Tizim soʻzi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
Yunoncha "systeme" soʻzidan olingan, "yaxlit", " qismlardan iborat " degan ma'noni anglatadi.
Moddiy huquq- nima?
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni ta'minlovchi huquq normalari tizimi.
Qonunni Qonunchilik palatasi qabul qilib Senatga joʻnatgandan soʻng Senat necha kun ichida koʻrib chiqadi? Senat qabul qilgan qonun odatiy holda Prezident tomonidan qancha muddatda koʻrib chiqadi va imzolaydi?
Senat-60 kun ichida
Prezident-60 kun ichida
Protsessual huquq nima va qanday normalarning yigʻindisi hisoblanadi?
Huquqlarni amalga oshirish, majburiyatlarni bajarish va ijro etish tartibini belgilovchi normalar. Protsessual huquq moddiy huquq normalarini qoʻllash jarayoni va tartibini belgilovchi normalar yigʻindisi.
Roman-German huquq oilasining asosiy xususiyatlaridan birini ayting.
Huquqning ommaviy va xususiy huquqqa boʻlinishi
Ommaviy huquq va xususiy huquqqa misollar keltiring.
Ommaviy:
-konstitutsiyaviy, jinoyat, ma'muriy huquq.
Xususiy:
-fuqarolik, oila, mehnat
Prinsipga izoh bering.
Biror nazariya, ta'limot, dunyoqarash va shu kabilarning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh gʻoya, qonun-qoida
Huquqiy tizimlarning quyidagi turlarini ajratib koʻrsatish mumkin:roman-german huquq oilasi,......
Davom ettiring.
Anglo-Sakson huquq oilasi; Skandinaviya mamlakatlarining huquqiy tizimlari; Lotin Amerikasi mamlakatlarining huquqiy tizimlari; Uzoq Sharq mamlakatlarining huquqiy tizimlari; diniy-an'anaviy huquq oilasi; sotsialistik huquq oilasi; aralash huquqiy tizimlar
"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi Qonunning 38-moddasi nima haqida?
Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e'lon qilinishi kerak. Hech kim rasmiy e'lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?
xonaga barcha kira oladi, shisha qo’yish shart emas.
Huquq tizimidagi moddiy va protsessual tarmoqlariga nimalar kiradi?
Moddiy- fuqarolik, jinoyat huquqi
Protsessual-fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquqi
Huquq tizimining tarkibiy qismlari qaysilar?
huquq normasi; huquq instituti; huquq sohasi
Huquq ijodkorligi qanday jarayon hisoblanadi?
Jamiyat va davlatning huquqiy ehtiyojlarini aniqlash va baholash, vakolatli subyektlarning normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda shakllantirish va qabul qilishni qamrab oluvchi jarayon.
Qonun chiqarish jarayoni nechta bosqichlarga boʻlinadi? Ulardan bittasini izohlab bering.
1-qonunchilik tashabbusi;
2-qonun loyihasi muhokamasi;
3-qonunni qabul qilish;
4-qonunni imzolash va e'lon qilish
10 ta huquqiy termin ayting
✅
Huquqiy tartibga solish predmeti va huquqiy tartibga solish metodining farqi nimada?
Predmeti- huquq normalari ta'siri doirasida boʻlgan munosabatlar.
Metodi-mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquqning ta'sirida qoʻllaniladigan usullar, vositalar majmui.
Huquqiy tizimning tarkibiy qismidagi gʻoyaviy-mafkuraviy mazmundagi elementlarga nimalar kiradi?
Huquqiy ong; huquqiy madaniyat; huquqiy mafkura; huquqiy siyosat; yuridik fan; qonuniylik muhiti va huquqiy tartibot rejimi
Xalqaro shartnoma normalarini implementatsiya qilish jarayonlarini ayting.
2 bosqichli jarayon boʻlib, 1-oʻzgartirib oʻtkazish, 2-ijro etishni oʻz ichiga oladi.
Huquqiy tizim qanday ma'nolarda qoʻllaniladi?
1- Ijtimoiy-iqtisodiy
2-biror mamlakatning huquqiy tizimi ma'nosida
3-turli mamlakatlar huquqiy tizimlarining birligi ma'nosida
Huquq normasiga ta'rif bering.
Huquq tizimining eng asosiy, dastlabki tarkibiy qismi boʻlib, davlat joriy etgan, bajarilishi jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiy boʻlgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yurish-turish qoidasidir
Senat tomonidan rad etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi qanday qaror qabul qiladi?
-yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv hay'atini tuzish;
-qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan avvalgi qabul qilingan tahrirda qabul qilish;
-qonunni Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlash.
Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak.
..... -bu ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi huquq normalari va huquq institutlarining yigʻindisidir. Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.
Huquq sohasi
Davlat hududi tushunchasiga nimalar kiradi?
Quruqlik;suv hududlari; havo boʻshligʻi; xorijdagi elchixonalar va vakolatxonalar egallab turgan hudud; muayyan davlat bayrogʻi ostida boʻlgan dengiz; daryo; havo va kosmik kemalar hududi
Huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini qaysi guruhlarga ajratish mumkin?
1-normativ xususiyatga ega boʻlgan tarkibiy elementlar;
2-harakatda ifodalanadigan tarkibiy elementlar;
3-gʻoyaviy elementlar;
4-tashkiliy-tarkibiy elementlar.