Birinchi ochilgan universitet qaysi?
Boloniya
Turli joylar, mamlakatlar yoki hududlarni faol ravishda o‘rganuvchi va sayohat qiluvchi shaxs kim?
Sayohatchi
Bu — dam olish, ko‘ngil ochish, madaniyatni o‘rganish yoki ishbilarmonlik uchrashuvlari maqsadida boshqa mamlakatlar yoki joylarga sayohat qiladigan shaxs. U kim?
Turist
Iqtisodiy jihatdan faol bo‘lgan, oilalari yoki do‘stlari bilan birga dam oladigan odamlar. Agar ular oilaviy dam olsa, bolalarning ehtiyojlariga alohida e’tibor berish kerak. Yosh chegarasiga ko‘ra aniqlang.
25–44 yosh
O‘rta yoshdagi, iqtisodiy faol, ammo farzandsiz bo‘lgan odamlar. Bunday iste’molchilarni “bo‘shagan uyalar” deb ham atashadi. Yosh chegarasiga ko‘ra aniqlang.
45–64 yosh
Nemis mutaxassisi G. Gan quyidagi turdagi turistlarni ajratadi: S-, F-, W-1, W-2, A va B tiplari. S-tip turistni toping.
Dengiz kurortlarida passiv dam olishni, tinchlik va qulaylikni yoqtiradigan odatiy ta’til oluvchi
Nemis mutaxassisi G. Gan quyidagi turdagi turistlarni ajratadi: S-, F-, W-1, W-2, A- va B-tiplari. A-tip turistni toping.
Sarguzashtlarni yaxshi ko‘ruvchi
Bu obyektlar yoki ma’lumotlarni ularning umumiy xususiyatlari yoki belgilari asosida guruhlarga yoki toifalarga ajratish jarayonidir. Bu nima?
Klassifikatsiya
Turizm sanoati turlari - turli yo‘nalishlardagi turar joy, aviaqatnov, ekskursiya va boshqa faoliyatlarni o‘z ichiga olgan turistik paketlarni anglatadi. Bu nima?
Sayohatlar va turlar
Bu turizm turi — piyoda yurish, velosiped sayohatlari, alpinism, kayakda sayohat, snorkling, qoyaga chiqish, paragliding va boshqa shunga o‘xshash sport va sarguzashtlar bilan bog‘liq. Qaysi turizm turiga tegishli?
Faol turizm (Aktiv)
Bu turizm turi — odamlar muzeylar, galereyalar, bog‘lar yoki tarixiy joylarni tomosha qilishi, shuningdek, plyajda dam olishi yoki manzarali tabiatdan bahramand bo‘lishi mumkin bo‘lgan sayohatdir.
Passiv turizm
Bu — rafting, tog‘ velosipedi, off-road jeep safari, parashyut sporti kabi faol dam olish shakllari va sarguzashtlarga asoslangan sayohatlardir.
Avantyur turizmi
Bu sayohat turi turli xalqlarning urf-odatlari, hunarmandchiligi, an’analari va turmush tarzini o‘rganish, mahalliy aholi tarixiy merosi va ijodini bevosita kuzatish maqsadida amalga oshiriladi.
Etnik turizm
Bu — to‘liq yoki qisman davlat byudjeti, davlatning budjetdan tashqari fondlari, shuningdek, ish beruvchilar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan sayohatlardir.
Ijtimoiy turizm
Bu — milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar, tog‘ manzaralari kabi tabiiy diqqatga sazovor joylarni o‘rganish va ulardan zavqlanishga yo‘naltirilgan sayohatlardir.
Tabiiy turizm
Bu turizm turi — dam olish va tinchlanishga, shuningdek, turli dam olish va sport turlari bilan shug‘ullanishga yo‘naltirilgan sayohatlardir.
Rekreatsion turizm
Bu — bu noyob tabiatga, madaniyatga yoki haqiqiy (autentik) tajribaga ega bo‘lgan uzoq yoki g‘ayrioddiy joylarga sayohat qilishga yo‘naltirilgan turizm shaklidir.
Ekzotik turizm
Bu — turistlar ma’lum bir mamlakat yoki shahar orqali qisqa vaqt davomida, odatda 24 soatdan oshmagan muddatga tashrif buyuradigan turizm turidir.
Tranzit turizmi
Bu turizm turi — turistlarga shahar shovqinidan uzoqlashib, ushbu hayotining soddaligi va osoyishtaligidan bahramand bo‘lish, shuningdek, mahalliy urf-odatlar va an’analar bilan tanishish imkonini beradi.
Qishloq turizmi
Bu — turistlar yirik yo‘lovchi kemalarida sayohat qilib, turli portlar va diqqatga sazovor joylarda to‘xtab o‘tadigan turizm turidir.
Kruiz turizmi
Bu — faol dam olish turi bo‘lib, tog‘lar, o‘rmonlar yoki boshqa tabiiy hududlarda sayrlar va marshrutlar orqali amalga oshiriladi.
Trekking
Bu turizm turi yuqori xarajatlar sababli hozircha cheklangan sonli insonlarga mavjud bo‘lsa-da, hozirgi davrning eng innovatsion va hayajonli turizm yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Kosmik turizi
Bu turizm turi noodatiy marshrutlarni tashkil etishni o‘z ichiga oladi: faol vulqonlar, orollar, sharsharalar, g‘orlar, halokat joylariga tashrif buyurish, shuningdek safari, ov, baliq ovlash, fotoov, rafting, dunyo bo‘ylab suzish, spelyoturizm va boshqalar.
Sarguzasht turizmi
Bu diqqatga sazovor joylarni kompyuter, 3D-turlar va panoramalar yordamida tomosha qilishni o‘z ichiga olgan turizm turidir.
Virtual turizm
Bu turizm turi o‘z hayoti uchun yuqori xavf tug‘diradigan ekstremal hududlarga borishni nazarda tutadi. Ekstremal muxlislar orasida talab yuqori.
Harbiy turizmi