Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi necha yil kurashdi?
11 yil.
XORAZMSHOHLAR DAVLATINI TIKLASH davomida Jaloliddin Sind daryosidan kechib o‘tgach qayerlarga borib, aloqa o'rnatishga urinadi?
Shimoliy Hindiston hududlari.
1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi jangsiz qo‘lga kiritgan shahar qaysi edi?
Marog‘a shahri
Chigʻatoy ulusi poytaxti qayer?
Olmaliq (qo'shimcha ma'lumot uchun hozirgi Xitoy hududida joylashgan tarixiy shahar [1224–1266], Qarshi [1318–1326])
Otasining o‘limidan so‘ng Chig‘atoyxon boshqa hududlarga bosqinchilik qildimi?
ALBATTA Yo'q 😁
Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi nechta jang qildi?
17 ta.
Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonda necha yil hukmronlik qildi?
3 (yoki uch).
Jaloliddin Manguberdining Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misr hukmdorlariga nomalar yozib, ularni mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish xatti-harakatlaridan natija nima edi?
Natija bo'lmadi, chunki nomalar javobsiz qoldi va rad ham qilindi.
Ulusdagi qonun chiqaruvchi hokimiyati nomi nima?
Qurultoy
“Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, “Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan kimlar taqdirlanishi mumkin?
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar, harbiy bo‘linmalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari ham taqdirlanishi mumkin.
Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi jang qilib, nechtasida g'olib bo'ldi? (Umumiysi aytilmasin.)
14 marta.
1224-yili, Jaloliddin Manguberdi Hindistonda muqim o‘rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanini anglagach, qayoqqa yo'l oldi?
Iroq tomonga.
1227-yildagi fitnalar va xiyonatlar boshlanishi sababi nima edi?
Sultonning o‘sib borayotgan mavqeyi Bag‘dod xalifasini, Misr, Damashq va Jazira hukmdorini tashvishga sola boshlagani.
"Ulus" o'zi nima?
(“davlat”, “xalq”) – Chingizxon tuzgan ilk mo‘g‘ul davlatining nomi. Keyinchalik Chingizxon bosib olingan hududlardan farzandlariga bo‘lib bergan mulklar (masalan, Jo‘chi ulusi, Chig‘atoy ulusi va boshqalar) “ulus” deb yuritiladigan bo‘ldi.
Xorazm viloyatining Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasining tantanali ochilish marosimi qachon (nechanchi yil) bo‘lib o‘tdi?
2022-yil
"U [rang], [miqdor] bo‘yli, [millat] qiyofali edi.."
"[]" larni to'ldiring.
Bug'doyrangli, o'rtacha, Turkiy.
Xalifa Nosirning 20 minglik qo‘shini Basra yaqinidagi jangda tor-mor keltirgach, Jaloliddin Manguberdi qaysi davlat tomon yurish qildi?
Ozarbayjon.
Qaysi Ko‘niya sultoni muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi?
Kimsan Alouddin Qayqubod.
Chingizxon davlatining oliy xoqoni O‘qtoy va Chig‘atoy ulusi xoni Chig‘atoylar birin-ketin vafot etishi nimaga sabab bo'ladi?
Butun mo‘g‘ul ulusida taxt uchun kurashlar boshlanib ketishiga.
“Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, “Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan kimlar taqdirlanishi mumkin?
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar, harbiy bo‘linmalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari ham taqdirlanishi mumkin.
1221-yilning boshida sodir bo‘lgan Jaloliddinni obro'sini ko'targan voqea nima edi? (Iloji boricha to'liq qilib, sonlardan kamida 3 tadan 2 tasini aytib o'tilishi kerak)
Urganchdagi qaltis vaziyat tufayli shaharni tashlab chiqqan Jaloliddin 300 kishi bilan 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qo‘rg‘oni atrofiga yetib keldi. Chingizxon Muhammad Xorazmshoh o‘g‘illarining Xorazmga qaytganlaridan xabar topgach, Xurosonning har yeriga pistirmalar qo‘ydi. Jaloliddin Niso yaqinida o‘zining 300 nafar askari bilan mo‘g‘ullarning 700 kishilik pistirmadagi guruhini tor-mor etdi. Ushbu g‘alaba mo‘g‘ullarning afsonaviy qudrati, yengilmasligi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi.
1226-yilda qaysi 3 joy Xorazmshoh qo‘liga o‘tdi?
Ozarbayjon, Shirvon va Gurjiston
1230-yildagi Jaloliddin Manguberdi kuchlarini mag‘lubiyatga uchrashi haqida ayting.
230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan qo‘shini Jaloliddin Manguberdi kuchlarini Arzinjon yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchratdi. (Qo'shimcha: Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan 1231-yilda Ozarbayjonga bostirib kirib, Jaloliddin Manguberdini ta’qib etadi.)
1263–1264-yillarda Olgʻuxon vafot etgan. Natijada Xubilayxon boy hudud sanalgan qaysi joyning hududlari ustidan siyosiy nazorat oʻrnatishga harakat qildi?
Movaraunnahar.
"Xorazmshohlar davlati Jaloliddin Manguberdi timsolida Yevropa va uning taraqqiyotini mo‘g‘ullar bosqini tufayli yuz beradigan tanazzuldan o‘z joni va qoni evaziga asrab qoldi!"
Bu qaysi arxeologning so'zlari?
Sergey Tolstov