Fintech asoslari
Raqamli to‘lovlar va elektron pul
Blokcheyn va Smart-kontraktlar
Raqamli xavfsizlik va kiberxavflar
Loyiha boshqaruvi va raqamli texnologiyalar
100

PSD2(second payment services directive) direktivasi banklar o‘rtasidagi API(aplication programming interface) integratsiyasini qanday majburiylashtiradi?

PSD2 banklar mijoz ma’lumotlariga uchinchi tomon provayderlari (TPP) orqali API orqali ruxsat berishini shart qilib qo‘yadi, bu Open Banking tizimini majburiy standartga aylantiradi.

100

Tokenlash texnologiyasi to‘lov xavfsizligini qaysi mexanizm orqali ta'minlaydi?

Asl karta raqami token bilan almashtiriladi, token faqat ma’lum tranzaksiya yoki qurilmada ishlaydi, shuning uchun haqiqiy ma’lumot o‘g‘irlanmaydi.

100

Konsensus algoritmi blokcheynda nima vazifa bajaradi?

Tarmoqdagi barcha tugunlar tranzaksiyaning haqiqiyligi bo‘yicha bir xil qarorga kelishini ta’minlaydi.


100

DDoS(Distributed Denial of Service) hujumi raqamli to‘lov tizimiga qanday zarar yetkazadi?

Serverlarni ortiqcha yuklab tizimni ishdan chiqaradi, to‘lovlar to‘xtaydi, xizmatlar vaqtincha mavjud bo‘lmay qoladi.

100

Raqamli vositalar loyihalarda jamoaviy ishlashni qanday yengillashtiradi?


Jamoa a’zolari bir platformada ishlashi, fayllarni ulashishi va real vaqt rejimida muloqot qilishi osonlashadi.


200

Fintech xizmatlaridan foydalanuvchilarga qanday uchta asosiy qulaylik yaratiladi?

Asosiy qulayliklar:

  1. Tezlik, 2) qulaylik, 3) arzon tranzaksiyalar.

200

Elektron pulning naqd puldan afzalligi nimada?

Elektron pul naqd pulga qaraganda xavfsizroq, tezroq va kuzatiladigan transaksiyalar yaratadi.

200

Smart-kontraktlarda “orakl” texnologiyasi nima uchun zarur?

Smart-kontraktlar tashqi dunyo ma’lumotiga ega emas; orakl ularga real vaqt ma’lumotlarini uzatadi (masalan: narxlar, kurslar, voqealar).


200

Zararsiz ko‘rinadigan elektron xabarlar qanday qilib fishing hujumiga aylanishi mumkin?

Fishing xabarlari foydalanuvchini aldab, shaxsiy ma’lumot yoki parolni olish maqsadida yuboriladi.

200

Cloud (bulut) xizmatlari loyiha ma’lumotlarini boshqarishda qanday ustunlik beradi?


Bulut xizmati — istalgan qurilmadan ma’lumotga kirish imkoniyati, avtomatik saqlash, xavfsiz arxivlash.

300

GDPR(general data protection regulation) fintech xizmatlarida ma’lumotni qayta ishlashga qanday cheklovlar qo‘yadi?

GDPR foydalanuvchi ma’lumotini yig‘ish, qayta ishlash va uzatishda aniq rozilikni talab qiladi; ortiqcha ma’lumot to‘plashni taqiqlaydi va "unutish huquqi"ni kafolatlaydi.

300

Raqamli valyuta (CBDC) va kriptovalyuta o‘rtasidagi texnologik farq nima?

CBDC markazlashgan davlat tizimida chiqariladi va tartibga solinadi; kriptovalyutalar esa decentralizatsiyalangan blokcheynda ishlaydi va davlatga bog‘liq emas.


300

Blokcheyn texnologiyasi moliyaviy tranzaksiyalarning shaffofligini qanday ta’minlaydi?

Blokcheyn barcha tranzaksiyalarni ochiq jurnalga yozadi, uni hech kim o‘zgartira olmaydi — shu orqali shaffoflik ta’minlanadi.

