Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Taklif tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
Taklif qonuni.
Talab va taklif nisbati hamda uning o‘zgarishi. Bozor
muvozanati.
Iste’molchi xulqi nazariyasi. Naflilik va uni
maksimallashtirish qoidasi.
Umumiy savol
100

Talab nima?


Iste’molchi narxlarning har hil darajasida tovar va xizmatlarning aniq turining sotib olish mumkin bo‘lgan miqdoridir. 

100

Taklif qanday miqdor?


Taklif, ishlab chiqaruvchilarning narxning har bir darajasida tovar yoki xizmatlarning bozorga sotishga chiqariladigan miqdoridir.

100

Bozor muvozanati qanday holatda vujudga keladi?


Talab va taklif tenglashganda

100


1.Iste’molchi xulqini miqdoriy aniqlashda qaysi ikki usul qo’llaniladi?


Keyingi naflilik nazariyasi va farqsizlik egri chizig‘i usuli

 

100

Nega resurslarga boʻlgan talab "hosila talab" deyiladi?



Chunki, resurslarga talab bevosita u yordamida ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatga boʻlgan talablarga bogʻliq.

200

Tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning nechta turi bor va ularga tarif bering.

Individual talab va bozor talabi.

Har bir iste’molchining tovarlarning biror turiga bo‘lgan talabi individual talab.

Iste’molchilarning bir turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.

200

Taklif qonuniga ta’rif bering.


Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovar (taklif) miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Bu o‘zaro, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi.

200

Talabning narxli egiluvchanligiga sabab bolovchi asosiy omillar?


O‘rnini bosuvchanlik, daromaddagi ulushi, tovar xususiyati, vaqt omili



200

Кeyingi naflilik nima?


J:Кeyingi naflilik (marginal utility) – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir.

200

Tovar narxining resurslarga, talabga ta‘siri qanday?



Tovar narxi oshsa, uni ishlab chiqarish foydaliroq boʻladi, resurslarga talab ham ortadi.

300

Talab qonuni nima?


Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bu teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.

300

Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi asosiy 6ta omillar qaysilar?


1) Resurslarning narxi; 2) Ishlab chiqarish texnologiyasi;3) Soliq va dotatsiyalar; 4) Boshqa tovarlarning narxi;5) Narx o‘zgarishining kutilishi; 6) Bozordagi sotuvchilar soni.

300

Agar iste’molchining daromadi tez o‘sayotgan bo‘lsa, lekin ayni paytda ishlab chiqarish hajmi sekin ortayotgan bo‘lsa, bozor narxi va muvozanati qanday o‘zgaradi? 


.

J:Narx ko‘tariladi, bozor yangi muvozanatga ko‘tariladi

300

Ayni vaqtda iqtisodiyot nazariyasida naflilikni aniqlashda nechta yondashuv qaror topgan va ularni mohiyatini tushuntiring?

1. Кardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutloq aniq hisoblash talab qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi “yutil” (inglizcha – utility – naflilik) dan foydalaniladi.

2. Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha joylashtirishda naflilikning ma’lum ketma-ketligiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda iste’molchi tovarning bir-biriga qiyosan muhimlilik darajasi bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin

300

 Kesishmali egiluvchanlik nima?



Bir tovar talabi boshqa tovar narxi oʻzgarganda qanchalik oʻzgarishini koʻrsatuvchi koʻrsatgich.

400

Giffen samarasiga ta’rif va uni misol orqali tushuntiring.


Giffen samarasi — narxi oshganiga qaramay, iste’molchi tomonidan ko‘proq sotib olinadigan tovar holati.



400

Nima uchun soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi?



Ko’pchilik soliq turlari ishlab chiqarish tarkibiga kiradi.

400

Bozor narxi muvozanat narxidan past bo‘lsa, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar qanday qarorlar qabul qiladi? Jarayon qadamlarini tushuntiring.



Narx past — talab ortib ketadi .Narx arzon bo'lgani uchun xaridorlar ko'proq xarid qilmoqchi bo'ladi.Shu sababli talab taklifdan yuqori bo'lib ketadi.Natija: bozorda yetishmovchilik (taqchillik) yuzaga keladi.

400

Nega suvning narxi past bo‘lsa ham uning umumiy nafliligi yuqori, brilliantning narxi baland bo‘lsa ham uning umumiy nafliligi past bo‘lishi mumkin? Shu paradoksni tushuntirishda “so‘nggi qo‘shilgan naflilik” va taklif-talab munosabati qanday rol o‘ynaydi?


Suv: Uning umumiy nafliligi juda baland, chunki odamlar uchun zarur. Lekin taklifi talablarga nisbatan katta bo‘lganligi sababli narxi past. Shu sababli, ko‘p miqdorda iste’mol qilganimizdan so‘nggi qo‘shilgan nafliligi past bo‘ladi.

Brilliant: Uning narxi baland, chunki ishlab chiqarish qiyin va taklifi kam. Narxi balandligi sababli iste’mol qilinadigan miqdor kam bo‘ladi, shuning uchun uning umumiy nafliligi past bo‘lishi mumkin, lekin so‘nggi qo‘shilgan nafliligi yuqori bo‘ladi

.

400

Uzoq davrli muvozanatda qaysi omillar muhim rol oʻynaydi?



Investitsiyalar, yangi texnologiyalar, yangi korxonalar, qoʻshimcha quvvatlar yaratish.

500

Talabga narxdan tashqari ta’sir ko’rsatadigan omillar nechta va ularni tushuntiring.


1) Iste’molchining didi; 2) Bozordagi iste’molchilar soni; 3) Iste’molchining daromadlari; 4) Bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; 

5) Кelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi qutilishi.

500

Noo’zgaruvchan taklifga misol keltiring.




J:Ijodiy soha hodimlarining (olim,shoir,musavvirlar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi.

500

Daromad samarasi nima?



Daromad samarasi (income effect) — bu iste’molchining daromadi o‘zgarganda, biror tovarga bo‘lgan talabning qanday o‘zgarishini ifodalaydi.



500

Bir tovarga narx oshganda iste’molchi tanlovida yuz beradigan o‘zgarish qanday ikki asosiy samara orqali tushuntiriladi va ular qanday tariflanadi?



1) Daromad samarasi – narx oshganda iste’molchining real xarid qobiliyati pasayadi.

2) O‘rnini bosish samarasi – qimmatlashgan tovar o‘rniga nisbatan arzonroq tovar tanlanadi


500

Nima uchun iqtisodiy resurslar bozorida talab va taklif tovarlar bozoridan farq qiladi?

Iqtisodiy resurslar bozorida talab va taklif tovarlar bozoridan farq qiladi, chunki resurslarga talab ular yordamida ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga bog‘liq, ularning unumdorligi va narxi bilan belgilanadi. Taklif esa resurslarning cheklanganligi va harakatchanligiga bog‘liq, shuning uchun u tovarlar bozoridagi kabi tez oshmaydi.