Shayx Safiy Alimshoxning tasavvufga bergan ta'rifi
"Tasavvuf nafs manzillarini bosib o'tishdir"
Yassaviya tariqati asoschisi qaysi tilda ijod etgan?
Chig'atoy
Najmiddin Kubroga qanday ta'rif berilgan?
"Tommatu-l-kubro", ya'ni ulamolarning yetugi, ulug'vorligi yoki " ulkan balo" degan laqab berilgani to'g'risida ma'lumotlar uchraydi
"Dilba yor-u dast bakor" g'oyasi dastlab kim tomonidan ilgari surilgan?
Abdulxoliq G'ijduvoniy
Soxta tariqatlarning vujudga kelishi sabablari
Mutaassiblik, islomni noto'g'ri tushunish
Tasavvufni vujudga kelishining 4 sababi
Diniy
Ijtimoiy- iqtisodiy
Ijtimoiy-siyosiy
G'oyaviy- aqidaviy
"Devoni hikmat" asarida nima haqida so'z yuritiladi?
Ilohiy ishq va oshiqlik, ma'rifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari ta'sirli qilib yoritilgan.
Najmiddin Kubro qaysi shaharlarda ta'lim olgan
Bag'dod, Tabriz, Nishopur, Tus, Dizful
Bahouddin Naqshbandning tariqatdan birinchi piri kim bo'lgan?
Xoja Muhammad Bobo Samosiy
Muhammad (s.a.v.)qaysi hadisda tarkidunyochilikni rad etib marhamat qiladilar
“Islomda rohib ( tarkidunyochi)lik yoʻq”
Tasavvuf va so'fiy so'zlari qachon, kim tomonidan boshlab joriy etilgan.
IX asr boshlarida, Abu Hoshim Kufiy
Yassaviya tariqatining asosiy g'oyasi
Kamolotga uzlat va haqiqatga tarkidunyochilik orqali yetishish
Kubroviya tariqatining asosiy g'oyasi
Tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolotga yetishishda mashaqqatli mehnat jarayonida dunyo noz ne'matlaridan bahramand bo'lish g'oyasi ilgari suriladi. Vatanga muhabbat.
Naqshbandiya tariqatining asosiy g'oyasi
Insonlarni halol va pok bo'lishga, o'z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr ehson berishga, sofdil va kamtar bo'lishga chaqiradi. Tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ'ib etadi. Dil bayor-u dast bakor.
Alloh taolo rohiblik, yaʼni tarkidunyochilik yoʻq ekanligi xabarini qaysi oyatda marhamat qilgan?
“Rohiblikni oʻzlari chiqarib oldilar. Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat oʻzlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning koʻpi fosiqdurlar” (Hadid surasi, 27 oyati).
Zohid, obid, nosik so'zlarining ma'nolari
Zohid ( tiyiluvchi), obid ( ibodat qiluvchi), nosik (taqvodor)
Ahmad Yassaviyning tarbiyasi bilan kim shug'ullangan?
Opasi Gavhar Shahnoz
Usulul ashara asarida murid tarbiyalashning nechta bosqichlari zikr qilinadi? Ular qaysilar?
Tavba
Zuhd fid dunyo
Tavakkul alalloh
Qanoat
Uzlat
Tavajjuh ilalloh
Sabr
Muroqaba
Mulozamatuz zikr
Rizo
Xoja Alouddin Attorning Xoja Bahouddin vafoti to'g'risida aytgan gapi
"Hazrati Xojaning vafotlari chog'ida "Yosin" surasini o'qishni boshladim. Suraning yarmiga kelganda, osmondan nurlar zohir bo'la boshladi. Darhol kalimai shahodatga mashg'ul bo'ldim. Shundan so'ng Xazrat vafot etdilar".
Ilm talab qilishni rad etuvchi “tariqatchilar” qaysi gapni dalil qilib keltiradi
“Avvalo, ilmning mohiyati ibodatga vosita boʻlishdir. U orqali inson Robbini taniydi va unga bandalik qilishga harakat qiladi. Modomiki, inson Allohga ibodat qilish yoʻliga oʻtgan ekan, unga ilmning keragi yoʻq”
Tasavvuf so'zining lug'aviy, istilohiy ma'nosi nima?
Arab.so'fiylik bilan shug'ullanish, istilohda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo'llovchi ta'limot
Yassaviya tariqatida zikrning qaysi usuli qo'llanilgan?
Jahriy (ovoz chiqarib aytish)
Kubroviya tariqatida zikr qanday aytilgan?
Avval jahriy, keyinchalik zikri xafiyga o'tilgan
Xazrat Bahouddin Naqshband ziyoratgohi qaysi yillar davomida qayta ta'mirlandi?
2018-2019 yilla
Soxta tariqatchilarninng ilgari surgan g'oyalari
Pirga qo'l berganning gunohlari kechirilishi
Tahajjud namozini farz darajasiga ko'tarish
Yasama tish qo'ygan imomning tahorati mukammal bo'lmaydi
Namoz o'qimaydigan insonni taomini yemaslik