Nurchilar
Yangi diniy harakatlar
Soxta
tariqatchilar
Atamalar - Yangi diniy
harakatlar
Shaxslar
100

"Badiuzzamon" bu

Said Nursiy

100

ISKCON tashkiloti qaysi diniy an’anadan ilhomlangan va bu harakatning asosiy xudosi kim hisoblanadi?

Hinduizm asosida qurilgan; asosiy xudo — Krishna.

100

Bahouddin Naqshbandning asosiy g`oyasi?

"Dil ba yoru dast ba kor" - "Qo`ling ishda diling Allohda bo`lsin"

100

Sekta bu

radikal yoki buzg‘unchi g‘oyani ilgari surgan shaxs atrofida birlashgan, o‘zini mutlaq haqiqat tarafdori hisoblaydigan, atrofdagilarga nisbatan agressiv munosabatni ilgari suradigan, norasmiy faoliyat olib boruvchi oz sonli kishilar guruhi.

100

Ibrohim Mamatqulov kim?

"Naqshbandiya-Mujaddidiya-Husayniya" tariqati yetakchisi

200

Harakat maqsadi?

Asta-sekinlik bilan yoshlarga panturkizm va mutaassib diniy g‘oyalarni singdirish, kelajakda ularning rahbar lavozimlarga tayinlanishi orqali «Nurchilik» jamoasiga moyil shaxslarni hokimiyat tepasiga chiqarish

200

Scientology harakati tomonidan e’tiqod qilingan "Thetan" nima va bu tushuncha qanday maqsadga xizmat qiladi?

Thetan — insonning abadiy ruhiy mohiyati; maqsadi — ruhiy ozodlikka erishish.

200

Tasavvufga ko‘ra, sufiy ruhiy kamolotga nechta va qaysi bosqichlarni bosib o‘tish orqali erishadi?

Shariat (islom ta’limotiga to‘liq amal qilish),

Tariqat (muridning o‘z shayxiga itoatda bo‘lib, ruhiy tarbiyalanishi), 

Ma’rifat (Allohni, yaxshilik va yomonlik nisbiy ekanini aql bilan emas, yurak bilan anglash), 

Haqiqat (haqiqatga to‘la yetishish).

200

Diniy sekta bu? 

muayyan diniy ta’limotdan ajralib chiqqan yoki mavjud an’anaviy diniy ta’limotlarga nisbatan mutlaq yangi diniy qarashlarni ilgari suradigan, rahnamosini mutlaq yo‘lboshchisi sifatida ulug‘laydigan, boshqa din va e’tiqod vakillariga nisbatan agressiv munosabat bildiradigan, ijtimoiy barqarorlikka tahdid soladigan, faoliyati qonun bilan ta’qib qilinadigan oz sonli kishilar guruhi

200

Isoqjon Umarov

Naqshbandiya-Mujaddidiya - "Qorasallalilar" tariqati yetakchisi

300

“Nurchilik” harakatining yurtimizga kirib kelishi qachondan boshlab kuzatilgan?

1992 yildan

300

Bahoi dinining asoschilari kimlar va bu dinning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

Bob (Ali Muhammad) va Baho’ulloh; asosiy tamoyillar — barcha dinlarning yagona manbadan chiqishi, tinchlik, erkak va ayol tengligi, ilm-fan va din uyg‘unligi.

300

Kimning rahbarligidagi jamoa "marhumning o‘qimagan namozi, tutmagan ro‘zasini bajarib berish uchun undan qolgan meros hisobidan muayyan mablag‘ni olishga asoslangan “davra” shart", deb hisoblaydi?

D.Tursunov rahbarligidagi Naqshbandiya tariqati jamoasi

300

Sekta va konfessiya o‘rtasida nechta farq bor?

7 ta:

Adad
Munosiblik
Rahbarlik
Munosabat
Qonuniylik
Rasmiyat
Ta`limot

300

Usmon Odil kim?

"TIH" rahbarlaridan biri

400

Said Nursiy o`z kitobi "Risolai Nur"ga qanday baho bergan?

«Risolai Nur» bu asrni va kelajak asrlarni nurlantirgan bir moʻjizai Qur’oniydir»

400

Falungong harakati nima sababdan Xitoy hukumati tomonidan repressiyaga uchradi va bu harakat qanday ruhiy amaliyotlarga asoslanadi?

Xitoy hukumati uni siyosiy tahdid deb hisoblagan; harakat meditatsiya, qigong va axloqiy tamoyillar (to‘g‘rilik, rahm-shafqat, sabr) asosida.

400

Qo‘lni yuvgandan keyin artish mumkin emas, chap qo‘l bilan sindirilgan nonni yeyish mumkin emas, deb da`vo qiluvchilar bu?

Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqati yoki "Qorasallalilar" jamoasi

400

Totalitar sekta bu? 

A’zolari ustidan mutlaq hukm suradigan norasmiy, noqonuniy guruh.

400

Shukriy Mustafo bu?

"at-Takfir val hijra" terrorchi tashkilot asoschisi

500

Fathulla Gyulenning qaysi g`oyasida boshqa xalqlarni Vatan tuyg‘usidan ajratib, ular ustidan hukmronlik o‘rnatish ko‘zlanadi?

«Butun Yer yuzi Allohning mulki, uni bu meniki, bu seniki, deb bo‘lib olishga hech kimning haqqi yo‘q»

500

Raelizm g‘oyalariga ko‘ra, insoniyatning kelib chiqishiga oid qanday kosmologik da’volar mavjud va bu harakat qanday texnologik-futuristik e’tiqodlarni ilgari suradi?

Raelizmga ko‘ra, insoniyatni "Elohim" nomli yerdan tashqari mavjudotlar DNK muhandisligi orqali yaratgan; ular klonlash, abadiy hayot va kosmik aloqa orqali insoniyatni rivojlantirishga ishongan.

500

“Kechasi tahajjud namoz o‘qish farz” deb hisoblab, “Isro” surasi 79-oyatni dalil qilib keltiruvchi jamoa bu?

Naqshbandiya-Mujaddidiya-Husayniya tariqati

500

Konfessiya bu? 

Muayyan din yoki diniy yo‘nalishga e’tiqod qiluvchi, faoliyatini amaldagi qonun va me’yorlar asosida olib boruvchi, boshqa din va e’tiqod vakillari bilan o‘zaro hurmat va oqibat asosida munosabatga kirishuvchi, ta’limoti va qarashlari yuzasidan rasmiy-huquqiy ruxsatga ega bo‘lgan dindorlar guruhi

500

Masumuto - Seko Asaxara kim?

"Aum Sinrikyo" sektasi asoschi