1
2
3
4
5
100

Sirojiddin O‘shiy qachon tug‘ilgan?

Taxminan 1096-yil

100

Sirojiddiy O‘shiyning to‘liq ismi

Abu Muhammad yoki Abulhasan Ali ibn Usmon

100

Badul a‘moliy matni nechi bayt?

67

100

"Sirojiddin O‘shiy Somoniylar davrida yashagan"

Ushbu gapdagi xatolikni toping.

Somoniylar emas Qoraxoniylar
100

Sirojiddin O‘shiyga berilgan unvonlardan 3ta ayting.

Imom, alloma, qozi

200

Sirojiddin O‘shiy nima uchun Taymiy nisbasini olganlar?

Taym qabilasiga shajara orqali bog‘langanliklari uchun

200

Qirg‘izistonda o‘tkazilgan "Ali ibn Usmon O‘shiy" ilmiy-amaliy anjumani qachon bo‘lib o‘tgan?

2018-yilda

200

Ali ibn Usmon O‘shiy" ilmiy-amaliy anjumani kimlar hamkorligida o‘tkazilgan?

O‘sh teologiya fakulteti va Turkiya Diyonat vaqfi hamkorligida

200

Badul a‘moliy nazmi hijriy nechinchi yilda yozilgan?

569-yilda

200

Badul a‘moliy nazmining qo‘lyozma va toshbosmalari saqlanayotgan kutubxona nomlaridan 5 ta keltiring.

Munih, Parij, Stokgolm, Qohira va Berlin kutubxonalarida

300

Sirojiddin O‘shiyning "G‘urorul axbar va durarul ash‘ar" asarida qancha hadis jamlangan va ular qanday mavzuga oid?

1000ta hadis jamlamgan, Allohning azobidan qo‘rqish va rahmatidan umidvor bo‘lish mavzulariga oid

300

Olimlar Sirojiddin O‘shiyning "Muxtalif ar-rivoya" asari baytlarini taxminan nechta deyishgan?

2669

300

Badul a‘moliyga yozilgan sharhlar ichida kim yozgani 60 baytli?

Abu Bakr Ahmad Roziy

300

Shayx Abdulaziz Mansurning "Aqoid matnlari" kitobida Ba‘dul a‘moliy so‘zma so‘z tarjima qilingan. Kitob nechanchi yil nashr qilingan?

2006-yi

300

Kim Badul a‘moliy matnini o‘zbek tilida ham "L" harfi bilan tugallab o‘ziga xos tarzda tarjima qilgan?

Mirzo Kenjabek

400

Qaysi asardagi hadislar "Sahihi Buxoriy", " Jome‘ut Termiziy", "Firdavsul axbor" kabi kitoblardan terib olingan?

G‘urorul axbor va durarul ash‘ar

400

Sirojiddin O‘shiyning fiqhga oid yozilgan 3ta asarini sanang.

1. Fatavoyi Sirojiya

2. Javohir al-ahkom

3. Muxtalif ar-rivoya

400

"G‘urorul axbor va durorul ash‘ar" asariga Sirojiddin O‘shiyning o‘zlari yozgan muxtasarning to‘liq nomini keltiring.

Nisobul axbar li tazkiratul axyar fiy ahadisi Nabiyil muxtar

400

Sirojiddin O‘shiy qachon vafot etgani haqida ulamolarning 2xil qarashi berilgan. Ular qaysi va haqiqatga eng yaqini qaysi ekanligini ayting.

1-qarash: hijriy 569

2-qarash: hijriy 575 ( haqiqatga yaqini shu, vabo kasalligiga chalinib)

400

Badul a‘moliyga "Favaidul marziya fiy sharhi qatidatul lamiya" nomli sharh yozgan 3 olim kimlar?

Muhammad ibn Abdulloh G‘oziy, Temirtoshiy, 1004-yilda vafot etgan Hanafiy degan olim

500

Muxtalafur rivoya asari 10 bobga ajratilgan. Har bir bobda kimlarning qavli keltirilganini to‘liq sanang.

Birinchi bobda Imomi A’zamning qavli, ikkinchi bobda Imom Abu Yusufning qavli, uchinchi bobda Imom Muhammadning qavli, to‘rtinchi bobda Imom A’zam va Imom Abu Yusuflarning qavli, beshinchi bobda Imom A’zam va Imom Muhammadlarning qavli, oltinchi bobda Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadlarning qavli, yettinchi bobda barchalarining qavli, sakkizinchi bobda Imom Zufarning qavli, to‘qqizinchi bobda Imom Shofe’iyning qavli, o‘ninchi bobda Imom Molikning qavli keltirilgan

500

Bad‘ul amoliy nazmining "Nubuvvat" bobi boshlanish qismidan 2bayt aytib bering.

وَفَرْضُ لازم تَصْدِيقٌ رُسْلِ وَأَمْلَاكِ كِرَامِ بِالنَّوَالِ

وَخَتُمُ الرُّسُلِ بِالصَّدْرِ الْمُعَلَى نَبِي هَاشمي ذِي جَمَالِ

500

18 yil oldin o‘zbeklar orasida Bad‘ul amoliyga sharh yozgan inson kim va sharhini nima deb nomlagan?

Shayx Nazrullohxon eshon Ga‘ribiy, "Qasidayi a‘moliy sharhi va tavhid manzumasi"

500

Badul a‘moli Humaydiy ismli mudarris tomonidan tatar tiliga tarjima qilinib, Qozonda chop ettirgan yilidan qancha vaqt o‘tib Mulla Ali Qorining "Zov‘ul maoliy" kitobi Mirzo Kenjabek o‘g‘li tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilib chop ettirilgan?

91 yil o‘tib

500

Karomat va valiylik, hech qanday valiy nabiylar va rosullardan ustun bo‘la olmasligi haqida Badul a‘moliyda keltirilgan baytlarni ayting. 

 كَرَامَاتُ الْوَلِي بِدَارِ دُنْيَا  لَهَا كُونُ فَهُمْ أَهْلُ النوال 

ولم يفضل ولي قط دهراً  نبياً او رسولاً في إنتحال