Tasvirni kerakli maqsadga moslash uchun uning eni va/yoki boʻyini oʻzgartirish nima deyiladi?
Oʻlchamni oʻzgartirish
Muayyan maqsadga moʻljallanmagan tasvir qismini qirqishga xizmat qiladi.
Qirqish (Crop)
Tasvir enining uning boʻyiga boʻlgan nisbati.
Tomonlar nisbati
Agar asl tasvir chap tarafga qaragan boʻlsa, u oʻgirilgandan keyin oʻng tarafga qaraydi. Tepa va pasti o‘zgarmaydi
Gorizontaliga akslantirish (oʻgirish)
Agar asl tasvir tik holatda boʻlsa, u vertikaliga oʻgirilgandan keyin teskari oyog’i osmonda bo‘lib koʻrinadi. Lekin u avvalgi tarafga qaragan boʻladi (oʻng yoki chap).
Vertikaliga akslantirish (oʻgirish):
Tasvirni asl holatidan aylana boʻylab burish (dumalatish).
Aylantirish
Asl tasvirning teskari aksini yaratishdir.
Akslantirish:
Tasvirning xiraligi va yorqinligi oʻrtasidagi farq boʻlib, uning reallikda qanday aks etishi va odam koʻzi bilan qaralganda qanday koʻrinishini anglatadi.
Kontrast:
Tasvirdagi bir dyumda joylashgan piksellar soni.
Aniqligi:
Hujjat sahifasida ajratilgan maydonda turli obyektlarni joylashtirilish usuli
Maket:
Eni bo‘yiga nisbatan uzunroq bo‘lgan varaq ko‘rinishi.
Albom varag’i
Bo‘yi eniga nisbatan uzunroq bo‘lgan varaq ko‘rinishi.
Kitob varag’i
Berilgan stildan nusxa koʻchirish yoki taqdim etilgan maydonga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali hujjat yaratishga imkon beradigan loyiha shakli
Shablon
Hujjatni chop etish, saqlash yoki kimgadir yuborishdan oldin ko‘rib, kamchiliklarini bartaraf etishga imkoniyat beradigan vosita.
Eskiz
Matn uchun afzal koʻrilgan shrift turi, oʻlchami, va rangini qoʻllash.
Matnni formatlash
Xat, hisob ishlari, taqdimot, veb-sahifa kabi turli hujjatlarni yaratishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot.
Amaliy dastur
Xirasizlashtirilgan (deyarli shaffof ko‘rinishdagi) tasvir yoki matn boʻlib, undan hujjatda fon sifatida foydalanish mumkin
Watermark
Sahifa yangilanganda avtomatik yangilanadigan obyektlar. Bunga sana va vaqt, sahifani raqamlash kabilar misol bo‘ladi
Automatlashgan obyektlar
Hujjat bilan ishlayotgan vaqtda qo‘llash mumkin bo‘lgan ikonka va linklar aks ettirilgan dastur oynasining koʻrinishi, shuningdek, qurilmadan foydalanish tugmalaridan iborat, old qismida joylashgan panel ham kiradi.
Interfeys
Belgi oxiridagi har qanday qoʻshimcha yoki “bezak”lardan holi shrift turi.
Sans-serif shrifti
Kompaniya hujjatlarida “bir xillik”ni hosil qiladigan, korporativ hujjatlarda ishlatiladigan elementlar.
Izchil stil
Biror kompaniya yoki tashkilot ishlatadigan reklama stilni ommalashtirish, targʻib qilish.
Korporativ brend
Barcha hujjatlarda bir xil rang va logotip holati aks etgan, bir xil tasvirlar va boshqa elementlardan iborat kompaniyaning ishchi materiallaridagi stil.
Bir xil stil
Taqdimotdagi barcha slaydlarda qo‘llanadigan dizaynni yaratishga xizmat qiladigan asosiy slayd.
Master slaydni
Kompaniya yoki tashkilotni tanitadigan ibora yoki soʻzlar yigʻindisi (gap boʻlishi shart emas).
Shior