Demping qanday turlarga bo`linadi?
Doimiy demping, teskari demping va o`zaro demping
Amaliyotda yuz bergan “Gollandiya kasalligi” qaysi teoremaga asoslanadi?
Rybchinskiy teoremasiga asoslanadi.
Engel qonuniga ko‘ra, daromad oshganda:
a) oziq-ovqatga bo‘lgan talab daromadga nisbatan kamroq oshadi;
b) oziq-ovqatga bo‘lgan talab daromadga nisbatan ko‘proq oshadi;
c) oziq-ovqatga bo‘lgan talab kamayadi;
d) oziq-ovqatga bo‘lgan talab o‘zgarmaydi.
a) oziq-ovqatga bo‘lgan talab daromadga nisbatan kamroq oshadi
Katta iqtisodiyot sharoitida, eksport mahsulotini ishlab chiqaruvchi sohada nisbatan intensiv foydalaniladigan omil taklifining o‘sishi:
a) mamlakat savdo shartlarini yomonlashtiradi;
b) jahon savdo hajmining oshishiga olib keladi;
c) import mahsuloti narxining kamayishiga olib keladi;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) b) va c) to‘g‘ri.
d) a) va b) to‘g‘ri
Global iqtisodiy o'sishning asosiy maqsadi nima va u mamlakatlarga qanday foyda keltiradi?
Global iqtisodiy o'sishning asosiy maqsadi — iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash va mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishdir. Bu esa ularning raqobatbardoshligini kuchaytiradi, yangi ish o‘rinlari yaratadi hamda umumiy farovonlik darajasini oshiradi.
oIqtisodiy o`sish qanday turlari mavjud?
Neytral yoki balanslashgan o`sish, import o`rnini bosuvchi o`sish,eksportga yo`naltirilgan o`sish.
Davlat xaridlari doirasidagi siyosat bu -
Bu — yashirin savdo siyosati usuli bo‘lib, davlat idoralari va korxonalarini ma’lum tovarlarni faqat milliy (mahalliy) firmalardan xarid qilishga majbur qiladi, hatto bu tovarlar import tovarlariga qaraganda qimmatroq bo‘lsa ham.
Neytral iqtisodiy o‘sish sharoitida:
a) ishlab chiqarish, savdo va nisbiy jahon narxlari oshadi;
b) ishlab chiqarish va savdoning mutlaq hajmi oshadi, lekin nisbiy jahon narxlari o‘zgarmaydi;
c) ishlab chiqarish va savdoning mutlaq hajmi oshadi, nisbiy jahon narxlari kamayadi;
d) ishlab chiqarish va savdoning nisbiy hajmi oshadi, nisbiy jahon narxlari kamayadi.
b) ishlab chiqarish va savdoning mutlaq hajmi oshadi, lekin nisbiy jahon narxlari o‘zgarmaydi
Importni almashtirishga yo‘naltirilgan o‘sish quyidagilarga olib keladi:
a) savdo sherigi mamlakatining savdo shartlari yomonlashadi, o‘sayotgan mamlakatning savdo shartlari yaxshilanadi;
b) savdo sherigi mamlakatining savdo shartlari yaxshilanadi, o‘sayotgan mamlakatning savdo shartlari yomonlashadi;
c) o‘sayotgan mamlakat savdo shartlari yaxshilanadi va uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish tezlashadi;
d) o‘sayotgan mamlakat savdo shartlari yaxshilanadi va qisqa muddatda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi.
a) savdo sherigi mamlakatining savdo shartlari yomonlashadi, o‘sayotgan mamlakatning savdo shartlari yaxshilanadi
D. Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasiga ko'ra, mamlakatlar qanday tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak?
a) Mutlaq ustunlikka ega bo'lgan tovarlarni
b) Nisbiy ustunlikka ega bo'lgan tovarlarni
c) Import qilinadigan tovarlarni
d) Texnologik jihatdan murakkab tovarlarni
b) Nisbiy ustunlikka ega bo'lgan tovarlarni
Tashqi savdoni tartibga solishning yashirin usullariga nimalar kiradi?
Texnik to‘siqlar, Ichki soliqlar va yig‘imlar, Davlat xaridlari siyosati, Mahalliy tarkib talabi, Iqtisodiy bo‘lmagan tartibga solish usullari.
