I
II
III
IV
V
100

Taxrij so’zining o’zagi qanday?

O’zagi (خ،ر،ج) yani x r j bo’lib ikkinchi bob felining masdari hisoblanadi.

100

Taxrij so’zining lug’aviy ma’nosi nima?

lugʻatda “ikki bir-biriga qarama-qarshi ishni bir narsada jamlash”, “chiqarib yuborish”, “roʻyxatdan oʻchirish”, “tayyorlash, taʼlim berish”, “tarbiya berish”, “tushuntirish, sharhlash”, “tanlangan hadislar kiritilgan toʻplam” maʼnolarini anglatadi.

100

Taxrijning istilohiy ma’nosiga tarif bering?

Taxrij — hadisning isnod bilan rivoyat qilingan asl manbadagi oʻrnini koʻrsatishdir. Shuningdek, zarur oʻrinlarda uning hukmi va darajasini ham bayon qilishdir.

100

Taxrijning istelohiy ma’nosi nechta ?

3 ga bo’linadi.

100

Taxrij so’zining 1- iste’lohdagi ma’nosi nima?

“Ixroj” soʻzining sinonimi, yaʼni chiqarish boʻlib, odamlarga hadisni chiqish joyini zikr qilib koʻrsatishga aytiladi.

200

Imom ibn Saloh taxrijning 1- istelohiy ma’nosi haqida nima degan?

«Hadis olimlarining hadisni tasnif etishida ikki yoʻl bor: biri, boblarga ajratib yozish va bu fiqh hukmlari asosida taxrij qilish va boshqa».

200

Taxrijning 2- iste’lohiy ma’nosi nima?

Hadisni kitoblar ichidan chiqarib, rivoyat qilish.

200

Imom Saxoviy «Fathul-mugʻis»da taxrij haqida nima degan?

«Taxrij – muhaddisning hadislarni juzlar, mashiyxalar, kitoblar va shular kabidan chiqarib olishdir va uni oʻzidan yoki shayxidan yoki yaqinidan (aqron) yoki shu kabilardan rivoyat qilib va uni kitob va toʻplamlarga nisbat berishidir».

200

Taxrijning 3- iste’lohiy ma’nosi nima?

Hadisning asl manbasiga dalolat qilish, yaʼni asl manbasiga nisbat berish.

200

Munoviy oʻzining “Fayz al-qodir”asarida, Suyutiyning “Taxrijni tahrir qilishda shijoat koʻrsatdim” degan gapiga qanday sharh bergan?

«Yaʼni hadislarning mualliflariga nisbatini aniqlashda qattiq izlanish qildim. Faqatgina ishonchli mualliflarga nisbat berdim, hatto u mufassir boʻlsa ham yetarli deb hisoblamadim».

300

“hadisning oʻrnini koʻrsatish” nima degani?

qaysi muhaddisning qaysi kitobida kelganini bayon qilish tushuniladi.

300

Asl manbalarga kiruvchi “Hadislar mualliflari tomonidan ustozlaridan ishonchli sanad orqali Paygʻambar (s.a.v.)ga yetkazgan kitoblar” ga misol keltiring.

 «Kutubi sitta», Imom Molikning «Muvatto»si, Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»i, Hokimning «Mustadrak»i, Abdurazzoqning «Musannaf»i va boshqalar.

300

“hadisning darajasini bayon qilish”  nima degani ?

sahih, zaif yoki toʻqima ekanini aniqlab berish demakdir.

300

Ulamolar taxrijning nechta usuli mavjudligini qayd qilganlar?

Ulamolar taxrijning 5 ta usuli mavjudligini qayd qilganlar.

300

Taxrij usullari qaysilar?

1. Hadis roviysi boʻlgan sahobiyni bilish orqali taxrij qilish.

2. Hadis matnining birinchi soʻzidan foydalanib taxrij qilish.

3. Matnning istalgan qismidagi gʻarib (kamyob) yoki diqqatga sazovor soʻz orqali taxrij qilish.

4. Hadis mavzusi yoki bir nechta mavzularidan kelib chiqib taxrij qilish.

5. Hadisning matn va sanadidagi oʻziga xos xususiyatlardan foydalanib taxrij qilish.

400

Asliy manba hisoblanmaydigan kitoblarning turlari?

faqat hukmlarga oid hadislarni jamlagan kitoblar.hadislar alifbo tarzida tartiblangan hadislar toʻplamlari.hadislar turli mezonlar bilan jamlangan boshqa kitoblar.

