A
B
C
D
E
100

Ilk bolalik davrida xotira rivojlanishida qanday xotira turi ustunlik qiladi?

Mexanik xotira

100

Xotira buzilishining umumiy nomi nima?

Amneziya

100

Xotiraning patologik tarzda kuchayib ketishi nima deb nomlanadi?

Gipermneziya

100

Kognitiv mashqlar qaysi xotira turining rivojlanishiga yordam beradi?

Ixtiyoriy xotira

100

Yo‘l-transport hodisasidan so‘ng hushiga kelgan bemor o‘zining avvalgi hayoti haqida hech narsa eslay olmayapti. Kimligini, qayerda yashaganini, nima ish qilganini unutgan. Ammo hozirgi voqealarni to‘g‘ri qabul qilmoqda.

Ushbu patologik belgilar asosida xotira buzilishi turini aniqlang.

Retrograd amneziya 

200

Qaysi yoshda ixtiyoriy xotira faol rivolana boshlaydi?

Maktabgacha yosh davrida (3-7 yosh)

200

Oldingi voqealarni eslay olmaslik qanday nomlanadi?

Retrograd amneziya

200

Psevdoreminissensiya nima?

Psevdoreminissensiya - soxta xotira bo'lib, bunda bemor xotirasidagi axborotning unutilgan joyi avvalgi voqea-hodisalar bilan to'ldiriladi.

200

Xotirani zaiflashtiruvchi mashhur kasallik?


Altsgeymer kasalligi

200

Bosh miyasiga og‘ir jarohat olganidan so‘ng, bemor shifoxonaga yotqizildi. U avvalgi voqealarni to‘liq eslay oladi, lekin kasalxonaga tushganidan keyingi voqealarni eslab qololmayapti. Har safar unga yangi axborot aytilsa, u buni eslab qola olmaydi.

Ushbu patologik belgilar asosida xotira buzilishi turini aniqlang.

Anterograd amneziya 

300

Ixtiyoriy xotiraning shakllanishida qanday faoliyat muhim rol o'ynaydi?

O'yin va nutqiy faoliyat

300

Yangi voqealarni eslab qololmaslik nima deb ataladi?

Anterograd amneziya 

300

To'g'ri & Noto'g'ri:

Emotsional xotira kattalardan ko'ra bolalarda kuchliroq bo'ladi.

Noto'g'ri, emotsional xotira bolalardan ko'ra kattalarda kuchliroq bo'ladi 

300

Bolalarda xotira qanday namoyon bo'ladi?

Tez eslab qoladi va tez unutadi.

300

Jiddiy miya shikastidan so‘ng bemorda shunday holat yuzaga kelganki: u na oldingi voqealarni eslay oladi, na yangi voqealarni eslab qola oladi. U xotirasini to‘liq yo‘qotgan, u bilan har kuni ishlayotgan shifokorlarni har safar yangidan ko‘rayotgandek munosabatda bo‘ladi.

Ushbu patologik belgilar asosida xotira buzilishi turini aniqlang.

Anteroretrograd amneziya 

400

O'quv materialini eslab qolish uchun qanday psixik jarayonlar muhim?

Diqqat, idrok va tafakkur

400

Retrograd va anterogrqd amneziyalarning birgalikda kuzatilishi nima deb ataladi?

Anteroretrograd amneziya

400

Xotira buzilishlari umuman olganda nimaning belgisi sifatida ko'riladi?

Miya faoliyati buzilishining

400

Qaysi emotsional omil xotira susayishiga olib keladi?

Psixik buzilishlar, depressiya

400

Oddiy odamlar eslab qololmaydigan raqamlar, sana, tarixiy faktlarni juda aniqlik bilan eslay oladigan bemor. U bolalikdagi kichik detallarni, ko‘chadagi avtobus raqamlarini, eshitilgan musiqa ritmini ham mukammal eslaydi. Lekin bu xotiralar ko‘pincha ruhiy zo‘riqish, tashvish va charchoqqa sabab bo‘lmoqda.

Ushbu patologik belgilar asosida xotira buzilishi turini aniqlang.

Gipermneziya 

500

Xotiraning rivojlanishida qanday ichki omillar muhim?

Asab tizimining yetilishi va emotsional barqarorlik 

500

Konfabulatsiya nima va uning belgilari nimada namoyon bo'ladi?

Konfabulatsiya - soxta xotiralar paydo bo'lishi, ya'ni, bemor hayotida bo'lmagan voqealarni ham xuddi bo'lgandek his qiladi. Bu holat bosh miyaning arteriya sohalariga qon quyilishi bilan namoyon bo'ladi 

500

Ruhiy buzilishlar xotiraga qanday ta'sir qiladi?

Xotira jarayonlarining buzilishiga sabab bo'ladi. (Eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish)

500

Qaysi yurak-qon tomir kasalligi xotiraga salbiy ta'sir qiladi?

Insult

500

Bemor o‘z boshidan o‘tkazmagan, haqiqatda bo‘lmagan voqealarni chinakam bo‘lgandek eslayapti. Masalan, u “men prezident bilan birga tushlik qilganman” deydi, yoki “yo‘q joydan” shaxsiy esdaliklar “paydo bo‘ladi.” Bu xotiralar yolg‘on, lekin bemor ularga chin dildan ishonadi.

Ushbu patologik belgilar asosida xotira buzilishi turini aniqlang.

Psevdoreminissensiya