O'zbek tiliga davlat tili maqomi qaysi yili va qaysi sanada berilgan?
1989-yil 21-oktabrda.
O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i qachon qabul qilingan?
1991-yil 18-noyabrda
O'zbekistonda Prezidentlik instituti qachon joriy etilgan?
1990-yil 24-martda.
"Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarining muallifi kim?
Islom Karimov.
1989-yilda qishloq aholisi uchun qanday muhim ijtimoiy qaror qabul qilindi?
Har bir oilani tomorqa bilan ta'minlash va uy-joy qurishga sharoit yaratish haqida.
O'zbekiston Respublikasining "Mustaqillik deklaratsiyasi" qachon qabul qilingan?
1990-yil 20-iyunda.
Davlat gerbining markazida qaysi afsonaviy qush tasvirlangan?
Humo qushi.
"Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonun necha moddadan iborat?
17 moddadan.
"Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quraylik" asari muallifi kim?
Shavkat Mirziyoyev.
1991-yil avgust oyida SSSRda hokimiyatni egallashga urinish qanday nom bilan atalgan?
GKCHP (favqulodda holat davlat qo'mitasi) voqealari.
O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi qaysi sanada e'lon qilingan?
1991-yil 31-avgustda
O'zbekiston davlat madhiyasining matni va musiqasi mualliflari kimlar?
Abdulla Oripov (matn) va Mutal Burhonov (musika)
O'zbekiston taraqqiyotining besh tamoyilidan birinchisi nima?
Iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi va uning siyosatdan ustunligi (Avval iqtisod, keyin siyosat).
Alisher Navoiy Humo qushini qanday ta'riflagan?
Barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb.
O'zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi birinchi marta umumxalq muhokamasi uchun qachon matbuotda e'lon qilingan?
1992-yil 26-sentabrda.
O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
1992-yil 8-dekabrda.
Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz qanday ma'noni anglatadi?
Respublikaning sobitlik va barqarorlik ramzi hamda "qutlug'" degan ma'noni.
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo'yicha komissiyaga kim rahbarlik qilgan?
Islom Karimov
"Tarix – millatlarning o’tmishini, tanazzulini va taraqqiyotini o’rganadurg’on ilmdir" deb kim aytgan?
Abdurauf Fitrat.
O'zbekiston Respublikasi o'z oltin zaxirasini yaratishi qaysi qonun bilan mustahkamlandi?
"Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonun bilan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining muqobillik asosidagi birinchi umumxalq saylovi qachon bo'lib o'tgan?
1991-yil 29-dekabrda.
Gerbdagi quyosh tasviri nimani ifodalaydi?
Davlat yo'li hamisha nurli bo'lishi uchun bildirilgan niyat va yurtning iqlim sharoiti.
"9+1" (9 respublika + markaz) qo'shma bayonoti qachon imzolangan?
1991-yil aprelda.
Islom Karimovning yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab bergan asari qanday nomlanadi?
"O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li" (1993-yil)
1989-yil 12-sentabrda qaysi sohadagi nohaq ayblovlarni tekshirish uchun maxsus komissiya tuzildi?
Paxtachilikdagi ("Paxta ishi") qo'shib yozishlar bo'yicha.