Dengizda suzar bo'lsang
Tog'larda kezar bo'lsang
Yo'l ko'rsatib turaman
Odamga men jo'raman
KOMPAS
Idishdagi suyuqlik hajmini aniqlash uchun shkalalangan shisha yoki plastik idish
MENZURKA
Tok kuchi bu...
O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan vaqt birligida o‘tayotgan elektr zaryad miqdoriga qiymat jihatidan teng bo‘lgan kattalik tok kuchi deb ataladi.
Havo rangli suv emas
Ko'prigi bor ko'l emas
O'zi ko'rmas ko'rsatar
KO'ZOYNAK
Atmosfera bosimini o'lchovchi asbob
BAROMETR
Tok zichligi bu...
Tok zichligi deb, tok kuchi I ning tok oqib o‘tayotgan yo‘nalishga perpendikulyar bo‘lgan ko‘ndalang kesim yuzasi S ga nisbati bilan o‘lchanadigan fizik kattalikka aytiladi.
Bir ko'z bilan tikilib
Yaratuvchi yuzimni
So'ngra oppoq qog'ozga
Aks ettirdi o'zimni
FOTOAPARAT
Yorugʻlik dastasini spektrga ajratish va moddalarning kimyoviy tarkibini aniqlovchi qurilma
SPEKTROSKOP
Tok zichligining konsentratsiyaga bog'liqlik formulasi qanday
J=nev
Yer yuzasi oy kabi
Qizib hech sovib ketmas
Meteoritlar cho'g' bo'lib
Ne sabab yetib kelmas
ATMOSFERA QATLAMI MAVJUDLIGI TUFAYLI
Tok kuchi, kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan kombinatsiyalangan universal asbob
MULTIMETR
Tok kuchining konsentratsiyaga bog'liqlik formulasi qanday
I=nevS
Olamga dong taratgan
Inson qo'li yaratgan
Charchamay ko'kni kezar
Har kim tovushin sezar
Ko'ksida Tinchlik so'zi
Yurtimizning yulduzi
YERNING SUN'IY YO'LDOSHI
Elektr signallarining shakli, amplitudasi va chastotasini ekranda tasvirlovchi elektron qurilma
OSILLOGRAF
Tok zichligi ortsa, elektronlarning tezligi qanday o‘zgaradi?
To'g'ri mutanosib ortadi (J=nev)