Banu Mustaliq gʻazoti qaysi hijriy yilda va qaysi oyda sodir boʻlgan?
5-hijriy, Sha'bon
Banu Mustaliq qabilasiga qarshi gʻazotning asosiy sababi nima edi?
Ular Quraysh bilan ittifoq tuzib, musulmonlarga qarshi urush tayyorlayotgan edilar
Ifk voqeasi qaysi hijriy yilda sodir boʻlgan?
5-hijriy yilda, Banu
Mustalik (Muraysi') gʻazotidan
qaytishda sodir boʻlgan.
Ifk voqeasi qaysi gʻazotdan qaytishda sodir boʻlgan?
Banu Mustaliq gʻazotidan qaytishda.
Paygʻambar (s.a.v.) Banu Mustaliq qabilasining xvbarini aniiqlash uchun kimni yubordilar?
Burayda ibn Husayb
Jang qaerda boʻlib oʻtdi va u qanday nom bilan mashhur?
Muraysi' qudugʻi yonida "Muraysi' jangi"
Oisha roziyallohu anho qanday qilib karavondan orqada qolib ketdilar?
Oisha roziyallohu anho oʻzlarining yoʻqolgan marjonlarini qidirish uchun karvondan tashqariga uzoqroqga chiqdilar. Qaytib kelganlarida karvon yo'q edi. Chunki odamlar u kishini hovdajda deb oʻylab, tuyaga kajavani ӯrnatdilar karavon yoʻlga chiqib ketgan edi.
Oisha roziyallohu anhoni kim topib, Madinaga qaytardi?
Safvon ibn Muattal roziyallohu anhu ularni topib, tuyasiga mindirib, karavonga etkazib qoʻydi.
Jangda musulmonlar tomonidan muhojirlar va ansorlar bayroqlarini kimlar kӯtargan edilar?
Abu Bakr va Sa'd ibn Uboda
Jangdan keyin Paygʻambar (s.a.v.) kimni asirlardan ozod qilib, unga uylandilar?
Barro (Juvayriya) binti al-Horis
Ifk voqeasida asosiy tuhmat tarqatuvchi kim edi?
Abdulloh ibn Ubay ibn Salul, munofiqlar rahbari.
Tuhmat tarqatishda ishtirok etgan boshqa shaxslar kimlar edi?
assan ibn Sobit, Mistah ibn Usosa va Hamna bint Jahsh.
Barro ( Juvayriya) binti al-Horisning Paygʻambar (s.a.v.)ga turmushga chiqishi qanday natijaga olib keldi?
Banu Mustaliq qabilasi islomni qabul qildi
Jangdan keyin musulmonlar orasida qanday ichki nizo yuzaga keldi?
Muhojirlar va ansorlar oʻrtasida quduqdan suv olish masalasida nizo yuzaga keldi
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhoning holati haqida kimlardan maslahat oldilar?
Usoma ibn Zayd va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhulardan.
Oisha roziyallohu anhoning xizmatkori Barira tuhmat haqida nima dedi?
U Oisha roziyallohu anhoning begunohligini tasdiqlab, ular haqida yomon narsa koʻrmaganini aytdi.
Bu ichki nizoni kim qoʻzgʻatdi va qanday maqsadda?
Abdulloh ibn Ubay ibn Salul, musulmonlar orasida fitna chiqarish uchun
Banu Mustaliq gʻazotining umumiy ahamiyati va islom tarixidagi oʻrni nimada?
islomning dushmanlariga qarshi kuchli zarba berildi va ichki fitnalarga qarshi choralar koʻrildi
Oisha roziyallohu anhoning begunohligi Qur'onning qaysi oyatlarida bayon qilingan?
Surai Nur, 11-20-oyatlarda.
Tuhmatchilarga qanday jazo berildi?
Har biriga 80 darra urish jazosi berildi.