QIT'A
RUBOIY
QIZIQARLI SAVOL
100

 Tuzlukka moyil o‘lki, ishing borg‘ay ilgari, 

Yuz mushkil o‘lsa yo‘qsa ming ollingda har zamon.

Yuz safha bir qalam bila kotib qilur raqam,

 Ming qo‘yni bir aso bila har yon surar shubon

 Har qachon toʻgʻrilik yoʻlini tanla, shundagina ishing baroridan kelaveradi. Aks holda har zamon oldingda, yuzlab, minglab mushkulot paydo boʻladi. Zotan, kotib bitta tik (toʻgʻri) turgan qalam bilan yuz varaqni yozsa, choʻpon bir hassa bilan butun bir podani boshqarishi mumkin. 2-qitʼa.

100

Ko‘nglungni orit barcha yomon xislatdin

 Kim, yaxshi qiliq dalil erur rahmatdin. 

Badxo‘ylik ul vahshat erur shiddatdin 

Kim, elga xaloslik yo‘q vahshatdin.

Yaxshi odat – muruvvat isboti. Qoʻpollik va jahl yovvoyilik, yaʼni inson to monidan boshqarilmagan kuchdan kelib chiqadi, shu bois inson o‘zini nazorat qilishni oʻrganishi kerak. Navoiy taʼbiri bilan aytganda, inson o‘ziga muruvvat qil mogʻi lozim. Muruvvat mehrshafqat koʻrsatmoqlikdir. Insonning yomonlikdan tiyi lishi, yaxshi odatlarni kasb qilishi oʻziga boʻlgan shafqati va yaxshiligidir. Yomon qiliqli, yomon niyatli inson xotirjam boʻlolmaydi, ko‘ngil vahimasi, xavfu xavotiri ichida yashaydi. Bunday insonlar elni ham xavotirga soladi. Oddiygina misol, mahallangizda oʻgʻri paydo boʻlsa, xayolingiz doim uyda boʻladi, halovatingiz yoʻqoladi. Navoiy bizni yomon qiliqli insonlar bor jamiyat najot (ravnaq) topmas ligidan ogoh etadi.

100

Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 - 98 ga aylanadi

200

Kamol et kasbkim, olam uyidin –

 Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq. 

Jahondin notamom o‘tmak biaynih, 

Erur hammomdin nopok chiqmoq

Kamolotga erishishni oʻzingga maqsad qil, chunki dunyodan (olam uyidan) gʻamgin oʻtish shart sanalmaydi. Dunyodan kamolga yetmasdan oʻtmoq xuddi hammom ga kirib, toʻliq tozalanmasdan nopok chiqib ketish bilan barobardir

200

Kim egri erur, tuzluk emas poyasi ham,

 Bor o‘zudek egri sud-u sarmoyasi ham.

 Tuzluk ermas shifosi-yu voyasi ham,

 Kim, egri kishining egridur soyasi ham.

Xalqimizda “qonqoniga singgan” iborasi mavjud. Poya ildiz bilan barg orasida moddalar harakatini taʼminlaydi. Shoir oʻsimlik poyasini inson qon tomi riga qiyos etayotgan boʻlsa, demakki, ilk misrada egrilik egri inson qoniga sing ganiga ishorat etadi. Egri insonning boyligi ham egrilik bilan toʻplanadi, bunday kishilarning topgan foydasida halollik boʻlmaydi. Aslida, soya hammada bir xil boʻladi, ammo mutafakkir egri insondan egri soya tushib turishini tasvirlaydi. Bu hol, albatta, egrini jamiyatda yaqqol ajratib turadi. Shundan kelib chiqadiki, oʻgʻri, poraxoʻr, birovning haqqidan qoʻrqmaydigan yoxud yomonlik koʻchasi da saroy qurgan insonlar qilmishlarini qancha berkitmasinlar, bu xalqqa ayon boʻladi.

200

Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?

MUSIQA

300

Navoiy, tiling asrag‘il zinhor, 

Desangkim, yemay dahr ishidin fusus.

 Nazar qilki, o‘q og‘zi tilsiz uchun 

Qilur tojvarlar bila dastbo‘s.

