level 1
level 2
level 3
100

Innovatsion menejment nima?

Innovatsion g‘oyalarni yaratish, rejalashtirish va ularni amaliyotga joriy etish jarayoni.

100

Innovatsion menejment korxonaga qanday foyda keltiradi?

Raqobatbardoshlikni oshiradi va yangi bozorlarni egallash imkonini beradi.

100

Innovatsion menejmentning asosiy vazifalaridan biri nima?

Yangi mahsulot va xizmatlar yaratish.

200

Innovatsion menejment qanday resurslarga tayanadi

Inson resurslari, texnologiya, vaqt va moliya.

200

Innovatsion menejment qaysi omillar bilan bevosita bog‘liq?

Texnologik taraqqiyot, kreativlik, risk va strategik qarorlar.

200

Nima uchun korxona doimiy innovatsiyalarga ehtiyoj sezadi?

Bozor o‘zgaruvchan va raqobat kuchli bo‘lgani uchun

300

Innovatsion menejmentda "strategik qarorlar"ning roli nimada?

Ular innovatsiyalarni qayerga va qanday yo‘nalishda yo‘naltirishni belgilaydi.

300

Innovatsion menejment bo‘yicha muvaffaqiyatli kompaniyaga misol keltiring.

Masalan, Apple, Google – doimiy innovatsiyalarni joriy qiluvchi kompaniyalar.

300

Innovatsion menejmentni amalga oshirish uchun qanday yondashuvlar qo‘llaniladi?

Agile, Lean startup, Design Thinking.

400

Innovatsion menejment qanday qilib iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi?

Yangi mahsulotlar va xizmatlar orqali bozor hajmini kengaytiradi va ish o‘rinlarini yaratadi.

400

Innovatsion menejmentda risklarni qanday boshqarish mumkin?

SWOT tahlili, ehtimoliy ssenariylar va ehtiyot rejalari yordamida.

400

Innovatsion menejment jarayonida motivatsiyaning o‘rni qanday?

Xodimlarni faol va kreativ tutib turadi, g‘oyalarni ilgari surishga undaydi.

500

Innovatsion menejment va raqobatbardosh strategiyalar qanday bog‘langan?

Innovatsiyalar orqali korxona raqobatchilardan ustunlikka ega bo‘ladi.

500

Korxona innovatsion menejmentni joriy qilmasa, qanday salbiy oqibatlar bo‘lishi mumkin?

Bozorda orqada qoladi, mijozlar yo‘qoladi va daromad kamayadi.

500

Innovatsion menejmentda transformatsion yetakchilik qanday rol o‘ynaydi?

U o‘zgarishlarni rag‘batlantiradi, jamoani ilhomlantiradi va yangi g‘oyalarni amalga oshiradi.