuris - nima?

Missio sui iuris (lotincha “o‘z huquqiga ega missiya”) — bu Katolik cherkovi mavjud hududlarda tashkil etiladigan dastlabki hududiy-ma’muriy birlikdir

300

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda rasmiy ravishda  nechta ibodatxona ro‘yxatdan o‘tgan va ular qaysilar?

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda rasmiy ravishda 5 ta ibodatxona ro‘yxatdan o‘tgan: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganchda.

300

Hozirgi vaqtda Tereza Ona opa-singillari ordeni vakillari Toshkentdagi jamoasida necha nafar rohiba bor?


9 ta

400

Opus Dei — bu Rim-katolik cherkovining yashirin diniy tashkiloti bo‘lib, uning maqsadi —nima?

Opus Dei — bu Rim-katolik cherkovining yashirin diniy tashkiloti bo‘lib, uning maqsadi — har bir katolikdan kundalik hayotda (kasb, oila, ijtimoiy aloqalar va hokazo) Xudoni tan olish, Muqaddas Iso Masih yo‘lida yetuk xristianlik fazilatlarini rivojlantirish.

400

Markaziy Osiyodagi daslabki yeparxiyalardan biri qachon va qayerda tashkil etilgan?


1340-yilda Urgachda tashkil etilgan.


400

1917-yilda Turkistondagi katoliklar soni asosan kimlar tashkil qilgan?


    Asosan ular o‘lkaga ko‘chib kelgan yevropalik xalqlar vakillari (polyaklar, litvaliklar, chexlar, nemislar, fransuzlar, latishlar, vengerlar) va I WW davrida surgun qilinganlar, podsho armiyasi askarlari, harbiy asirlar va qochqinlar bo‘lgan.


400

vikariy  — nima degani?

vikariy (“o‘rinbosar, namoyanda”) — bu cherkovdagi lavozim bo‘lib, odatda yepiskopga nisbatan qo‘llanadi. U hukmron arxiyereyga yeparxiyani boshqarishda yordam beradi, uning topshiriqlarini bajaradi va o‘zining alohida yeparxiyasiga ega bo‘lmaydi)

400

O‘zbekistonda tug‘ilgan birinchi katolik ruhoniysi — kim?

O‘zbekistonda tug‘ilgan birinchi katolik ruhoniysi — Sergey Fedorovni ruhoniylikka tayinladi.

500

Rim-katolik cherkovi asosiy aqidalarini 10 tasini to'liq sanang?



Rim-katolik cherkovi asosiy aqidalari:

RKCH barcha sosborlar qarorini tan oladi;

Filioke aqidasi mavjud;

Papa Isoning yerdagi noibi;

A’rof mavjud (1563-yi);

Iso Bibi Maryamdan “ilk gunohsiz” dunyoga kelgan (1854-yil);

Iso jismonan samoga ko‘tarilgan (1950-yil);

Cherkovga nisbatan mutloq bog‘liqlik;

Indulgensiya savdosi;

Selibat;

Bibliyani faqat ruhoniylar talqin qila oladilar.


500

Kim 1997-yilda Papa Ioann Pavel II tomonidan O‘zbekistondagi Missio sui iurisning ordinariysi etib tayinlangan.


Kshishtof Kukulka

500

Avliyo Fransisk uchta ordenning asoschisi hisoblanadi.Shu o'rdenlar haqida aytib bering va yana qo'shimcha 200 balga ega bo'lin?

Birinchi orden — erkaklar uchun: Fransisk dunyoviy ne’matlardan voz kechib, o‘z do‘stlari va yoshlarni o‘z ortidan ergashtirgan. Ular uni kuzatib, o‘zlarini “Kichik birodarlar” deb atashgan.

    Ikkinchi orden — ayollar uchun: aslzoda qiz Klara Fransiskning ibrati bilan hayotini Xudoga bag‘ishlashga qaror qilgan. U Fransisk qo‘lidan rohibalik libosini qabul qilgan va keyinchalik opa-singillar jamoasiga asos solgan. Asoschisining sharafiga bu orden rohibalari “klarissalar” deb ataladi.

    Uchinchi orden — Fransiskan dunyoviylar ordeni. Uning a’zolari dunyoda yashashda davom etadilar, ammo orden ularga o‘z holatlariga moslashtirilgan havoriylik hayot shaklini taklif qiladi.


500

Birinchi orden o‘z navbatida 3 guruhga bo‘linadi bular qaysilar?

200 bal+


Obsenvantlar (rioya qilish) — bu rohibona hayot tarzini tanlagan kishilar. Dastlab ular monastir hayotida alohida qat’iy tartib-intizomi va o‘ta qattiq turmush tarzi bilan ajralib turgan ayrim rohiblar edi. Keyinchalik observentlar alohida guruh sifatida shakllanib, monastirlardan mustaqil toifa bo‘lib ajralib chiqdilar.

Konventuallar (monastir) – monastir jamoalari va ibodatxonalarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlaganlar.

Kapusinlar – Yakka holda hayot kechiruvchilar jamoasi. 

500

Tereza Ona opa-singillari ordeni vakillari qachon va kimning taklifiga binoan Toshkentga kelganlar?

Tereza Ona opa-singillari ordeni vakillari 1993-yil 6-iyulda yepiskop Yan Pavel Lenga taklifiga binoan Toshkentga kelganlar.