1
2
3
4
5
100

Har bir shaxs mulkdor boʻlish huquqi qanday konstitutsiyaviy huquq?

Iqtisodiy huquq 

100

succesio testamentaria bu? 

vasiyat bo‘yicha vorislik

100

Qonun bo'yicha vorislik qachon amalga oshiriladi? 

vasiyat mavjud bo‘lmasa

100

qonun bo‘yicha vorislik

succesio legitima

100

shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo‘lgan mol-mulkning, shuningdek meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ba’zi huquq va majburiyatlarning merosxo‘rlarga o‘tishi bu?

 Vorislik

200

merosning ochilishi deganda nimani tushunasiz?

Meros fuqaroning oʻlimi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb eʼlon qilinishi oqibatida ochiladi.

Meros qoldiruvchining oʻlgan kuni (zarurat boʻlganda payti ham), u vafot etgan deb eʼlon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi.

Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli boʻlgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma toʻrt soat) ichida vafot etgan boʻlsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxoʻrlari vorislikka chaqiriladilar.

200

Merosning ochilish joyi deganda nimani tushunasiz?

Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashab turgan joyi merosning ochilish joyi hisoblanadi. Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.

200

Chaqmoq Makvinning yon tomonida qaysi raqam mavjud?

95.

Chaqmoq Makvinning yon tomonidagi 95 raqami tasodifan tanlanmagan. 1995-yilda ekranlarga “O‘yinchoqlar tarixi” (Toy Story) multfilmi chiqqan bo‘lib, bu Pixar studiyasini mashhur qilgan. Bu film kompyuter grafikasida yaratilgan dastlabki muvaffaqiyatli animatsion asarlardan biri hisoblanadi.

200

Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlarga ikkita misol ayting?

yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa;
hayotga yoki sog‘liqqa etkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;
aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;
mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi;
mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi.
Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo‘rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.

200

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri qachon qabul qilingan va qachondan kuchga kirgan?

2023 yil 30-aprelda qabul qilingan va

2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi.

300

Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?

meri

300

Bu kimning sheri?

Hayot kitobimni bexos varaqlab,  

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.  

Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.  

Suyish kerak bo‘lsa - telbacha suydim.

Zulfiyaxonim

300

Noloyiq merosxo'rlar kim? (2 ta kamida ayting)

Meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxoʻrlardan birortasini qasddan oʻldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi oʻz hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyatnoma bergan shaxslar bundan mustasno.

Meros qoldiruvchi oʻzining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga qasddan toʻsqinlik qilgan va shu orqali oʻzlarining yoki oʻzlariga yaqin shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning oʻzlariga yoki oʻzlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi koʻpaytirilishiga imkon yaratgan shaxslar vasiyatnoma boʻyicha ham, qonun boʻyicha ham meros olish huquqiga ega emaslar.

300

Okean qayerda suvsiz bo'lishi mumkin?

xaritada

300

Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?

Shaxmatchi

400

SHartli vasiyatnoma nima? 

Vasiyat qiluvchi merosning olinishi uchun merosxoʻr xulq-atvorining xususiyatini qonuniy ravishda shart qilib qoʻyishga haqli.

Merosxoʻrni tayinlash yoki vorislik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi farmoyishga kiritilgan gʻayriqonuniy shartlar haqiqiy boʻlmaydi.

Vasiyatnomaga kiritilgan boʻlib, merosxoʻr oʻz salomatligining ahvoliga koʻra yoki boshqa obyektiv sabablar tufayli bajara olmaydigan shartlar merosxoʻrning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

400

Vasiyatnomaning shakliga doir umumiy qoidalarni ayting. kamida 2 ta ayting

Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim. 

notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;

notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar.

Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining oʻz qoʻli bilan imzolanishi lozim.

400

 internetdagi Oʻzbekiston qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi qaysi?

400

Merosdan majburiy kimlar ulush olishi mumkin?

Meros qoldiruvchining voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz bolalari, shu jumladan farzandlikka olgan bolalari, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz eri (xotini) va ota-onasi, shu jumladan uni farzandlikka olganlar, vasiyatnomaning mazmunidan qatʼi nazar, qonun boʻyicha voris boʻlganlarida ulardan har biriga tegishi lozim boʻlgan ulushning kamida yarmini (majburiy ulush) meros qilib oladilar.

400

Qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislar kimlar?

Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun boʻyicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugʻilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.

500

Vorislikning nechta asos bo'yicha amalga oshiriladi? va ular qaysilar?

•vasiyat bo‘yicha vorislik;(succesio testamentaria)

•qonun bo‘yicha vorislik;(succesio legitima)

500

meros transmissiyasi nima?

Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.

500

Qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislar kimlar? 

Meros qoldiruvchining tugʻishgan amakisi, togʻasi, ammasi va xolasi teng ulushlarda qonun boʻyicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

500

Qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislar kimlar?

Meros qoldiruvchining tugʻishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.

500

Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga 2 ta misol ayting?

1.ashyolar, shu jumladan, pul va qimmati qog‘ozlar;

2.mulkiy huquqlar, intellektual mulk ob’ektlariga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqlar;

3.mulkiy majburiyatlar, shu jumladan qarzlar (merosxo‘rlarga qoldirilayotgan

meros qiymati doirasida).