Sulton Husayn Mirzoning nasabi
Hukmdorlik yillari
Usmoniylar bilan munosabati
Xuroson va Hirot
Sulton Husayn Mirzoning ijodi
100

Sulton Husayn Mirzoning to'liq ismini so'zlab bering

Husayn ibn Mirzo G'iyosiddin Mansur ibn Mirzo Boyqaro

100

Sulton Husayn Mirzo necha yoshida va kimning saroyida ilk bor xizmat boshlagan?

14 yoshida Abulqosim Bobur saroyida xizmat boshlagan.

100

Sulton Husayn Mirzo qaysi mamlakat bilan yaqin va birodarona aloqalar o‘rnatishga alohida e’tibor qaratgan

Rum mamlakati bilan

100

Sulton Husayn Mirzo davrida Hirot qaysi sohalar bo‘yicha Sharqning yirik markaziga aylangan edi?



Fan, madaniyat va hunarmandchilik markaziga aylangan.



100

Sulton Husayn Mirzo she’r yozganda qaysi taxallusni qo‘llagan va asosan qaysi tilda ijod qilgan

Bu asar Sulton Husayn Mirzoning nasriy merosi va adabiy qarashlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi

200

Temuriylardan "Umarshayx Mirzo" Suton Husayn Mirzoga kim bo'ladi

'Umarshayx Mirzo" Sulton  Husayn Mirzoning bobosing otasi (ya'ni Sulton Husayn Mirzoning otasining otasini otasi)

200

Sulton Husayn 1469-yilda Hirotni egallagach, o‘zining yaqin do‘sti Alisher Navoiyni qaysi lavozimga tayinladi

Muhrdorlik vazifasiga tayinlagan

200

Turk elchisi Pahlavon Muhammad Xurosondan necha kishilik hamroh va qanday ulovlar bilan yo‘lga chiqqan

To‘rt hamrohi, to‘rt xizmatkori bilan ikki ot va bir tuyada yo‘lga chiqqan

200

 Iqtisodiy yuksalish natijasida mamlakatda qanday ijtimoiy va madaniy inshootlar barpo etilgan (kamida 4 tasini sanang)?



Karvonsaroylar, rabotlar, ko‘priklar, maktab-madrasalar, masjidlar, shifoxonalar va bog‘lar.


200

Bizgacha Sulton Husayn Mirzoning qaysi ikki yirik asari va qancha miqdordagi g‘azallari yetib kelgan

Ramal bahrida yozilgan. Bu shoirning tab’i baland va didi nozik bo‘lganini ko‘rsatadi

300

"Boburnoma" asarida Sulton Husayn Mirzoni ikki tomonlama ulug‘ nasabga ega ekanligini ta’kidlash uchun qanday ibora bilan ta’riflagan?

Karim ut-tarafayn

300

1470-yilda Husayn Mirzo poytaxtda yo‘qligidan foydalanib, o‘z nomiga xutba o‘qitgan temuriyzod kim edi

Shohrux Mirzoning avlodlaridan bo‘lgan Yodgor Muhammad Mirzo

300

Husayn Mirzo turk elchisini kutib olish borasidagi farmoni barcha amaldorlarga yetib borishini qanday usulda ta’minlagan

Hirotdan Kichik Osiyogacha otda chopar jo‘natib, har bir amaldor farmonni olganiga ishonch hosil qilgan

300

 Sulton Husayn Mirzo davlat boshqaruvida tinchlikni qaror toptirishdan tashqari yana qanday asosiy vazifalarga alohida e’tibor qaratdi?


Markaziy hokimiyatni mustahkamlash, obodonchilik ishlari va iqtisodiy hayotni yuksaltirishga.



300

Tabriklayman siz  bonus savol topdingiz siz uchu bitta shart beriladi va uni bajarsngiz 8100 ballni qo'lga kiritasiz

Albatta bu bizning yoqtirgan tez aytishimiz siz uchun u bitta so'zdan iborat o'sha so'zni bittada aytgan jamoaga ball beriladi ushbu so'z:
" muvofiqlashtirilmaganliklaringizdanmikanligingizniki-dandirhamdamishdeyilganligingizdanmikanliginiham
"

400

Sulton Husayn Mirzo vafotidan so‘ng, nechanchi yilda va kimlar tomonidan Hirot egallab olindi

1507-yilda Shayboniylar tomonidan zabt etilgan

400

Mo‘min Mirzoning fojiali qatl etilishi va undan keyingi siyosiy parokandalik jarayoni qanday yuz bergan

Shohning mastligidan foydalanib, fitnachilar Mo‘min Mirzoni qatl etish haqidagi farmonga muhr bostirishadi. Bu qon to‘kilishi mamlakatda parokandalikni keltirib chiqaradi

400

Sulton Husayn Mirzo o‘z farmonlarini yozishda Amir Temurdan qolgan qaysi an’anaviy iborani qo‘llagan

Farmonlarni "so‘zimiz" yoki "Abul G‘oziy Sulton Husayn so‘zimiz" iboralari bilan boshlagan.

400

Hirotda rivojlangan "kitobat san’ati" va "handasa" sohalari o‘sha davr madaniy hayotida qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?



Bu sohalar Hirotni intellektual va san’at markaziga aylantirib, kitob yaratish va me’morchilikda yuqori aniqlikka erishishga xizmat qilgan.



400

Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" asarining aynan qaysi qismini Husayn Mirzo ijodiga bag‘ishlagan va unda nimalarga to‘xtalgan

8-majlisni to‘liq bag‘ishlagan. Unda shoirning 164 ta g‘azali matla’ini keltirib, badiiy mahoratini tahlil qilgan

500

Xuroson davlatining zaiflashishiga sabab qilib nima ko‘rsatilgan?

Sulton Husayn Mirzo va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi davlat zaiflashishiga sabba bo'lgan

500

Husayn Mirzoning hukmronlik uchun kurash yo‘lidagi eng og‘ir damlari — Marv va Xiva oralig‘idagi biyobonda qishni o‘tkazishi qaysi voqeadan so‘ng sodir bo‘ldi

1457-yilda Marvda unga qarshi fitna uyushtirilib, u ovda ekanligida shahar darvozalari berkitib olinganidan so‘ng

500

Temuriylar va turk hukmdorlari o‘rtasidagi elchilik odoblari va tartib-qoidalari qaysi davrlardan buyon qat’iy belgilab qo‘yilgan edi

Bu tartib-qoidalar Mo‘g‘ullar davrida ham, Amir Temur davrida ham qat’iy belgilab qo‘yilgan edi

500

Nima uchun turli mamlakatlardan kelgan iste’dod sohiblari aynan Hirotni o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi maskan deb bilishgan?


Chunki Hirotda barcha soha vakillari uchun sharoit yaratilgan va bu shahar ularning iste’dodini ro‘yobga chiqaruvchi maskan hisoblangan


500

1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan asarning ahamiyati nimada

Bu asar Sulton Husayn Mirzoning nasriy merosi va adabiy qarashlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi