1
2
3
4
5
100

Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan vatanimiz tarixini qaysi   besh davrga bo‘ldilar:

1.       Ibtidoiy jamoa tuzumi davri

2.       Quldorlik tuzumi davri

3.       Feodalizm tuzumi davri

4.       Kapitalizm tuzumi davri

5.       Sotsializm va kommunizm davriga bo‘lindi

100

Majbur qilish kuchiga ya’ni hokimiyatga ega bo’lgan fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni tartib doirasida uchlab turadigan boshqa davlatlar bilan siyosiy,iqtisodiy va  madaniy  aloqalarga kirisha oladigan siyosiy tashkilot nima?

Davlat

100

KPSS Markaziy Qo‘mitasining  qachon bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi.

1985-yil aprelida

100

Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib yetilishi, SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq sa'y- harakatlar bilan tavsiflanadi.

1989 yildan 1991 yilgacha

100

O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi qaysi davrdan boshlanadi?

 2017 yildan boshlandi.

200

Shu mintaqada sodir bo‘lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o‘rganish nima deb ataladi

Fanning predmeti

200

Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab olishi nima deyiladi ?

Fanning ob’ekti

200

Vatanimiz tarixining qadimgi davridan to hozirgi kungacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganish orqali fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida tarixiy xotira, ular qalbida vatanparvarlik, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratligi nima deyiladi

Fanning maqsadi

200

O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu tarix fanining nisbatan yangi yo‘nalishi bo‘lib, u qachondan boshlab  mustaqil ilmiy fan sifatida o‘ziga xos metodologiyasi, tadqiqot yo‘nalishlari va o‘quv-uslubiy ishlanmalari bilan ajralib chiqdi.

2020 yilda

200

O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilgandaqaysi yillardan keyin  nazarda tutilgan?

1991-yildan keyin

300

davlatni xudo yaratgan degan gʻoyani ilgari suradi, teokratik davlat tarafdorlari fikrini aks ettiradigan nazariya qaysi?

Teologik nazariya

300

Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.

2010-2016

300

davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Nazariya dastlab Yunonistonda paydo boʻlgan va Aristotel asarlarida asoslab berilgan. XVII asrga kelib ingliz olimi Filmerning „Patriarx“ asarida rivojlantirilgan nazariya nima deyiladi?

 Patriarxal nazariya

300

XVII-XVIII asrlarda tarqalgan boʻlib, unga koʻra, davlat-oʻzaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti boʻlib, ana shu shartnoma asosida ular oʻzlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar..bu nazariya qaysi nazariya

Shartnoma nazariyasi

300

Bu bosqichda - mamlakatni faol demokratik yangilash va modernizasiya qilish boshlandi

2001-2010 yillar.

400

Bu - ustuvor islohotlar va o‘zgarishlardan milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o‘zbek modeli"ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildibu qaysi davr edi

1991 - 2000 yillar.

400

Loy jangi qachon kim tomonidan bo’lgan?

Temur va Ilyosxo’ja o’rtasida 1365 yilda

400

Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qachon "Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning zamonaviy tarixi bo‘yicha jamoat kengashini tashkil etish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.

2012 yil yanvar oyida

400

Davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan, deb tushuntiradi. Asoschilari – Karl Marks, F.Engels, V. I. Lenin bu qaysi nazariya?

Sinfiylik nazariyasi

400

Hukmronligi yillarida 30 martadan ortiq harbiy yurishlar uyushtiradi va biror marta ham yengilmaydi, dunyodagi nechta mamlakatni fatx etadi?

28 mamlakatni

500

Amir Temur vorislari temuriylar qachondan qachongacha Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qildilar?

1405-yildan 1506-yilgacha

500

Ular Turkistonni bosqinchi bolsheviklar armiyasidan tozalash, Sovet hokimiyatini tugatish, milliy mustaqil davlatga ega bo‘lish uchun kurashganlar. Bu kurash 1935- yilgacha davom etdi. Biroq bu harakat Sovet hokimiyati tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi.Bu qanday kurash edi?

Turkiston milliy ozodlik kurashi

500

Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo'lgan bu qo'zg'olonga o'z zamonasining har tomonlama etuk kishisi, xalq dardi, qayg'usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo Muqanna (ya'ni yuziga niqob kiygan ma'noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo'ldi.Bu qo’zg’olon qachon bo’lib o’tdi

776 yilda

500

Temur o'z davlatining hududini kengaytirish va buyuk saltanat barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.Qaysi yillar  mobaynida, ya'ni 35 yil Samarqand taxtini boshqargan Amir Temur o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi.

1370-1405 yillar

500

Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish shariatni isloh qilish,xalqqa maʼrifat tarqatish Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish kimlarning g’oya va maqsadlari edi?

Jadidlarning