1-ustun
2-ustun
3-ustun
4-qo'shimcha savollar
0

Shunday bir tuyg’u borki u oyoqlarga qanot berishi ham, oyoqlarni yerga kishanlashi ham mumkin.

Savol: bu qaysi tuyg’u?

Qo’rquv

0

Ikki qo’shni bitta yertuladan foydalanishadi yertulani kulflash uchun xar birida aloxida kalit va aloxida kulf bor ular yertulani ikki mahalda qanday ochib yopishadi?

Ikkita osma qulufdan zanjir sifatida foydalanilgan

0

“Biz 100 ta emasmiz, bizga bizcha, bizning yarmimizcha, yarmimizni yarmicha keyin sen qo’shilsang 100 ta bo’lamiz”  Osmondagi g’ozlar nechta?

Osmonda 36 ta g’oz bo’lgan. 36+36+18+9+1 =100

0

U kuniga 10 marta soqol oladi, lekin baribir soqolli yuradi. Qanday qilib?

U — sartarosh.

0

Qadimdan bizgacha yetib kelgan lotin aforizmiga koʻra – "Siz haqiqatni soʻzlasangiz, "X"ning keragi yoʻq!" Aforizmda keltirilgan "X" kim?

Guvohlar

0

Nima shunchalik mo'rtki, u tilga olinganda ham sinadi?

Jimlik, Skunat

0

2 ga 11 ni qo'shib natija 1 ga chiqadigan joy qayer?

Soat 

0

Temir yo‘llarga, ko‘rib turganingizdek qirrali toshlar solinadi. Poyezd yurganida qattiq tebranish vaqtida bu toshlar muhim harakatni amalga oshiradi

 Diqqat savol: Bu qirrali toshlarning vazifasi nima?

Ular poyezd yurishiga halaqit qiluvchi o‘tlarni kesib turadi. O‘tlarni qirrali toshlar tebranishi paytida kesib tashlaydi

0

Men bir son o’yladim. Uning yarmiga choragini qo’shsak, 18 hosil bo’ladi: savol men qanday son o’yladim?

24

0

Shunday ikki son topingki, ularning ko’paytmasi 28 bo’lib, yig'indisi 11 ga teng bo'lsin.

 Bu qanday sonlar?

4 bilan 7

0

7-qavatli uyni 3-qavatida 4 kishi,  5-qavatida 3 karra ko’p, 6-qavatida esa 5 -qavatga nisbatan 2 marta ko’p, 7-qavatda barcha qavatdagi odamlarning yarmicha odam yashaydi liftning eng ko’p bosiladigan raqami qaysi?

1-raqam

0

Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan

 Diqqat savol: U nima?

Bizon

0

Bu firma onlayn savdo boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlaridan biri. Karantin vaqtida rosa daromadini ko'tardi

 Diqqat savol: Mazkur firmaning logotipidagi sariq chiziq nimani bildiradi?

A dan Z gacha hamma narsa bor degan ma'noda

0

Yoshligimda bo'yim baland, qariganimda past bo'laman. 

Men nimaman?

Sham ( yongan sayin erib kichrayadi)

0

Dunyoda bir jinoyat turi borki, bu jinoyatni qilishingizdan oldin qo‘lga tushsangiz jazoga tortilasiz, agar bu jinoyatni qilib qo’lga tushsangiz jazolanmaysiz. Savol: bu qaysi jinoyat turi ekanligini aniq ayting?

O'z joniga qast qilish

0

        Kichkina, koʻrimsiz narsa nomidan yozilgan                 monolog:

"Mening holimga qilmangiz havas,

Boshim yerga qaraganu, oyogʻim oyogʻga.

Taqdirim qursin – na kunduz, na tongda

Yorugʻlik koʻrmasdan oʻtib ketaman“

          Ushbu monolog nima nomidan aytilgan?

Oyoq kiyim poshnasiga qoqilgan mix

0

O'tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi romanida: "Rost bilan yolg'onning o'rtasi-to'rt enlik" deyilgan hikmatli gap bor. Savol nima uchun aynan to'rt enlik?

Ko'z bilan quloq orasi aynan 4 enlik

0

Siz hech qachon ko'rmaysiz, lekin doimo sizning oldingizda nima?

Kelajak

0

Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping?

Skripkachilar