Sharh aks ettirilayotgan voqea va hodisalarga qarab, necha turga bo‘linadi? Ular qaysilar?
2 turga. Ichki va tashqi sharhlar (yoki mahalliy va xalqaro sharhlar).
Sharh qanday tarkibiy qismlarga boʻlinadi?
Kirish, asosiy qism, yakun (ya'ni xulosa)
"Fakt" so‘zining lug‘aviy ma'nosi nima?
"Fakt" so‘zi lotincha "factum" – "amalga oshirilgan" degan ma'noni bildiradi.
Qish fasli boshlanishidagi eng mashhur kinofilm qaysi? Unda "Yangi yiling (Рождество) bilan, bolakay!" degan ibora ishlatilgan.
"Home Alone" (o‘zbekchada "Uyda yolg‘iz")
Xorijiy OAV muxbirlari O‘zbekistonda qaysi tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tadi?
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan.
Bildirilgan fikr va munosabatning oshkoraligiga ko‘ra, sharh turlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
Ochiq, pardalangan, noixtiyoriy sharh
Mavzu yoki muammo nomi sharh kompozitsiyasining qaysi qismida beriladi?
Kirish qismida
Fakt va maʼlumot oʻrtasida farq nima?
Ma'lumot tasdiqlangan (yoki tasdiqlanmagan), fakt isbotlangan xabar. Har bir fakt ma'lumot, lekin har bir ma'lumot fakt emas. Ма'lumotning fakt bo'lishi uchun u isbotga ega bo'lishi kerak.
"Tom va Jerry" multfilmida ishtirok etgan hayvonlarning uchtasini toping.
Mushuk, sichqon, kuchuk (buldog)
Xorijiy OAV muxbirlarining akkreditatsiya muddati qancha?
2 yil
Xalqaro sharh O‘zbekistonda qachon paydo bo‘ldi?
O‘tgan asrning 70-yillarida
Sharhlash jarayonida muallifning nutqi nechinchi shaxs nomidan yoziladi (aytiladi)?
Birinchi shaxs, ko'plikda
Analiz (tahlil) so‘zining ma'nosi nima?
Yunoncha, qism, bo'laklarga bo‘lish
"Disney" studiyasi tomonidan suratga olingan multfilmlardagi mashhur 3 ta ayol/qiz qahramonlar nomini toping.
Cinderella ("Zolushka"), Bell ("Sohibjamol va mahluq"), Rаpunsel, Pokaxontas, Malika Anna
Xorijiy OAV muxbirlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun murojaatni ko‘rib chiqish muddati qancha?
2 oy
Rossiyalik mutaxassislar sharhni qanday turlarga ajratib koʻrsatadi?
Informatsion va tahliliy
Sharhning hajmi qancha boʻlishi mumkin?
Turlicha (aniq cheklov yo'q)
Sharhdagi tahlil jarayonida butun narsani qismlarga boʻlib oʻrganish metodi nima deb ataladi?
Deduksiya
"Muzlik davri" (Ice Age) multfilmidagi qahramonlarning uchtasining ismini yozing
Diego, Sid, Manni, Skrat, Elli
Xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qilish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Xorijiy OAV rahbariyatining murojaat xati, OAV haqida ma'lumotnoma, biografik ma’lumotlar va xorijiy muxbirning 4 ta fotosurati
“Yaponiya Konstitutsiyasiga sharh” mavzu nuqtayi nazaridan qaysi yo‘nalishdagi sharh hisoblanadi?
Huquqiy sharh
Sharhlar nechta paragrafdan ortiq boʻlsa, juda uzun hisoblanadi?
12 ta paragrafdan oshsa
Faktlarning oʻziga xos muhim jihatlarini oydinlashtirish uchun sharhlovchi nima qilishi kerak?
Bir faktni boshqa faktlar bilan solishtirishi kerak.
Ismi yoki familiyasi "T" harfidan boshlanuvchi turkiyalik mashhur xonandalardan birini yozib bering
Tarkan, Tatlisas
Oʻzbekistonda xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qilish jarayoni qaysi huquqiy-normativ hujjat asosida amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 33-sonli qarori