SAVDO XIZMATLARI
MARKETING
MENEJMENT
KINO
FUTBOL
100

Savdo xizmati o‘zi nima?

Savdo xizmati — bu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga yetkazib berish, sotish va sotishdan keyingi jarayonlarda xaridorlarga qulaylik yaratishga qaratilgan faoliyatlar majmuasidir



. 

100

Brending nima?

Brending — bu kompaniya yoki mahsulotning xaridorlar ongida o‘ziga xos ijobiy obrazini (imidjini) yaratishdir



100

Menejment o‘zi nima

Menejment — bu bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning mavjud resurslaridan (moddiy, moliyaviy, mehnat va b.) unumli foydalangan holda qo‘yilgan maqsadlarga eng qisqa va samarali yo‘l bilan erishishni boshqarish jarayonidir

100

Cho‘kayotgan ulkan kema va Jek hamda Rouzning fojiali sevgisi haqidagi dunyoga mashhur film qaysi?

TITANIK

100

"Blaugrana"deb qaysi mashxur klub nomiga aytiladi?

BARSELONA

200

Chakana va ulgurji savdo xizmatlarining farqi nimada?

  • Ulgurji savdo (Optom): Tovarlarni yirik partiyalarda, asosan qayta sotish yoki ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun boshqa korxonalarga sotish xizmati.
  • Chakana savdo (Roznitsa): Tovarlarni donalab yoki kichik hajmda, bevosita yakuniy iste’molchining shaxsiy ehtiyojlari uchun sotish xizmati.



200

SMM (Social Media Marketing) nima?

SMM — bu ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, TikTok, YouTube va b.) orqali mijozlarni jalb qilish, brend tanilishini oshirish va mahsulotlarni sotish jarayonidir

200

Menejer" va "Lider" tushunchalarining farqi nimada?

  • Menejer: Unga rasmiy vakolat berilgan bo‘lib, u tartib, qoidalar, rejalarning bajarilishi va barqarorlik uchun javob beradi (ishni tizimli tashkil qiladi).
  • Lider: Rasmiy lavozimidan qat’i nazar, odamlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan, ularni ilhomlantiradigan va o‘zgarishlarga yetaklaydigan shaxsdir.
200

Sehrgarlar maktabi Xogvarts va u yerda tahsil oluvchi peshonasida yashin shaklidagi chizig‘i bor bola haqidagi film qaysi?

GARRI POTTER


200

"Qizil iblislar"

MANCHESTER YUNAYTED

300

Savdo xizmati madaniyati deganda nima tushuniladi

Savdo xizmati madaniyati — bu xodimlarning xaridorlarga bo‘lgan munosabati, muomala odobi, professionalligi, savdo zalining tozaligi, shinamligi va mijozlarga yaratilgan umumiy qulayliklar darajasidir

300

SWOT-tahlil nima?

Bu kompaniya yoki mahsulotning bozordagi holatini baholash uchun ishlatiladigan strategik vositadir.

300

Boshqaruv usullari (metodlari) qaysilar?

Ma’muriy (tashkiliy-farmoyish berish) usullar 

Iqtisodiy usullar 

Ijtimoiy-psixologik usullar

300

To‘rtta aka-uka (Polat, Memati, Abdulhay, Erhan) va mafiya olami haqidagi mashhur turk seriali qaysi?

Qashqirlar makoni

300

"Uch sherlar" (Three Lions) deb qaysi terma jamoa ramziy ma’noda ataladi?

ANGLIYA

400

Zamonaviy savdo xizmatlarida qanday innovatsiyalar qo‘llanilmoqda?

  • E-commerce (Elektron savdo): Internet-do‘konlar va marketplace platformalari orqali masofaviy savdo.
  • O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari: Kassirsiz, xaridorning o‘zi tovarlarni skanerlab, to‘lov qiladigan tizimlar.
  • Sun’iy intellekt va CRM:Mijozlarning xarid qilish odatlarini tahlil qilib, ularga shaxsiy chegirmalar va tavsiyalar taklif qilish.
400

Raqobatchilar tahlili nega kerak?

Bozorda muvaffaqiyat qozonish uchun raqobatchilarning mahsulotlari, narxlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini hamda marketing strategiyalarini bilish shart. Bu kompaniyaga o‘z xatolarini to‘g‘rilash va bozorda raqobatchilarda yo‘q bo‘lgan "noyob savdo taklifi"ni (USP) yaratishga yordam beradi.

400

Menejmentning qanday asosiy funksiyalari bor?

Rejalashtirish (Planning) 

Tashkil etish (Organizing) 

Motivatsiya (Motivating) 

Nazorat (Controlling)

400

Ali va Vali ismli egizaklar sarguzashtlari haqidagi mashhur o‘zbek filmi qaysi?

TANGALIK BOLALAR

400

Vodiyning eng mashhur va o‘zining ulkan muxlislar armiyasiga ega bo‘lgan Namangan klubi qaysi?

NAVBAHOR

500

Merchandayzing nima va u savdo xizmatida qanday rol o‘ynaydi

Merchandayzing — bu savdo zalida tovarlarni to‘g‘ri joylashtirish, reklama materiallarini joy-joyiga qo‘yish va tovarni xaridorga jozibador qilib ko‘rsatish san’atidir. Uning maqsadi xaridorning e’tiborini tortish va do‘kondagi savdo hajmini oshirishdan iborat

500

Marketingda ROI (Return on Investment) nima?

ROI — bu marketingga tikilgan pulning qanchalik o‘zini oqlaganini (foyda keltirganini) ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir

500

Korporativ madaniyat nima?

Korporativ madaniyat — bu korxonadagi xodimlarning o‘zaro hamda mijozlar bilan munosabatlarini belgilaydigan yozilmagan qoidalar, qadriyatlar, an’analar va xulq-atvor mezonlari majmuasidir.

500

Shaytanat filmidagi Asadbekning do'stining ismi?

Jalil

500

GOAT so'zining kengaytmasi

Great Of All Time