U yoshligida beysbol chempionidek mashhur bo‘lishni aytgan. Bazan siyosat bilan shug'ullanib turgani uchun , davlat rahbari bo'lishi mumkin edi. Uning eng yoqtirgan hobbisi esa skripka chalish bo'lgan. Lekin u mashhurlikka na musiqa, na sport, na siyosat tomonidan emas ilm-fan orqali yetishdi. U kim
Toʻgʻri javob: Albert Eynshteyn
Izoh : Buyuk olim umri davomida skripka chalish odatiy mashg'uloti bo'lgan va AQSh da xayriya kontsertini ham bergan. Siyosat sohasida ham faol bo'lgan va Isroil prezidentiligini rad etganidan habardorsiz
Tadqiqotlarga ko‘ra, ma’lum bir toifadagi sportchilar u tufayli sonning orqa qismidan jarohat olish ehtimoli kamroq bo‘ladi. Ba’zilar esa uni kundalik mashg‘ulot sifatida ko‘rishadi.
Savol: Uni besh harfli so‘zda yozing.
Toʻgʻri javob: Namoz
Kuzgi marafon filmida unga "Xalqlarni yanada yaqinroq qiluvchi vosita" deyiladi. Boshqa bir tarifda esa "U - sovuq taom. Taomni issiq holatida qabul qilish kerak" deyiladi. Diqqat savol : Uni ayting
Javob : Tarjima asar
Izoh : "Kuzgi marafon" filmi bosh qahramoni Andrey Buzikin tarjimonlik bilan shug'ullanadi va kitob tarjima qilishga shunday tarif beradi. Boshqa tarifda esa asarlarni iloji boricha asl holida o'qish targ'ib qilinadi va tarjima asarni "sovuq taom" deyiladi.
20 - asr o'rtalariga kelib teatrlar yil davomida har kuni ishlay boshlashdi. Qaysi ixtiro teatrlar to'xtamay ishlashiga yordam bergan?
Toʻgʻri javob: Javob : Konditsioner
Izoh : Teatrlar yopiq zallarda bo'lgani bois yoz kunlarida tomoshalar qo'yishga imkon bo'lmagan. Muxlislar tashrif buyurmagan. Konditsioner ixtirosi esa bu muammoga yechim bergan edi.
Film syujetiga ko'ra Misha Dodonovning ocharchilik sabab ishlash maqsadida Markaziy Osiyoga safari haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi o'zbek film?
Toʻgʻri javob: Toshkent non shahri
U o‘zining mashhur ixtirosi bilan XX asrning eng taniqli qurolsozlaridan biriga aylandi. Uning familiyasi butun dunyoda avtomat nomi bilan sinonimga aylangan.
Savol: Bu shaxs kim?
Toʻgʻri javob: Mikhail Kalashnikov
Barchamizga mashhur boʻlgan Amerika futboli xavo harorati sovib yoki issib ketishi tufayli binoni ichida oʻynagani sabab ushbu sport turi kelib chiqqan Amerikada mashhur Oʻzbekistonda uncha mashhur bo'lmagan sport turini bir soʻzda yozib bering?
To'gri javob: Basketbol
Kitob tarjimonlari ko'pincha bu personaj ismini tarjima qilishda muammoga duch kelishganini aytishgan. Chunki uning ismi turli tillarda turlicha yangragan. Uning do'sti va ustozini ismiga esa hech qanday tarjima shart emas. Ds. Qaysi personaj?
Javob : Jumavoy
Izoh : Jumavoy personaji turli tillarda tarjima qilinadi. Robinzon esa tarjimaga muhtoj emas
18-asrda Angliyada sanoat inqilobi davridan oldin 20-yil davomida kanal qurish jadal rivojlandi. Sanoat inqilobi vaqtida esa kanallar foydasiz bo'lib qoldi. Diqqat savol : Bunga nimaning ixtiro qilinishi sabab bo'lgan?
Toʻgʻri javob: Temir yo'l
Kema- Muhabbat - Iceberg- Ayriliq = Yolgʻiz yakun
Qaysi film?
Toʻgʻri javob: Titanik
AQSH shtatlarining bayroqlarida ko'plab odamlar tasvirlari aks ettirilgan: indeyslar, konchilar, fermerlar, dengizchilar. Lekin bularning hammasi mavhum personajlardir. Faqat bittagina shtatning bayrog'ida ma'lum bir (aniq) shaxs portreti tasvirlangan.
DIQQAT SAVOL: O'sha shaxsning familiyasi qanaqa
Toʻgʻri javob: Washington Jorj
Bir youtube blogger sport kurashlari haqida so'z yurutib, kurash bilan shug'ullanish uchun ikki sportchi va u kerak deb hazil qiladi. 2013-yilda texnotriller janrida premyera qilingan film nomi ham u. Diqqat savol : Uni inglizcha so'zda yozib bering.
To'gri javob: Gravitatsiya
Men bu kitob ustida 60 yil ishladim va uni tôrt qisimga bõlib chiqdim. Ammo buni yig'ish uchun juda kóp mashaqqat chekdim. Meni kõrgan turkiylar kiyikka ôxshab qochishardi, qayerda turkiylar bõlsa, men ham shu yerga borardim, bilmadim ular meni uzun soqolim va kelbatli tanimdan hayiqqandir balki"
Bu qaysi asar?
