OSIYOGA YURISHI VA TURKISTON
GENERAL-GUBERNATORLIGINING
TASHKIL TOPISHI
1867-yilda bosib olingan hududlarni o‘z ichiga oluvchi ...............(qanday hududiy birlik) tashkil qilindi
Turkiston general gubernatorligi
Rossiya imperiyasining Turkiston viloyati gubernatori ...............(kim) Buxoro amirining vakili bilan sulh shartnomasi bo‘yicha uchrashib, 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to‘lashni talab qildi.
Krijanovskiy
Kuchlar notengligi oqibatida Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan .................(qaysi shahar) egallangan. Bu qal’aga Perovskiy forti deb nom berildi.
Oqmachit
Rus qo'shinlari Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida joylashgan ...........(qaysi shaharga) qarab yurish qildi. 1866 yil may oyida .........(qaysi shahar) qal’asi qamal qilindi. Qamal ikki kun davom etdi. Istilochilar himoyachilarning mudofaasini yorib o‘tib, shaharni egallashdi.
Xo'jand
1866-yil 8-mayda Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi qo‘shinlari .................(qaysi qishloq) yaqinida to‘qnashdi
Yerjar
.............(qaysi shahar) himoyasiga Buxoro amirligidan kechikib yetib kelgan qo‘shinlarning foydasi tegmadi. Shahar o‘t ichida qoldi. 1865-yil iyunda shahar egallandi.
Toshkent
1875-yilda Xudoyorxon o‘rniga taxtga ...............(kim) o‘tirdi. Qo‘qon xonligida siyosiy vaziyat keskinlashib, qo‘zg‘olon butun vodiyni qamrab oldi. Kaufman qo‘shinlari ham vodiyda harbiy harakatlarni boshlab yuboradi.
Nasriddinbek
1864-yil 1-oktyabrida ...............(qaysi qo'mondon) o‘zini imperiyaga yaxshi ko‘rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni bosib olmoqchi bo‘ldi. Lekin shahar himoyachilari uni Chimkentga chekinishga majbur qildi.
M.Chernyayev
Kaufman ...................(qachon, qaysi sanada) Samarqandda amir Muzaffar bilan Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi.
1868 yil 23-iyun
Shartnomaga binoan ...............(qaysi davlat) 2 million 200 ming rubl miqdoridagi tovonni 20 yil davomida to‘lashi belgilandi. Xazinasida yetarli darajada pul bo‘lmaganligi uchun bu tovon aholidan yig‘ib olinadigan bo‘ldi.
Xiva xonligi
Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga Qo‘qon xonining amirlashkari ..................(kim) rahbarlik qildi.
Alimquli
.................Qachon) Rossiya imperiyasi hukumatining Qo‘qon xonligi tugatilganligi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi
1876 yil fevral
1865-yil aprel oyi oxirida M. Chernyayev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan ................(qaysi) qal’asi to‘plardan o‘qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi.
Niyozbek
Birinchi bosqich – ...............(qaysi yillarda)-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoli-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi.
1847-1865 yy
................(Kim) asli ismi Is’hoq Hasan o‘g‘li bo‘lib, Qo‘qon xoni Olimxon (1801-1810) nabirasi nomidan soxta xon sifatida 1873–1876-yillarda qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan.
Po'latxon
Rossiya imperatori ..................(qaysi shaxs) 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olishning davom ettirilishi to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi.
Aleksandr II
Qaysi ................viloyat tarkibiga: G‘azali, Perovskiy, Chimkent, Avliyoota, Toshkent kirgan.
Sirdaryo
Dastlab Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan ikkita viloyat: ...................(qaysi viloyat (markazi – Toshkent) va qaysi viloyat (markazi – Verniy) viloyatlariga bo‘lingan.
Sirdaryo va Yettisuv
.................(qaysi davlat bilan tuzilgan) Shartnomaga ko‘ra xoni tashqi siyosatda hech qanday bitimlar tuza olmasligi, ikki million rubl tovon to‘lashi belgilangan?
Qo'qon
Ichki nizolarni bartaraf eta olmagan ..............(qaysi hukmdor) Makkaga haj ziyoratiga boradi va u yerdan qaytib kelayotganda Afg‘onistonda vafot etadi.
Xudoyorxon
Oqmachit shahrida ruslar qarshi kurashgan shahar qo‘mondoni .............(kim) bo'lgan?
Yoqubbek
1717-yilda ...................(kim boshchiligida), 1839-yilda V. ...............(kim) boshchiligidagi qo‘shinlarning Xiva xonligiga hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan.
A.Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy
Oqsoqollar Toshkent shahrini «ixtiyoriy ravishda topshirish » to‘g‘risidagi sulhni imzolashga majbur qilindi. Bunga qarshi bo‘lgan .................................(qaysi shaxslar) Sibirga surgun qilindi.
Solihbek dodxoh, Abulqosim eshon, Hakimxo‘jalar
...................(qanday nomdagi) shartnomasi Xiva xonligining Rossiya imperiyasiga tobeligini, xonning davlat boshlig‘i darajasida boshqa davlatga bo‘ysunganligini ko‘rsatuvchi hujjat bo‘ldi.
Gandimiyon
1875-yil oktyabr oyi boshida Po‘latxonga qarshi ...................(kim qo'mondon) boshchiligidagi harbiy qo‘shin hujum qiladi. 1876-yil fevral oyiga kelibgina harbiy qurol ustunligi bilan xonlik bosib olindi. Po‘latxon va uning tarafdorlari qatl qilindi.
Skobelev