Sug'urta 1
Sug'urta 2
Sug'urta 3
Sug'urta 4
Sug'urta 5
10

Sug‘urta munosabatlarida kimlar ishtirok etadi?
A)        sug‘urta bozorining professional bo‘lmagan ishtirokchilari
B)        sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi
C)        sug‘urtalovchi va tijorat banklari
D)        adjaster va anderrayter

B)        sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi

10

Quyidagilardan qaysi biri davlat majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qilinadi?
A)    tibbiyot xodimlari
B)    harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslar
C)    barcha fuqarolar
D)    maktab o‘quvchilari

B)    harbiy xizmatchilar va ularga tenglashtirilgan shaxslar

10

Sug‘urta amaliyotida risklarni boshqarish bosqichlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)        tahlil qilish va nazorat qilish
B)        baholash va nazorat qilish
C)        tahlil qilish, baholash va nazorat qilish
D)        risklarni aniqlash, baholash, nazorat qilish va moliyalashtirish

D)    risklarni aniqlash, baholash, nazorat qilish va moliyalashtirish

10

Sug‘urta mukofoti nima?

sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadigan sug‘urta xizmati haqi

10

Sug‘urta qoplamasi nima?

sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga), har bir sug‘urtalangan shaxs uchun sug‘urta summasi doirasida to‘langan pul mablag‘lari summasi

20

O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya kerakmi?

litsenziya kerak

20

Yangi tahrirdagi sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qachon qabul qilingan?

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan

20

Quyidagilardan qaysi biri sug‘urta shartnomasining muhim sharti hisoblanadi?
A)        sug‘urtalovchining moliyaviy hujjatlari bilan tanishish
B)        sug‘urta hodisasi ro‘y berganlik faktini aniqlashda ishtirok etgan ekspert ishiga haq to‘lash shartlari
C)        sug‘urta mukofotini to‘lash
D)        sug‘urta mukofotini natura shaklida to‘lash imkoniyati

C)        sug‘urta mukofotini to‘lash

20

O‘zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?

2008-yil 21-aprel

20

Garovga qo‘yilgan mulk qanday shaklda sug‘urta qilinadi?

ixtiyoriy shaklda

30

Sug‘urtalanuvchining huquqi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A)        sug‘urta mukofotini o‘z vaqtida to‘lash
B)        sug‘urta qoplamasini rad etish
C)        sug‘urtalovchiga ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish
D)        sug‘urta qoidalari bilan tanishish

D)        sug‘urta qoidalari bilan tanishish

30

Hayotni sug‘urtalash sohasida nechta klass mavjud?

7 ta klass

30

Sug‘urta qanday tarmoqlarga bo‘linadi?

umumiy sug‘urta va hayot sug‘urtasi

30

Harbiy xizmatchilar uchun sug‘urta mukofoti qaysi manba hisobidan to‘lanadi?

davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi

30

Hayotni sug‘urta tarmog’idagi II-klass nomi nima?

Nikoh va tug‘ilish

40

Umumiy sug‘urta tarmog’ida 14 klass  nomi nima?

Kreditlarni sug‘urta qilish

40

Quyidagi klasslardan qaysi biri hayotni sug‘urtalash sohasiga tegishli?
A)        yo‘ldagi yuklarni sug‘urta qilish
B)        kredit sug‘urtasi
C)        kafillik sug‘urtasi
D)        nikoh va tug‘ilish

D)        nikoh va tug‘ilish

40

Javobgarlik sug'urtasi qaysi klaslarni o'z ichiga olasi?

10,11,12,13 klasslar

40

Hayotni sug‘urta tarmog’idagi III-klass nomi nima?

Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish

40

Sug‘urtalanuvchilarning huquqlarini qaysi organ himoya qiladi?

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

50

Sug‘urta faoliyati klassifikatorida nechta klass mavjud?

25 ta

50

Umumiy sug‘urta tarmog’ida 8 klass  nomi nima?

Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish

50

Sug‘urta summasi nimaga nisbatan belgilanadi?

sug‘urta ob‘ektiga nisbatan

50

Majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha tarif stavkalarini kim belgilaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

50

O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta summasi qanchani tashkil etadi?

40,0 mln. so‘m