Mahmud Qoshqariy " Devoni luģat turk " asari
Miloddan avvalgi III asr Messinada yaratilgan bu ixtiro sabab joriy qilingan qoidaga e'tiroz sifatida " Endi odamlar sabr qilishadi, och qolishadi" deb yozilgan edi. Diqqat savol : Bu qanday ixtiro?
Javob : Quyosh soati
Izoh : Quyosh soati ixtiro qilingach endi xalq malum bir vaqtda ovqatlanishi haqida qoidalar joriy qilinadi. Odamlar esa qorinlari ochishi bilan ovqatlanishga o'rganib qolishganiga "Quyosh soati sabab biz endi sabr qilishga va ochlikka chidashga majburmiz" deyishgan edi.
Zamon rivojlansa kimgadur foyda, kimgadur ziyon. Shimoliy Amerikadagi bir turdagi mahsulotni yetishtiruvchi fermerlar aloqa kommunikatsiyalar agentligiga ariza yuborishibdi. Sababi Internetdan yuklab olinayotgan fayl(kino, serial va hkz) osonligi va arzonligi ekan. Fermerlar nima yetishtiradi?
Toʻgʻri javob: Makkajo'xori
Izoh : Kinolarni yuklab olish osonlashgani uchun kinoteatrlardan odamlar qocha boshlagan. Bu esa kinoteatrlarda sotiladigan popkorn savdosiga tasir qiladi. Popkorn ketmasa, jo'xori savdosi pasayadi. Jo'xori ketmasa fermerlar kam pul topadi.
Ikkinchi safarida u ko'proq joylarni ko'radi: Braziliya, Afrika, Madagaskar, Xitoy, Sibir va Arxangelsk, u erdan 1704 - yilda Angliyaga uyiga suzib ketadi. U kim?
Toʻgʻri javob: Robinzon Kruzo
Odatda sportchilar sog'lom bo'lishadi.Lekin bir sport turi borki sportchi surunkali zaharlanish orttirishi mumkin.
Diqqat savol: bu qaysi sport turi?
To'gri javob: miltiqdan o'q otish
Izoh: O'q poroxdan tayyorlanadi otilgandan keyin is gazi chiqadi is gazi zaharli
Qizil kitob haqida eshitgansiz bo'lsangiz, unda Qora kitob nima haqida
A) Yirtqich va parazit turlar haqida
B) Dorivor va shifobaxsh turlar haqida
C) Kelajakda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan turlar to'g'risida
D) Yo'qolib va qirilib ketgan turlar to'g'risida
Toʻgʻri javob: D
Transportlar ichida eng xavfsizlaridan biri bolgan U har yili 27 nafar insonning olimiga sabab bo`larkan. U qanaqa transport?
To'gri javob: Lift
Koʼpchiligimiz koʼrgan bu film qahramoni kino oxirigacha 40 ta soʼz ishlatadi. Ularning uchdan biri bitta ismni takrorlashdan iborat.
O'sha filmni toping.
Toʻgʻri javob: Terminator
Xitoy hukumati 50 dan oshiq qidiruvdagi shaxslar suratlari to'plamini chiqaradi. Eng ashaddiy 2 nafar jinoyatchi suratida esa bir personaj ismini ko'rish mumkin . Diqqat savol : Qaysi personaj?
Toʻgʻri javob: Joker
Bu sport turi hozirgi vaqtda ham xavfli sport turlari qatoriga kiradi biroq o'lim darajasida emas. Biroq o'tgan asrda professional jamoalar ham o'yin vaqtida o'lim holatlari bo'lgan. O'lim varaqasiga esa cho'kib o'lgan deb yozib qo'yilgan. Bir qo'shiqchi o'z ijodida esa qo'rqoqlar bu sport turi bilan shug'ullanmasligini aytadi. Diqqat savol : Qaysi sport turi?
Javob : Muz usti xokkeyi
Izoh : Suniy maydonlar yaratilgunga qadar muz maydonlari tabiiy muzlagan ko'l ustida o'tkazilgan. Muz yorilib ketishi jarayonida da o'lim holatlari qayd etilgan. "Qo'rqoq xokkey o'ynamaydi" qo'shig'ini Eduard Xil ijro etgan.
Moskvaning «Progress» nashriyotida 1966 yilda chiqqan kitobda 3 ta Rim imperatori,10 ta AQSh prezidenti va ko‘plab boshqa mashxur insonlarning ism-shariflarini ko‘rish mumkin.Ushbu kitobning siyosat va davlat boshqaruviga xech qanday aloqasi yo‘q, bu entsiklopedikma’lumotlar kitobi xam emas.
Bu qanaqa kitob?
Toʻgʻri javob : Aforizmlar kitobi
X ning assotsiatsiyasi 1940-yillarda tashkil etilgan bo'lib, bosh qarorgohi Kaliforniyaning San-Marino shahrida joylashgan. X voyaga etmagan jinoyatchilarning quroli sifatida mashhur. X ni ixtiro qilinishi bazi taxminlarga ko'ra, Milandagi bir kompaniy bolalarga X ni sovgʻa qilgan.
X nima?
Toʻgʻri javob: Rogatka
Bir kino qahramoni uni shunday ta'riflaydi:"Uni cho'loqdan ham oldin fahmlasa bo'ladi. Chunki uning "oyog'i juda kalta" bo'larkan.Bizda esa sal boshqacharoq aytiladi: "Uning umri qisqa"
Diqqat savol: U nima?
Toʻgʻri javob: Yolgʻon