Vodorod davriy jadvalda nechanchi element?
birinchi element
Vodorod koinotdagi atomlarning taxminan necha foizini tashkil qiladi?
92%.
Vodorod qanday gaz?
Yonuvchi gaz.
Laboratoriyada vodorod olish uchun qaysi asbobdan foydalaniladi?
Kipp yoki Kiryushkin apparati.
Vodorodning nisbiy atom massasi nechaga teng?
1
Yer qobig‘i va tirik organizmlarda vodorodning massa ulushi necha foiz?
1%
Vodorod yonishda qanday modda hosil qiladi?
Suv
Laboratoriyada vodorod olish uchun metallarga qaysi kislotalar ta’sir ettiriladi?
Xlorid kislota yoki suyultirilgan sulfat kislota.
Vodorod atomi qanday tuzilishga ega?
1 proton va 1 elektron.
Atmosferada oddiy modda holidagi vodorod hajm bo‘yicha necha foiz uchraydi?
0,00005%
Vodorod molekulasi nechta atomdan iborat?
2 atomdan.
Vodorodni yig‘ishda qanday usul qo‘llaniladi?
Suvni siqib chiqarish usuli.
Vodorodning eng keng tarqalgan izotopi qaysi?
Protiy
Tirik hujayralarda atomlar soni bo‘yicha vodorod taxminan necha foizni tashkil qiladi?
50%
Vodorodning kimyoviy belgisi va valentligi qanday?
H, valentligi I.
Vodorodning tozaligi qanday tekshiriladi?
Alangada sinab ko‘riladi (toza bo‘lsa ovozsiz yonadi).
Vodorodning uchinchi izotopi qanday ataladi va tarkibi qanday?
Tritiy, 1 proton va 2 neytron.
Yulduz harorati sharoitida vodorod qanday holatda bo‘ladi?
Plazma holatda
Vodorodga birinchi ta'rif bergan olim?
Kavendish
Vodorodni yig‘ishda probirka nima uchun teskari holatda turadi?
Gazni suvni siqib chiqarish usulida yig‘ish uchun.