Bank daromadlari va xarajatlari
Auditning maqsadi va vazifalari
Auditorlik manbalari va standartlar
Bank risklari va risklarni boshqarish
Firibgarlik va muhimlik (Materiality)
100

Bank daromadlari qaysi ikki asosiy guruhga bo‘linadi?

Foizli daromadlar va foizsiz daromadlarga bo‘linadi.

100

Auditor ishining asosiy vazifasi qaysi?
A) Bankni yopish
B) Xatolarni aniqlash va baholash
C) Barcha hujjatlarni yod olish

To‘g‘ri javob: B) Xatolarni aniqlash va baholash.

100

Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatni ayting.

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun.

100

Bank riski tushunchasiga ta’rif bering.

Bank riski — bank moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan noaniq ehtimollik.

100

Moliyaviy hisobotlarda firibgarlik nima?

Firibgarlik — moliyaviy hisobotlarni ataylab buzib ko‘rsatish.

200

Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar qaysi daromad turiga kiradi?

Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar foizli daromadlar tarkibiga kiradi.

200

Daromad va xarajatlar auditining asosiy maqsadini aniq ta’riflab bering.

Auditning asosiy maqsadi — daromad va xarajatlarning qonuniyligi, haqqoniyligi va to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.

200

Xalqaro audit standartlari (ISA) ning bank auditidagi ahamiyati nimada?

ISA bank auditida yagona professional yondashuvni ta’minlaydi va audit sifatini oshiradi.

200

Internet ishlamay qoldi, tizim “osildi”. Auditor buni qaysi risk deb baholaydi?
A) Kredit riski
B) Operatsion riski
C) “Texnik dam olish riski”

B) Operatsion riski.

200

Xarajatlar bo‘yicha firibgarlikning ikki turini sanab bering.

 Xarajatlar bo‘yicha firibgarlik turlari:

  • xarajatlarni kamaytirib ko‘rsatish

  • zaxiralarni to‘liq shakllantirmaslik

300

Foizsiz daromadlarga kiruvchi kamida 3 ta bank xizmatini sanab bering.

  • komission daromadlar

  • hisob-kitob xizmatlari

  • valyuta operatsiyalaridan daromad

  • investitsiya daromadlari

300

Ichki audit bank moliyaviy barqarorligiga qanday hissa qo‘shadi?

chki audit xatolarni oldindan aniqlaydi, ichki nazoratni kuchaytiradi va bank moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi.

300

IFRS bank daromadlari va xarajatlarini hisobga olishda qaysi tamoyillarni belgilaydi?

IFRS daromad va xarajatlarni tan olish, baholash va hisobotda aks ettirish tamoyillarini belgilaydi.

300

Kredit riskining asosiy ko‘rsatkichi qaysi va u nimani bildiradi?

Kredit riskining asosiy ko‘rsatkichi — NPL (qaytmayotgan kreditlar ulushi).

300

Auditor “hammasi joyida” dedi, lekin hujjatlar yo‘q. Bu nimani anglatadi?
A) Mukammal audit
B) Dalillar yetarli emas
C) Auditor optimist

B) Dalillar yetarli emas.

400

Operatsion va ma’muriy xarajatlar o‘rtasidagi asosiy farq nimada?

Operatsion xarajatlar — bank faoliyatini bevosita yuritish bilan bog‘liq xarajatlar,
Ma’muriy xarajatlar — boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xarajatlari (ish haqi, ijara va boshqalar).

400

Auditor daromad va xarajatlarni tekshirishda qaysi audit risklarini baholaydi?

Auditor quyidagi risklarni baholaydi:

  • xato riski

  • firibgarlik riski

  • ichki nazorat zaifligi riski

400

Auditorlik dalillari yetarliligi va mosligi deganda nima tushuniladi?

Yetarlilik — dalillar miqdori,
Moslik — dalillarning audit maqsadiga muvofiqligi.

400

Likvidlik riski bank daromad va xarajatlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Likvidlik riski foiz xarajatlarini oshiradi, majburiyatlarni bajarishda qiyinchilik tug‘diradi va foydani kamaytiradi.

400

Muhimlik (materiality) darajasi banklarda qaysi moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi?

Muhimlik sof foyda, jami aktivlar, foizli daromad va xususiy kapital asosida belgilanadi.

500

Daromad va xarajatlarni noto‘g‘ri tan olish (recognition) bank foydasi va moliyaviy hisobot ishonchliligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Daromad va xarajatlarni noto‘g‘ri tan olish bank foydasini buzib ko‘rsatadi, moliyaviy hisobot ishonchliligini pasaytiradi va noto‘g‘ri boshqaruv qarorlariga olib keladi.

500

Auditorlik tekshiruvi natijalari asosida bank boshqaruviga qanday strategik tavsiyalar berilishi mumkin?

Auditor bank boshqaruviga xarajatlarni optimallashtirish, ichki nazoratni kuchaytirish va risklarni kamaytirish bo‘yicha strategik tavsiyalar beradi.

500

ISA 315 standarti bank daromad va xarajatlari auditida qanday xavflarni aniqlashni talab qiladi?

ISA 315 auditorni bank biznes modeli, ichki nazorat va risklarni chuqur tahlil qilish orqali muhim xatolar xavfini aniqlashga majbur qiladi.

500

Bank risklarini boshqarishda stress-test va ssenariy tahlilining ahamiyatini tushuntiring.

Stress-test va ssenariy tahlili bankning noqulay sharoitlarda barqarorligini baholash va oldindan choralar ko‘rish imkonini beradi.

500

FRS 9 bo‘yicha ECL zaxiralarini noto‘g‘ri hisoblash bank foydasi va audit xulosasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

IFRS 9 bo‘yicha ECL noto‘g‘ri hisoblanishi bank foydasini asossiz oshiradi yoki kamaytiradi va noto‘g‘ri audit xulosasiga olib keladi.