Boshqa ismlarning barcha ma’nolarini o’zida jamlagan ism qaysi?
Alloh
Diniy muhabbat nima?
Alloh yaxshi ko’rgan zamon, makon, amal va amal qiluvchilarni va Allohga yaqinlashtiruvchi shar’iy ishlarga bo’lgan muhabbat.
Banda uchun eng og’ir kun qaysi?
Qiyomat kuni
Alloh taolo aytadi: Kiborlik ridoim, buyuklik izorimdir. Rido va izor nima?
Rido- tananing yuqori qismiga kiyiladigan kiyim
Izor- tananing pastki qismiga kiyiladigan kiyim
Ibrohim alayhissalom o’tga tashlanganlarida aytgan kalimar qaysi?
Hasbunallohu va ni’mal Vakil
Takbir, taqdis, tasbeh nima?
1.Allohdan ulug’roq hech kim yo’q.
2.Alloh taoloni Quddus ism ma’nolariga ko’ra poklash.
3.Butun maxluqotning duo- iltijosi.
Ijobatning qanday turlari bor?
Darhol beriladi, biroz keyinroq beriladi, ijobat o’zgacha sur’atda amalga oshadi, qiyomat kuni ajr-savob sifatida beriladi.
Allohning nazdida Ka’bani vayron qilishdanda og’ir gunoh qaysi?
Bir jonni qatl qilish
Nabiy s.a.v dedilar: Ey izlovchi, sendan boshqasi topuvchidir. … buning uchun bino qilingan emas.
Masjidlar
Jannat xazinalaridan bir xazinaga dalolat qiladigan kalimalar qaysi?
La havla va la quvvata illa billah
Boylikning yaxshisi bu-….
seni haddingdan oshirmaydigani va seni chalg’itmaydiganidir.
Ulul azm payg’ambarlar kimlar?
Nuh,Ibrohim,Muso,Iso, Muhammad alayhimussalomlar.
Ko’p xato qiluvchilarning yaxshisi kimlar?
Ko’p tavba qiluvchilar
Ilm ahlining eng ulug’ sifatlaridan biri…
qadarga iymon keltirmoq
Rasululloh s.a.v agar namozni tugatadigan bo’lsalar 3 martta istig’for aytib, qaysi duoni aytardilar?
Allohumma antas-Salam va minkas-Salam tabarokta Zal jalali val ikrom.
Qur’oni karimda mushriklar Alloh taoloni 2 ism bilan tan oladilar. Ular qaysi ismlar?
Al- Xoliq va Al- Razzoq
Nimalar haqida so’ralmagunicha Qiyomat kuni bandaning 2 oyog’i joyidan qo’zg’almaydi?
Umrini nimaga sarflagani, Ilmini nimaga ishlatgani, molu davlati va jonini qay yo’lda sarf qilgani.
Nabiy s.a.v qaysi ismni mahkam ushlanglar ya’ni duolaringizda ko’p ayting, mudom lozim tutinglar deganlar.
Zul jaloli val ikrom
Allohning Yakkayu yagonaligini e’tirof etmasdan, shirk ko’chasiga kirgan botil toifalarga qaysi ismda raddiya bor?
Al-Vahid
Payg’ambar s.a.v uxlamoqchi bo’lsalar va uyg’onganlarida nima deb duo qilardilar?
«Bismikallohumma amutu va ahya», uyg‘onganlarida esa «Alhamdu lillahil-laziy ahyana ba‘da ma amatana va ilayhin-nushur» der edilar”
Alloh Qur’oni karimda ,,Bandalarimdan … … ozdir” degan.
Shukr qiluvchilari
Shunday 2 ism borki, ular o’z ichiga hayot sifati va barcha fe’llarga taalluqli qoimlik sifatini olgan ismi a’zamdir. Ular qaysilar?
Al-Hayy va Al-Qoyyum
Asmoul Husno bobida ilm ahli ta’kidlab aytadigan muhim qoida qaysi?
Allohning ismlari bilan tugagan barcha oyatlarda zikr qilingan mavzu-hukm oyat oxiridagi ismlar bilan chambarchas bog’liq.
Solihlar 3 bosqichda ne’matlar ichida bo’ladilar. Ular qaysilar?
Hayotda, qabrda, oxiratda
Qaysi payg’ambar ,,Menga o’zimdan keyin biror kishiga muyassar bo’lmaydigan mulku davlat ato etgin” deb duo qilganlar?
Sulaymon alayhissalom