Sehr so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Sehrgarlik, maftunkorlik
Sehr so‘zining istilohiy ma’nosi nima?
Biror narsaning asliyatini undan boshqaga o‘zgartirish
Muhammad ibn Mukarram al-Xazrajiy sehrga qanday ta’rif bergan?
“Sehr bu - mohiyati maxfiy va nozik bo‘lgan narsa”
Farishtalarga yuklatilgan vazifalardan 3 tasini sanang.
Alloh taoloning kalomini va hukmini U Zotning bandalariga yetkazish, Arshni ko‘tarib turish, odamlarning ishlarini kuzatish va yozib borish.
Farishta so‘zining istilohiy ma’nosi nima?
Farishtalar nurdan yaratilgan, Alloh taolo tomonidan beriladigan xos ishlarni bajaruvchi Yaratganning maxluqotlari.
Yunus surasi 81-oyatda nima deyilgan?
“Qachonki ular (qo‘llaridagi narsalarini) tashlaganlarida (va u arqon, asolar ilonlarga aylanib qolganida) Muso dedi: “(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur”
Mu'minun surasi 89-oyatida nima deyiladi?
"Ular: "Allohnikidir", derlar. Sen: "Qandoq
ham sehrlanmoqdasiz-a?!", - deb ayt"
"Sehr haqdir. Ya'ni uning haqiqati bordir", -deb kim aytgan?
Abu Bakr ibn Mas'ud ibn Ahmad al-Kosoniy
Valiyning istilohiy ma’nosi nima?
Allohga ma’qul keladigan amallar bilan yaqinlashish.
Karomat so‘zining istilohiy ma’nosi nima?
Avliyo tomonidan sodir etiladigan g‘ayritabiiy faoliyat.
Bayzoviyning sehr haqidagi fikrlarini ayting.
Sehr - g‘ayrioddiy tuyuladi, lekin haqiqiy mo‘jiza yoki hariqul-odat emas, balki uning sabablari bor, faqat odamlarga g‘aroyib ko‘rinadi
Sehrni o‘rganish va o‘rgatish masalasida ulamolar orasida nechta fikr mavjud va ular qaysilar?
1. Xarom deydiganlar
2. Makruh deydiganlar
3. Muboh deydiganlar
Yunus surasi 2-oyatini aytib bering.
"...Kofirlar: "Albalta, bu ochiq oydin sehrgardir", - dedilar.
Alloh payg‘ambarlariga nozil qilgan kitoblarida qaysi asosiy 4 narsani bayon etgan?
Buyruq, taqiq, va'da, vaiyd
Hadisda nabiy va rasulning soni qancha keladi?
Nabiylar: 124/224 ming, rasullar: 313/315 ta