 Necha tojvardur, kesarlar boshin, 

Chu hangomsiz nag‘ma tortar xurus

Bu qitʼada Navoiy oʻziga murojaat qilib, dahr (dunyo) ishlaridan afsuslanmas lik uchun tilini ehtiyot qilishni soʻramoqda. Oʻqning uchiga nazar solsang, u tilsiz boʻlgani uchun ham podshohlarga yaqin boʻldi (ular bilan qoʻlma-qoʻl koʻrishish sharafiga muyas sar boʻldi). Xoʻroz qanchalik tojdor boʻlmasin, bemahal qichqirgani uchun boshi kesiladi

300

Xub el bila suhbat tutubon xub o‘lg‘il,

 Yaxshini talab qilg‘il-u matlub o‘lg‘il.

 Shirin so‘z ila xalqqa marg‘ub o‘lg‘il, 

Yumshoq de hadisingni-yu, mahbub o‘lg‘il.

Yaxshilarning suhbati qalb kirlaridan xalos qiladi, shu sababdan shoir yaxshi insonlar bilan oshno boʻlishga harakat qilmoqlikni tavsiya etadi. Shunda ular yor damida poklangan ruhiyat egasi suhbatini ham istab keluvchilar koʻpayadi. Istab keluvchilarga soʻzni shirin qilish zabon egasini holvafurush kabi yoqimli qilsa, soʻzni yumshoq qilish lutf qiluvchini asal kabi sevimli qiladi

300

U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?

U SIZNING ISMINGIZ

400

Ilmdin kasb qilki, sud ermas,

 Charx mushkillarini hal qilmoq. 

Lekin ul ilm dog‘i naf’ etmas,

 Bilibon bo‘lmasa amal qilmoq

Ilm oʻrganishni odat bil, naf, manfaat uchun ilm olma, balki dunyo mushkulot lari yechimi uchun ilm oʻrgan. Agar oʻrgangan ilming dunyo mushkullari, muammolarini hal qilishga yaramasa, u foydali ilm boʻlmaydi. Yana oʻrganganlaringga amal qilmasang ham, ular foydasizdir.

400

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, 

El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.

 Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa, 

Bulbulg‘a tikandek oshiyon bo‘lmas emish.

Har kimga oʻzi tugʻilib oʻsgan yeri aziz, ammo Ona Vataniga mehr to'ymaydiganlar ham bor. Navoiy ularga oʻgit beradi: musofirlikda musofir xursand boʻlolmaydi, chunki begona eldan oʻz yurtdoshi, qardoshi, qoʻshnisiyu uzoq yaqin birodarlari bergan issiq mehrni topishi dargumon. Hatto bulbul ham saroydagi gulga emas, oʻz chakalakzorlariga oshuftadir.

400

U savol emas, lekin unga javob berish kerak.

Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.

500

Ko‘b oltun, kumush sori qo‘l sunmog‘il 

Ki, tutsang kafi ngni qaro rang etar.

 Ko‘ngulda dog‘i maylini asrama, 

Ki ko‘nglungni dog‘i ham ul zang etar

Koʻp oltin, kumushga qoʻl uzatmagin, uzatsang kaftingni qora qiladi, koʻnglingda ham kumush, oltinga boʻlgan istakni saqlab yurmaki, koʻnglingni ham zanglatadi.

500

Farzand ato qullug‘in chu odat qilg‘ay,

 Ul odat birla kasbi saodat qilg‘ay. 

Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay, 

O‘g‘lidin bu ish anga siroyat qilg‘ay.

Farzand otaga itoat qilmoqlikni odat qilsa, bu uning baxt va xotirjamlikni qoʻlga kiritganidir, Navoiy nega uni baxt va saodat egasi sifatida taʼriflaydi? Shu sababdanki, bu qaytar dunyo yaxshilikni ham, yomonlikni ham yoddan chiqar maydi. Otasiga hurmat koʻrsatgan kishi xulqi uning farzandiga taʼsir oʻtkazadi. Natijada hurmat qiluvchi qobil farzand qobil farzandning pushti panohiga ay lanadi. Albatta, har qanday otaona farzandiga faqat ezgulikdan taʼlim beradi, farzandining yaxshi inson boʻlishini istaydi, qabul qiluvchi bola bor yaxshilikni oʻziga singdiradi. Yaxshi insonni tarbiya qila olgan ota katta saodatni qoʻlga kiritadi.