Tashqi savdo sharoitlari davlatning …….. , ………. katta ta’sir ko‘rsatadi.
Savdo balansi va iqtisodiy o‘sishi.
Kichik iqtisodiyot sharoitida, import bilan raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi sohada nisbatan intensiv foydalaniladigan omil taklifining o‘sishi:
a) mamlakat savdo shartlarini yaxshilaydi;
b) mamlakat tashqi savdosining hajmini kamaytiradi;
c) eksport tovarining narxini oshiradi;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) b) va c) to‘g‘ri.
d) a) va b) to‘g‘ri
Iqtisodiy o‘sish quyidagi holatda savdo shartlarini yaxshilaydi:
a) kichik iqtisodiyotda eksport mahsulotini ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa;
b) katta iqtisodiyotda eksport mahsulotini ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa;
c) kichik iqtisodiyotda import bilan raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa;
d) katta iqtisodiyotda import bilan raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa.
d) katta iqtisodiyotda import bilan raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa
Antidemping boji qanday hollarda qo`yiladi?
Chet eldan kelayotgan tovarlar ortiqcha arzonlashgan bo‘lsa (ya’ni ular o‘z mamlakatidagi narxdan pastroq sotilsa), mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun qo‘yiladigan qo‘shimcha soliq.
Mamlakatlarda birlamchi tovarlarga bo`lgan talab hamda eksportni osib borishi natijasida mamlakatda uzoq muddatda qanday holat yuz berishi mumkin?
Birlamchi ishlab chiqarubchilar yutadi, ikkilamchi ishlab chiqaruvchilar yutqazadi.
Katta iqtisodiyot sharoitida, import bilan raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi sohada nisbatan intensiv foydalaniladigan omil taklifining o‘sishi:
a) eksport tovarining narxini oshiradi;
b) jahon savdo hajmining kamayishiga olib keladi;
c) mamlakat savdo shartlarini yaxshilaydi;
d) b) va c) to‘g‘ri;
e) a) va c) to‘g‘ri.
d) b) va c) to‘g‘ri
Iqtisodiy o‘sish quyidagi holatda savdo shartlarini yomonlashtiradi:
a) kichik iqtisodiyotda eksport mahsulotini ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa;
b) katta iqtisodiyotda eksport mahsulotini ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa;
c) kichik iqtisodiyotda import bilan raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa;
d) katta iqtisodiyotda import bilan raqobatlashuvchi mahsulot ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa.
b) katta iqtisodiyotda eksport mahsulotini ishlab chiqarish sohasida o‘sish bo‘lsa
Savdo embargosi bu
Ma’lum bir davlat tomonidan ma’lum bir mamlakatga tovarlar olib kirishni (importni) yoki u yerdan tovarlar olib chiqishni (eksportni) taqiqlash.
Iqtisodiy o`sishga qanday omillar ta`sir qiladi?
Ishlab chiqarish omillarining ko`payishi va ishlab chiqarish omillarini unumdorligini oshishi.
Kichik iqtisodiyot sharoitida, eksport mahsulotini ishlab chiqaruvchi sohada nisbatan intensiv foydalaniladigan omil taklifining o‘sishi:
a) tashqi savdo hajmining oshishiga olib keladi;
b) mamlakat savdo shartlarini yomonlashtiradi;
c) eksport mahsuloti narxining kamayishiga olib keladi;
d) a) va b) to‘g‘ri;
e) a) va c) to‘g‘ri.
e) a) va c) to‘g‘ri
Eksportga yo‘naltirilgan o‘sish quyidagilarga olib keladi:
a) savdo sherigi mamlakatining savdo shartlari yomonlashadi, o‘sayotgan mamlakatning savdo shartlari yaxshilanadi;
b) o‘sayotgan mamlakat savdo shartlari yaxshilanadi va qisqa muddatda iqtisodiy o‘sish tezlashadi;
c) savdo sherigi mamlakatining savdo shartlari yaxshilanadi, o‘sayotgan mamlakatning savdo shartlari yomonlashadi;
d) o‘sayotgan mamlakat savdo shartlari yaxshilanadi va qisqa muddatda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi.
c) savdo sherigi mamlakatining savdo shartlari yaxshilanadi, o‘sayotgan mamlakatning savdo shartlari yomonlashadi