Turizm so'zining ma'nosi nima?
odamlarning doimiy yashash joyidan vaqtincha chiqib, dam olish, bilim olish yoki ziyorat maqsadida safar qilishi
Sayohatchi kim?
Yangi joylarni o‘rganish va tajriba orttirish maqsadida safarga chiquvchi shaxs.
Gerodot kim bo‘lgan?
Qadimgi yunon tarixchisi va sayohatchi.
Buyuk Ipak yo‘lining turizmga ta’siri nimada?
Savdo va madaniy almashinuvni rivojlantirgan
Tomas Kuk kim?
Zamonaviy turizm asoschisi.
Qadimgi davrda sayohatlarning asosiy maqsadlari nimalardan iborat bo‘lgan?
Savdo-sotiq, ta’lim olish, ziyorat qilish, davolanish va sport musobaqalarida ishtirok etish.
Turist kim?
Dam olish, hordiq va madaniy tomosha maqsadida safar qiluvchi shaxs.
Marko Polo qaysi hududlarga sayohat qilgan?
Yevropadan Xitoygacha bo‘lgan hududlarga.
Qaysi shaharlar Markaziy Osiyoda muhim turistik markaz bo‘lgan?
Samarqand, Buxoro, Xiva
Tomas Kukning birinchi sayohati qachon bo‘lgan?
1841-yilda.
O‘rta asrlarda turizmning rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?
Diniy ziyoratlar, savdo aloqalari, ta’lim va madaniy almashinuv.
Sayohatchi va turist o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Maqsad va yondashuvda: sayohatchi chuqur o‘rganadi, turist esa dam oladi.
Ibn Battutaning sayohatlari nimasi bilan ahamiyatli?
U ko‘plab mamlakatlar madaniyati va hayoti haqida yozma manba qoldirgan.
Temuriylar davrida turizm nimaga asoslangan?
Me’moriy obidalar va diniy ziyoratlarga.
“Paket tur” deganda nima tushuniladi?
Transport, turar joy va ovqatlanish kiritilgan xizmatlar majmui.
Sanoat inqilobi zamonaviy turizmga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
Transport rivojlandi, ish vaqti qisqardi va dam olish uchun sayohatlar ommalashdi.
Vaqt va rejalashtirish nuqtayi nazaridan farqlarni tushuntiring
Sayohatchi moslashuvchan va uzoq qoladi, turist esa qisqa va rejalashtirilgan safar qiladi.
Afanasiy Nikitinning tarixiy ahamiyati nimada?
U Hindistonga borgan ilk yevropaliklardan biri bo‘lgan.
Sovet davrida turizm qanday shakllandi?
Infratuzilma, kurort va ekskursiya yo‘nalishlari yaratildi
Tomas Kukning turizm infratuzilmasiga qo‘shgan hissasi nimada?
Temir yo‘l, kruiz va vaucher tizimini joriy etgan.
Turizm rivojlanish bosqichlarini tarixiy jihatdan qanday yo'nalishlarda rivojlandi
Qadimgi davrda ehtiyoj asosida, o‘rta asrlarda diniy va savdo yo‘nalishida, zamonaviy davrda esa ommaviy dam olish shaklida rivojlangan.
Digital-nomad qaysi toifaga yaqin va nima uchun?
Sayohatchiga yaqin, chunki u ishlashni sayohat bilan birlashtiradi va uzoq muddat qoladi.
Qadimgi sayohatchilar faoliyati zamonaviy turizmga qanday zamin yaratgan?
Yo‘llar, madaniy almashinuv va bilim tarqalishiga asos bo‘lgan.
Mustaqillikdan keyin turizm rivoji nimalarda ko'ringan
Milliy dasturlar, xalqaro hamkorlik va Ipak yo‘li brendi rivojlandi.
Tomas Kuk merosi bugungi turizmda qanday namoyon bo‘ladi?
Ommaviy, rejalashtirilgan va qulay sayohatlar tizimi orqali.