400

Asliy manba hisoblanmaydigan kitoblarga qaysilar kiradi?

Hofiz Ibn Hajar Asqaloniyning «Bulugʻ al-marom min adillat al-ahkom»i.

 Jaloliddin Suyutiyning «al-Jomeʼ as-sagʻir»i.

Imom Navaviyning «Arbain», «Riyoz as-solihin»lari

400

Humaydiyning «al-Jamʼu bayna as-sahihayn» asari qanday manba turiga kiradi?

Hadislar mualliflari tomonidan ustozlaridan ishonchli sanad orqali Paygʻambar (s.a.v.)ga yetkazgan kitoblarga bogʻliq ravishda yozilgan “sunan” kitoblar turiga.

400

Boshqa fan sohalariga doir manbalar ya’ni tafsir, fiqh yoki tarixga oid manbalarda ham hadislar keltirilgan boʻladi. Biroq bu kitoblarning “asl manba” bo’lishi uchun ma’lum shartlar kerak bo’ladi qaysilar?

“asl manba” sifatida eʼtirof etilishi uchun rivoyatlarni muallif oʻz shayxlaridan sanad bilan naql qilgan boʻlishi lozim. Boshqa kitoblardan olib, sanadsiz koʻchirgan boʻlsa, unda manba boʻla olmaydi.

400

Taxrij ilmining ahamiyati nimalarda?

a) Hadisning isnodlari bilan rivoyat qilingan asl manbalardagi oʻrnini bilish;

b) Hadis roviylarini bilish va ularning “jarh va taʼdil”dagi darajalarini farqlash;

c) Hadis rivoyat qilingan barcha isnodlarni yigʻish va isnod zanjirlari soni jihatidan uning turini bilish, yaʼni u mutavotirmi, mashhurmi, azizmi yoki gʻaribmi;

d) Hadisning kuchli yoki zaifligini, qabul yoki rad etilish darajasini aniqlash. Shuningdek, muhaddislarning ayni rivoyatga bergan baholarini qiyoslash;

500

 Hadis isnodi yoki matnidagi mubham ismni aniqlashning foydasi?

Agar mubham isnodda boʻlib, hadis shu sababli zaif boʻlsa va mubham shaxs ishonchli boʻlsa, u holda zaiflik bartaraf etiladi. Agar mubhamlik matnda boʻlsa, unda foyda kamroq. Shuningdek, bu ishonsiz va ishonchli roviylar ismlari oʻxshash boʻlganda farqlashda yordam beradi;

500

Koʻp rivoyat qilgan roviylarni kam rivoyat qilganlardan farqlash?

bu roviyning ustozlari, rivoyatlar soni, faqat oʻzi rivoyat qilgan hadis holatlari va ularning shoz yoki munkarlik sifatida baholanishini bilish bilan aniqlanadi;

500

Oldingi va keyingi rivoyatlarni farqlash?

hadisning nosix va mansuxini bilish.

500

Qachon fiqh, tasavvuf, tarix, adabiyot manbalarida hadislarni sanadsiz keltirish anʼanasi shakllandi?

IV-VI/X-XII asrlar.

500

haqiqiy “taxrij” bilan “nisbat berish” orasidagi farq?

agar bir kitobda muallif hadislarni ustozlaridan rivoyat qilib keltirilmay, faqat avvalgi kitoblardan koʻchirish bilan kifoyalangan boʻlsa, unda bu “taxrij” hisoblanmaydi. Balki, bu faqat oʻquvchiga maʼlumot berish boʻladi, yaʼni “bu hadis falon kitobda zikr qilingan” deyiladi. Ammo haqiqiy “taxrij”da hadisning asl manbalari va uning sanadlari qayd etiladi.