300

Kiberxavfsizlikda ko‘p omilli autentifikatsiya (MFA) hujumlarni qanday kamaytiradi?

Parol buzilganda ham qo‘shimcha omillar (SMS, biometrika) xakerning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

300

Vaqtni boshqarish uchun raqamli jadval va kanban doskalari qanday samaradorlik yaratadi?

Kanban va boshqa raqamli vositalar vazifalarni aniq ko‘rsatadi, kechikishlarni oldindan bildiradi va samaradorlikni oshiradi.

400

Fintech ekotizimida regulyator sandboxes (sinov maydonchalari) qanday rol o‘ynaydi?

Ular fintech kompaniyalarga cheklangan muhitda qat’iy nazorat ostida xizmatni sinovdan o‘tkazishga imkon beradi, bu innovatsiyani tezlashtiradi, xavfni kamaytiradi.

400

Raqamli to‘lov tizimlarida “double spending” muammosi qanday oldi olinadi(nima orqali)?

Tranzaksiyani tarmoq tugunlari tekshirib tasdiqlaydi, bir xil aktivni ikki marta ishlatish blokcheyn konsensus mexanizmi orqali bloklanadi.

400

Smart-kontraktlar biznes jarayonlaridagi “inson xatosi” omilini qanday kamaytiradi?

Ular jarayonlarni avtomatlashtiradi va insonning noto‘g‘ri kiritgan ma’lumotlari yoki kechikishini bartaraf qiladi.

400

Kiberjinoyatlarning xalqaro xarakterga ega bo‘lishi global moliya tizimi uchun qanday qo‘shimcha xavf tug‘diradi?

Chunki kiberjinoyatlar chegarani tan olmaydi — ularni jilovlash uchun global monitoring, standartlar va hamkorlik zarur.

400

Raqamli transformatsiya jarayonida jarayonlarni avtomatlashtirish noto‘g‘ri rejalashtirilsa, qanday operational risklar paydo bo‘ladi?

Ma’lumot yo‘qotilishi, tizim mos kelmasligi, jarayonlarning to‘xtashi, inson resurslarining noto‘g‘ri taqsimlanishi.

500

Fintech ekotizimining barqaror rivojlanishi uchun qanday texnologik, iqtisodiy va institutsional shartlar zarur?

Barqaror rivojlanish uchun:
– kuchli IT-infratuzilma,
– aniq qonunchilik,
– raqobatbardosh bozor sharoiti,
– kiberxavfsizlik tizimi,
– moliyaviy savodxonlik talab qilinadi.

500

Global to‘lov tizimlarida real-vaqtlik bruto hisob-kitob (RTGS) nima uchun muhim?

RTGS tranzaksiyalarni darhol yakunlaydi, kliringni kutmaydi, likvidlik xavfini yo‘q qiladi va davlatlararo yirik to‘lovlarda xavfni kamaytiradi.

500

Smart-kontraktlarning global huquqiy tartibga solinishidagi asosiy to‘siqlar nimalardan iborat va ular xalqaro biznesga qanday xavflar tug‘diradi?

To‘siqlar:
– turli davlatlarda turlicha qonunchilik,
– huquqiy maqomning noaniqligi,
– mas’uliyatni belgilash qiyinligi.
Natija: xalqaro bitimlarda huquqiy nizolar xavfi ortadi.

500

Raqamli iqtisodiyotda kiberxavfning "domino effekti" qanday ishlaydi?

Bir infratuzilma segmentidagi nosozlik (energetika, telekom) boshqa tizimlarni (bank, transport, to‘lov tizimlari) izdan chiqaradi va zanjirsimon falokatga olib keladi.

500

Loyihalarda katta ma’lumot analitikasi noto‘g‘ri talqin qilinsa, strategik qarorlar qanday xavfga uchraydi?

Chalg‘ituvchi indikatorlar asosida xato investitsiya, resurs noto‘g‘ri bo‘linishi, bozor noto‘g‘ri baholanishi, loyihaning butunlay muvaffaqiyatsizligi.