Taftish 1
Taftish 2
Taftish 3
Taftish 4
Taftish 5
100

Taftish tartibida shikoyat berish huquqiga kimlar ega?

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etmagan bo‘lsa-da huquq va majburiyatlari sud tomonidan hal qilingan shaxslar, ayrim hollarda Biznes ombudsman hamda prokurorlar.

100

Taftish tartibida qaysi sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi mumkin?

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi va qarori, agar ular apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan bo‘lsa.

100

Taftish tartibidagi shikoyatni qaysi sudlar ko‘rib chiqadi?

Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Harbiy sud, Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va Oliy sud Rayosati.

100

Taftish tartibidagi shikoyat qancha muddat ichida berilishi kerak?

Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 1 yil ichida

100

Taftish shikoyati qayerga topshiriladi?

Tegishli taftish instansiyasi sudiga yo‘llanadi, lekin odatda sud hujjatini qabul qilgan sud orqali topshiriladi.

200

Sud taftish shikoyatini yuqori sudga necha kun ichida yuborishi kerak?

 

5 kun ichida.

200

Taftish shikoyatida qanday ma’lumotlar bo‘lishi shart?


Sud nomi, shikoyat beruvchi haqidagi ma’lumotlar, ish raqami, shikoyat qilinayotgan sud hujjati, shikoyat asoslari, talab va ilovalar ro‘yxati.

200

Taftish shikoyatini kim imzolaydi?

 

Shikoyat beruvchi shaxs yoki uning vakili

200

Taftish protestini kim imzolaydi?

Protest keltirgan prokuror.

200

Taftish shikoyatiga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Davlat boji to‘langanligi haqidagi hujjat, pochta xarajatlari hujjati va vakil bo‘lsa vakolatnoma.

300

Qanday hollarda taftish shikoyati qaytariladi?

Agar imzo bo‘lmasa, noto‘g‘ri rasmiylashtirilsa, davlat boji to‘lanmasa, muddat o‘tgan bo‘lsa yoki noto‘g‘ri sudga yuborilgan bo‘lsa

300

Qanday hollarda taftish shikoyatini ish yuritishga qabul qilish rad etiladi?

Agar shikoyat beruvchi bunday huquqqa ega bo‘lmasa, sud hujjati taftish tartibida ko‘rilmaydigan bo‘lsa yoki oldin zarur instansiyalardan o‘tmagan bo‘lsa.

300

Taftish instansiyasi sud hujjati ijrosini to‘xtatishi mumkinmi?

Ha, ishda ishtirok etuvchi shaxs iltimosiga ko‘ra.

300

Taraflarning sudga kelmasligi ishni ko‘rishga to‘sqinlik qiladimi?

Yo‘q, agar ular belgilangan tartibda xabardor qilingan bo‘lsa.

300

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori ustidan yana shikoyat berish mumkinmi?

Yo‘q, Oliy sud Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi

400

1-kazus

Fuqarolik ishida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori chiqardi. Ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi. Javobgar ushbu qarordan norozi bo‘lib, taftish tartibida shikoyat bermoqchi

Savol: Javobgar taftish tartibida shikoyat berishga haqlimi?

Ha. Ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida javobgar taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega

400

Sud ishida fuqaro ishtirok etmagan, ammo sud qarori bilan uning mulkiy huquqlariga ta’sir qilingan.

Savol: Ushbu fuqaro taftish tartibida shikoyat bera oladimi?

Ha. Agar shaxs ishda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, uning huquq va majburiyatlari sud tomonidan hal qilingan bo‘lsa, u taftish shikoyati berishi mumkin.

400

Da’vogar sud qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin 1 yil 4 oy o‘tib taftish shikoyati berdi. Muddatni tiklash haqida iltimosnoma bermadi.

Savol: Sud qanday qaror qabul qiladi?

Shikoyat qaytariladi yoki ko‘rib chiqilmaydi, chunki belgilangan muddat o‘tgan va tiklash haqida iltimosnoma mavjud emas

400

Fuqarolik ishida taftish shikoyati berildi, ammo davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmadi.

Savol: Sud nima qiladi?

Taftish shikoyatini qaytaradi.

400

5-kazus

Taftish shikoyatini vakil imzoladi, ammo vakolatni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmadi.

Savol: Bu qanday protsessual oqibatga olib keladi?

Sud shikoyatni qaytaradi, chunki vakil vakolati tasdiqlanmagan.

500

6-kazus

Taftish shikoyati ish yuritishga qabul qilindi. Sud majlisi kuni taraflardan biri kelmadi, lekin u belgilangan tartibda xabardor qilingan.

Savol: Ish ko‘rilishi mumkinmi?

Ha. Tarafning kelmasligi ishni ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.

500

Taftish instansiyasida ish ko‘rilayotgan paytda shikoyat bergan shaxs o‘z shikoyatidan voz kechdi.

Savol: Sud nima qiladi?

Sud ajrim chiqarib taftish tartibidagi ish yuritishni tugatadi

500

Taftish instansiyasida javobgar yangi muhim hujjatni taqdim etdi. Qarshi taraf “yangi dalillar qabul qilinmaydi” deb e’tiroz bildirdi.

Savol: Taftish instansiyasi yangi dalillarni ko‘rishi mumkinmi?

Ha. Taftish instansiyasi yangi dalillarni o‘rganishi mumkin.

500

Taftish instansiyasi quyi sud qarorini bekor qilib, ishni qayta ko‘rish uchun yubordi. Quyi sud taftish instansiyasi ko‘rsatmalariga amal qilmadi.

Savol: Bu qonuniymi?

Yo‘q. Taftish instansiyasi ko‘rsatmalari quyi sud uchun majburiy.

500

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati taftish tartibida yakuniy qaror qabul qildi. Taraflardan biri yana shikoyat bermoqchi.

Savol: Bu mumkinmi?

Yo‘q. Oliy sud Rayosati qarori yakuniy hisoblanadi