2025-yilda O’zbekistonga kiritilgan va asosiy kapitalga o’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi bo’yicha yetakchi davlat qaysi?
Xitoy
To’g’ridan-yo’g’ri xorijiy investitsiyalarga 1ta misol ayting.
Yangi obyektlar qurish,asbob-uskunalar sotib olish,obyektlarni ta’mirlash
Investitsiya muhitini baholovchi indeks qanday ataladi?
BERI indeksi
Investitsiya loyihalarinining samaradorligini baholash nechta yo’nalishda bo’yicha amalga oshiriladi va ular qaysilar?
3ta:iqtisodiy,ijtimoiy,ekologik
Risk nima?
Xavf-xatar,zarar va yo’qotish ehtimoli
Xorijiy investitsiyalar maqsadiga ko’ra necha turga bo’linadi va ular qaysilar?
2 turga bo’linadi:Portfel va To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar
Xorijlik investorlar O‘zbekiston korxonalari va banklarining oddiy aksiyalarini necha foizgacha bo‘lgan qismini sotib olishasa u portfel investitsiyaga misol bo’ladi?
10 foizgacha bo’lgan qismini
Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi 3ta omilni ayting.
Iqtisodiy,huquqiy,siyosiy,ijtimoiy,ekologik,texnik omillar
Iqtisodiy samaradorlikni baholovchi 3ta ko’rsatkich ayting
sof joriy qiymat,ichki rentabellik normasi,rentabellik indeksi,qaytish muddati,investitsiyadan umumiy qaytish darajasi,xarajat-foyda nisbati,qo’shilgan iqtisodiy qiymat,X.I.ning mamlakat o’sishiga qo’shgan hissasi
TFC=10000
P=50
VC=40
Zararsizlik nuqtasini pul ko’rinishida ifodalang.
50000
Xorijiy investitsiyalar muddatiga ko’ra necha turga bo’linadi va ular qaysilar?
4turga bo’linadi:o’ta qisqa,qisqa,o’rta,uzoq muddatli investitsiyalar
Xorijlik investorlar O‘zbekiston korxonalari va banklarining oddiy aksiyalarini sotib olishlari to’g’ridan-to’g’ri investitsiyaga misol bo’ladimi yoki portfel investitsiyaga?
Ulushiga ko’ra ikkoviga misol bo’lishi mumkin
Investitsiya muhiti atamasiga ta’rif bering.
Mamlakatga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi.
Diskontlash atamasiga ta’rif bering.
Kelgusidagi qiymatni joriy qiymatga diskontlash koeffitsienti orqali keltirish jarayoni.
Risklarni pasaytirish usullariga 2ta misol ayting.
Diversifikatsiyalash,sug’urtalash,taqsimlash,zaxiralar ajratish
Xorijiy investitsiyalar atamasiga to’liq ta’rif bering.
Chet ellik investor tomonidan ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obʼektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʼlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.
Yangi O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan “Taraqqiyotlar strategiyasi”da keyingi 5 yil mobaynida 70 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish vazifasi qo’yilgan.Ha yoki yo’q?
Ha
Bonus
+400 ball
Rentabellik indeksi(PI) 1ga teng bo’lganda loyiha qabul qilinishi mumkinmi va nega?
Ha mumkin,qachonki u ekologik yoki ijtimoiy samaradorlikka ega bo’lsa
Zararsizlik nuqtasining miqdor jihatdan ko’rsatkichi qanday topiladi?
Q=TFC/(P-VC)
Davlatlar xorijiy investitsiyalar import-eksportiga ko’ra nechta guruhga bo’linishini va so’nggi guruhga kim kirishini ayting.
5ta guruhga.5-guruhga Kanada kiradi
Portfel investitsiyalardagi oddiy aksiyalarning ulushi boshqa davlatlarnikidan farq qiluvchi davlatlar nechta va ular qaysilar?
2ta:AQSh va Yaponiya
BERI indeksi nechta mezon bo’yicha va qanday ballar shkalasida baholanadi?
15ta mezon bo’yicha 5ballik shkalada(0-4)
ISO14001 indeksi nimani baholaydi?
Korxonaning ekologik boshqaruv standartlariga mosligini
Moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichi qaysi 2 ko’rsatkich orasidagi tafovutni ko’rsatadi?
Barqarorlik nuqtasi va hozirgi tushum orasidagi farqni