"Ulug'bek xazinasi"
"Oq kema"
"Javdarzordagi xaloskor"
0

Asar boshlarida Miram Chalabiyning hujrasida Ali Qushchini enasi Tillabibi kutib turgan bir holat boʻlib, oʻshanda Chalabiyni ismi bilan emas, bir xislati tufayli olgan laqabi bilan aytishadi. Oʻshanda uni qanday laqab bilan atashgan?



"Kitobdor" (28-bet)

0

Asarda bolaning xolasi, Bekey xola olamdagi hamma ayollar ichra eng baxtsizi ekanligi aytiladi. Buning sababi nima?

Bekey xolaning farzandi yo'qligi. (9-bet)

0

Xolden tarix fani muallimi Spenser bilan ta’tilga chiqishidan oldin uchrashadi, uchrashuv tugab Xolden yotoqxona tomon ketayotganida Spenser uning ortidan nimadir deb baqiradi. Xolden u so’zlarni eshitib “Men hech qachon hech kimga bunday deb baqirmagan bo’lardim. Bu so’z quloqqa juda be’mani eshitiladi” deydi.

Diqqat savol: Muallim Spenser nima deb baqirgan bo’ladi?

“Omadingni bersin!”. (22-bet)


0

Mirzo Ulugʻbek bobosining saroyida olimlar bilan boʻlgan savol-javob haqida eslaydi. Shunda yosh bir olim bergan savolga Ulugʻbek juda zukko javob bergan edi. Savolning javobiga koʻra Zuhal va Mushtariy yulduzlari bir-biriga yaqin kelganda qaysi shaxslar dunyoga kelgani aytiladi?

Iskandar Zulqarnayn, Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Amir Temur. (79)

0

Bola bobosi olib bergan portfelni O'razqulga borib ko'rsatdi, O'razqul esa bolani jerkib berib do'q uradi, so'ng yig'idan o'zini arang tutib daryo bo'yiga boradi va  yig'lab yuboradi. Yig'lab yuborishining birinchi sababi, unga peshvoz chiqqan bola uning o'g'li emas edi, ikkinchi sababi esa ?

Savol: Yig'lab yuborishining ikkinchi sababi nima edi?

O'razqul bolaga hech bo'lmaganda bir og'iz shirin so'z aytish uchun o'zida kuch topa olmagani sababli. (24-bet)

0

Xolden nima sababdan o’ng qo’lini musht qilib tuga olmaydi?

Ukasi Elli vafot etganda garaj oynalarini urib sindiradi, shu voqea sababli o’ng qo’lini musht qilib tuga olmaydigan bo’lib qoladi. (49-bet)

0

Mirzo Abdullatifning padarkush ekanligi butun omma oldida, xalq oldida qaysi voqea vaqtida oshkor boʻldi?

rasadxonada kitoblar yoqilayotgan kunda. (293)

0

"Bola yolg'iz, jo'ralarsiz sodda-bayov narsalar qurshovida yashardi, U gina gamma narsani unutishga, ko'ringanda chopishga majbur qila olardi. Shuning uchun U ni ko'rgan zahoti hamma narsani unutib, o'zini o'sha tomonga otardi. Nimasini aytasan, U - senga allaqanday tosh yoki ot'lar emas, Unda kishining jonidan bo'lak hamma narsa bor!" 

Diqqat savol: U o'rnida nima nazarda tutilyapti?

Avtodo'kon (ko'chma do'kon). (7-bet)

0

Xoldenga qisqametrajli filmda chiqish imkoni tug’ilganda, u buni rad qilganini aytadi. Nima sababdan bu taklifni rad qilgan bo'ladi?


“Mendek kinoni ko’rishga ko’zi yo’q odamning o’zi kinoga tushib o’tirsa, soxtakorlik bo’ladi” deydi. (94-bet)

0

Mirzo Abdullatif xayolga choʻmib oʻtirar ekan otasi unga oʻqigan nasihatlari yodiga tushadi. Oʻshanda Mirzo Ulugʻbek hukmdorlikning oʻtkinchi ekanligini ayta turib, toj-u taxt bilan Uning orasida farq yoʻqligini aytgan edi. Uni ayting.

bevafo xotin. (313)

0

Shoxdor ona bug'u haqidagi ertakda, qirg'iz qabilasining oqsoqoli - Botir Qulchining dafn marosimida dushmanlar butun qirg'iz qabilasini qirib yuboradi, ammo ikki bola qolib ketadi.

Savol: Ushbu ikki bola qayerda edi, ya'ni ular qirg'indan qanday omon qolishgan edi?

Dafn marosimi kuni ertalaboq yaqin o'rmonga qo'lsavat uchun po'stloq shilgani ketgan bo'ladi. Qirg'in payti ular o'rmonda bo'lganligi sababli omon qoladi. (54-bet)

0

Xolden Jeyn bilan shashka o’ynaganda, Jeyn doim bir ish qilishi haqida nima degan?

“qirolicha”larni orqa qatorga tizib qo’yib ularni hech yurgizmasdi. (93-bet)

0

Padarkush Abdullatifning oʻlim oldidan oxirgi aytgan gapi qanday boʻlgan?

Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor. (344)

0

Asarda Mo'min bobo haqida ta'rif berilganda, u afandife'l ekanligi va unga afandiga muomala qilgandek muomala qilishlari aytiladi. Insonlarning bunday muomalasi Mo'min boboni ranjitmas edi, ammo bir narsa uni qattiq ranjitar va unuta olmay azoblanar edi, sababi urf-odatlarning poymol bo'lishi edi.

Savol: Mo'min boboni nima bunchalik ranjitar edi?

Birontasining ma'rakasini o'tkazish uchun qarindoshlar to'planadigan kengashga uni chaqirishni unutib qo'yishsa. ( Gap uni chetlab o'tganlarida emas, u kengashda baribir hech nimani hal qilmas, faqat qatnashardi, xolos. Buning boisi qadimiy urf-odatning poymol bo'lgani edi). (15-bet)

0

Xolden Nyu-Yorkga ta’til vaqtidan oldinroq ketayotganida, poyezdda sinfdoshining onasini uchratib qoladi va Xoldendan nima sababdan Nyu-Yorkga erta qaytayotganini so’raganda Xolden nima deb yolg’on gapiradi?

O’zini operatsiya qildirishi kerakligini aytadi. (71-bet)