Qaysi shaharlar Saudiyaning biznes markazlari hisoblanadi?
Jeddah va Ar-Riyod
Saudiya bayrog'ida nima tasvirlangan va nimani anglatadi?
Shahodat kalimasi - Allohdan o'zga iloh yo'q, Muhammad Allohning elchisidir
Qilich - adolat va kuchni ifodalaydi
Saudiyada ayollar va erkaklar rasmiy tadbirlarda ko'pincha birga ovqatlanishadi. Tog'ri yoki Noto'g'ri?
Noto'g'ri. Ayollar va erkaklar rasmiy tadbirlarda ko'pincha alohida o'tirishadi
1 barrel necha litr neftga teng?
taxminan 159 litr
Dunyo neft zahirasi bo'yicha qaysi davlat birinchi o'rinda turadi?
Venesuela
Saudiyaning mashhur milliy taomlarini sanang. (kamida 2ta)
Kabsa, gahwa, jareesh, harees
Saudiya Arabistoni Qirolligining birinchi hukmdori, hozirgi hukmdori va merosxo'rini ismlari qanday?
Abdulaziz ibn Saud
Salmon ibn Abdulaziz
Muhammad ibn Salmon
Saudiya Arabistoni diplomatiyasining tamoyillarini sanab bering. (kamida 3ta)
Islomiy qadriyatlar tamoyili
Mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlik tamoyili
Suverenitet va milliy manfaatlarni himoya qilish tamoyili
Madaniyatlararo hurmat va protokolga rioya qilish tamoyili
Xalqaro hamkorlik va strategik sheriklik tamoyili
Saudiyada qanday sovg'alar berish mumkin emas?
Spirtli ichimliklar yoki alkogol bilan bog‘liq narsalar
Qayta sovg‘a qilish (re-gifting)
Ayollar yoki erkaklar uchun haddan tashqari shaxsiy buyumlar
Islom diniy ramzlariga mos kelmaydigan narsalar (haykalchalar)