Suqrotning eng mashhur iborasi: "Men hech narsani ... bilaman".nuqtalar oʻrniga mos soʻzni qoʻying?
Javob: Bilmasligimni.
Suqrotning suhbatdoshini savollar bilan haqiqatga olib kelish usuli qanday nomlanadi?
Javob: Mayevtika (yoki Suqrotcha uslub).
Suqrotning rafiqasi ismi nima edi?
Javob: Ksantippa.
Suqrotni qanday jazo bilan qatl etishgan?
Javob: Zahar ichish orqali.
Suqrotning eng mashhur shogirdi kim?
Javob: Aflotun (Platon).
Suqrotning fikricha, inson yomonlikni faqat mana shu narsa yetishmagani (bilmagani) sababli qiladi.U nima?
Javob: Bilim (yoki nodonlik sababli).
Mayevtika so'zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday kasbni anglatadi?
Javob: Doyalik (tug'ruqqa ko'maklashish).
Afina ko'chalarida Suqrot ko'pincha qaysi poyafzalda yurar edi?
Javob: Hech qanday (yalangoyoq).
Suqrotga qaysi o'simlikdan tayyorlangan zahar berilgan?
Javob: Sikuta (Cicuta/Koniy).
Suqrotning hayoti haqida xotiralar yozgan mashhur tarixchi va sarkarda kim?
Javob: Ksenofont.
Delfidagi Apollon ibodatxonasi bashoratchisi (Pifiya) Suqrotni qanday atagan?
Javob: Eng aqlli/dono inson.
Suqrot o'zini "doya" deb atashiga sabab, u insonning o'zida yashirinib yotgan nimani "tug'ilishiga" yordam bergan?
Javob: Haqiqatni yoki Bilimni.
Suqrot faylasuf bo'lishdan oldin otasining izidan borib, mana shu kasb bilan shug'ullangan.Bu qaysi kasb?
Javob: Haykaltarosh.
Suqrotni sudga berishganida u nechi yoshda edi?
Javob: 70 yoshda.
Suqrotning ta'siri ostida vujudga kelgan, hayotda qiyinchiliklarga sabr qilishni targ'ib qiluvchi falsafiy maktab qaysi?
Javob: Stoitsizm.
Suqrotning fikricha, "falsafa" so'zining asl ma'nosi "donolikni sohibi bo'lish" emas, balki mana shu holatdir.Bu qaysi holat?
Javob: Donolikni sevish (yoki unga intilish).
Suqrot suhbat boshida o'zini go'yo hech narsani tushunmaydigandek tutishi nima deb ataladi?
Javob: Suqrotcha istehzo (Ironiya).
Suqrot qaysi urushda oddiy askar (goplit) sifatida mardonavor jang qilgan?
Javob: Peloponnes urushi.
Aflotunning qaysi asarida Suqrotning suddagi nutqi tasvirlangan?
Javob: "Suqrot apologiyasi".
Suqrotga mahliyo bo'lgan, lekin keyinchalik Afinaga xiyonat qilgan mashhur sarkarda shogirdi?
Javob: Alkiviad.
Suqrot o'z g'oyalarini birorta ham kitobga yozmagan. Biz uning ta'limotini asosan qaysi shogirdining asarlaridan bilamiz?
Javob:Aflotun (Platon).
Suqrotning uslubi qaysi ikki asosiy qismdan iborat edi?
Javob: Inkor (ironiya) va Mayevtika.
Rivoyatlarga ko'ra, Ksantippa Suqrotning ustidan bir chelak suv quyib yuborganida, u tabassum bilan nima degan?
Javob: "Momaqaldiroqdan keyin har doim yomg'ir yog'adi".
Suqrot o'limidan oldin qaysi xudoga xo'roz qurbonlik qilishni vasiyat qilgan?
Javob: Asklepiyga.
Suqrotni o'zining "Bulutlar" komediyasida hajv qilgan dramaturg kim?
Javob: Aristofan.