Informatika nima?
— axborotni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va yo'qotish usullarini o'rganuvchi fan.
Kompyuterning asosiy qismlari nimalardan iborat?
Protsessor (CPU), operativ xotira (RAM), doimiy xotira (HDD/SSD), kirish/chiqish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, monitor).
Operatsion tizim nima?
Operatsion tizim — kompyuter resurslarini boshqaradigan va foydalanuvchi kompyuter o'rtasida aloqa xodimlari bilan ta'minlash.
Fayl kengaytmasi (format) nima?
Fayl va strukturasi haqida ma'lumot beruvchi qism (masalan: .docx, .jpg, .mp3).
Algoritm nima?
Ma'lum bir masalani yechishga tartibli amallar ketma-ketligi.
Virus nima?
Kompyuterga zarar yetkazuvchi yoki ma’lumotlarni buzuvchi zararli dastur.
Internet nima?
Dunyodagi barcha tarmoq va kompyuterlarni o‘zaro bog‘lovchi global axborot tarmog‘i.
Brauzer nima?
Internet sahifalarini ko‘rish uchun mo‘ljallangan dastur (Chrome, Firefox, Edge).
IP manzil nima?
Tarmoqdagi har bir qurilmaga beriladigan noyob raqamli manzil.
Dasturlash tili nima?
Kompyuterga buyruq berish uchun ishlatiladigan formal til (Python, Java, C++ va boshqalar).
Ma'lumotlar bazasi nima?
Ma’lumotlar tuzilgan holda saqlanadigan tizim (masalan, SQL bazalari).
RAM va ROM o‘rtasidagi farq nima?
RAM — vaqtinchalik xotira; ROM — o‘chmaydigan, doimiy xotira.
Bit va bayt nima?
Bit — eng kichik axborot birligi; 1 bayt = 8 bit.
Kompilyator nima?
Yuqori darajali dasturlash tilidagi kodni mashina tiliga o‘giruvchi dastur.
Arxivlash nima?
Fayllarni siqib, kichik hajmga keltirish jarayoni (ZIP, RAR).