Bu iste’molchining barcha istak va afzalliklarini hisobga olgan holda individual sayohat dasturini ishlab chiqish jarayonidir.
Travel dizayn
Turistlarning ehtiyojlarini qondirish, jismoniy kuchini tiklash va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tabiiy, tarixiy va ijtimoiy-madaniy obyektlar majmuidir.
Turistik resurslar
2025-yil holatiga ko‘ra O‘zbekistonda YUNESKO ro‘yxatiga nechta obyekt kiritilgan?
7 ta
Zamonaviy turizm asoschisi kim?
Tomas Kuk.
O‘zbekistonda "Turizm to‘g‘risida"gi Qonun qachon qabul qilingan?
1999-yil 20-avgustda
Bu turistning sayohat davomida harakatlanish yo‘li bo‘lib, u tashrif buyuriladigan punktlar, tushunish joylari va vaqt grafiklarini o‘z ichiga oladi.
Turistik marshrut
Turistik resurslar necha guruhga bo‘linadi?
Asosan uchta guruhga:
Tabiiy resurslar.
Madaniy-tarixiy resurslar.
Ijtimoiy-iqtisodiy resurslar.
YUNESKO ro‘yxatidagi qaysi shaharlar "Tarixiy markaz" sifatida e’tirof etilgan?
Buxoro va Shahrisabz
Bir sutkadan kam vaqtga (tullab qolmasdan) sayohat qiladigan va borgan joyida 24 soatdan kam bo‘ladigan shaxs.
Ekskursant
Turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi asosiy oliy ta'lim muassasalari qaysilar?
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST), Buxoro va Urganch davlat universitetlari
Marshrutlarning qanday shakllari bor?
Chiziqli
Aylanma
Radial
Tabiiy turistik resurslarga nimalar kiradi?
Iqlim, relyef (tog‘lar), suv havzalari (daryo, ko‘l, dengiz), o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda tabiiy yodgorliklar.
O‘zbekistondagi tabiiy YUNESKO obyektlari qaysilar?
G‘arbiy Tyan-Shan (Chotqol qo‘riqxonasi) va Turon cho‘llari.
Turizm tushunchasi qachon va qayerda paydo bo‘lgan?
Turizm" atamasi XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buyuk Britaniyada
Islohotlarning to‘rtinchi bosqichi qachon boshlangan?
2000 yildan keyin
Bu turistik mahsulotning sotuv narxi bilan uning tannarxi o‘rtasidagi farq bo‘lib, kompaniyaning sof foydasini tashkil etadi.
Marja
Arxeologik yodgorliklar, me’moriy ansambllar (masalan, Registon), muzeylar, teatrlarning moddiy va ma'naviy merosi
Madaniy tarixiy resurslar
Samarqand shahri YUNESKO ro‘yxatida qanday nomlanadi?
Samarqand – madaniyatlar chorrahasi
Markaziy Osiyoda ilk sayyohlik ko‘rinishlari nima bilan bog‘liq?
Miloddan avvalgi II asrda ochilgan "Buyuk Ipak yo‘li" bilan bog‘liq.
Turizmda davlat boshqaruvining markazlashuviga qachon chek qo‘yildi?
1999-yil
Turistik mahsulotni loyihalashtirishning asosiy bosqichlari qaysilar?
1. Bozor tahlili va g‘oya yaratish.
2. Marshrutni ishlab chiqish.
3. Hamkorlar (mehmonxona, transport) bilan shartnomalar tuzish.
4. Xizmatlar paketini shakllantirish va narxni hisoblash.
Yo‘llar, transport bog‘lamalari, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va aloqa tizimlari.
Turistik infratuzilma resurslari
O‘zbekistonning nomzod (dastlabki) ro‘yxatida nechta obyekt bor?
2025-yil holatiga ko‘ra 38 ta obyekt kiritilgan.
Turist deb tan olinish uchun asosiy mezonlar nima?
Shaxs o‘zining doimiy yashash joyidan boshqa joyga 24 soatdan kam bo‘lmagan (yoki bir kecha tullab qolish sharti bilan) va 1 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga borgan bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda turizm islohotlarining uchinchi bosqichi qaysi muhim hujjat bilan bog‘liq?
1999-yil 15-apreldagi "2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni bilan.