Xristianlik
Katolik
Provaslav
Protestant
100

Xristianlik dini qachon va qayerda (qaysi imperiya tarkibida) vujudga kelgan?

Eramizning I asrida, Rim imperiyasi tarkibidagi Falastin (Yahudiya) hududida.

100

Katolik cherkovining markazi qayerda joylashgan?

Vatikan shahrida joylashgan.

100

”Pravoslav” so’zining ma’nosi va qaysi tildan olingan?

Yunon tilidan olingan bo’lib,”to’g’ri e’tiqod” degan ma’noni bildiradi.

100

Protestantlik qaysi asrda paydo bo‘lgan?

XVI asrda.

200

Bibliya (Injil) tarkibiy jihatdan necha qismga bo‘linadi va "Yangi Ahd" qismida asosan nimalar haqida so‘z yuritiladi?

Ikki qismga (Eski va Yangi Ahd). Yangi Ahdda Iso Masihning hayoti, mo‘jizalari, o‘limi va havoriy Pavlusning maktublari yoritilgan.

200

Katolik cherkovi o‘zining birinchi papasi sifatida qaysi apostolni tan oladi?

Avliyo Petr.

200

1054-yildagi Buyuk bo’linish nima?

Bu voqea xristian cherkovining Katolik va Pravoslav yo’nalishlariga ajralishiga sabab bo’lgan tarixiy bo’linish.

200

Protestantlik islohoti harakatini boshlagan shaxs kim?

Martin Luther.

300

"Messiya" so‘zining ma’nosi nima va nima uchun o‘sha davrdagi yahudiylar aynan uni kutishayotgan edi?

Messiya — "Qutqaruvchi" (Masih) degani. Yahudiylar o‘sha paytda Rim istilosi ostida yashayotganlari sababli o‘zlarini qutqaruvchi kelishini kutishgan.

300

Katolik cherkovida “apostolik merosxo‘rlik” (apostolic succession) nima degani?

Bu — cherkov rahbarligi (yepiskoplar va papa hokimiyati) Iso Masihning havoriylaridan, ayniqsa Avliyo Petrdan boshlab uzluksiz ravishda avloddan-avlodga o‘tib kelgan degan e’tiqod.

300

Qaysi davlatlarda keng tarqalgan?

Rossiya,Ukraina,Gretsiya,Serbiya,Gruziya,Bolgariya va Ruminiya

300

1517-yilda Martin Luther o‘zining mashhur 95 tezisini qaysi shaharda e’lon qilgan?

Wittenberg shahrida

400

Xristianlikdagi "Najot topish" tushunchasi insonning qaysi xatosi bilan bog‘lanadi va bu najotga erishishning yo‘li nima deb ko‘rsatilgan?

Bu Odam Ato va Momo Havoning gunohi (xatosi) bilan bog‘lanadi. Najotga faqat Iso Masihga ishonish va tavba qilish orqali erishish mumkin.

400

1054-yildagi Buyuk ajralish natijasida qaysi ikki cherkov bir-biridan ajralgan?

Katolik cherkovi va Pravoslav cherkovi.

400

Uchlik g’oyasi?

Xudo yagona,ammo Ota,Og’il(Iso Masih)va Muqaddas Ruh shaklida namoyon bo’ladigan e’tiqod.

400

Protestantlikdagi “Sola Fide” tamoyili nimani anglatadi?

Inson faqat imon orqali najot topadi, amal yoki cherkov vositachiligi orqali emas.

500

Matndagi "Axloq" va "Sevgi va Kechirim" bandlariga tayanib, xristianlikning dushmanlikka bo‘lgan munosabatini bir jumla bilan qanday ifodalash mumkin?

Nafratga nafrat bilan emas, balki "seni urgan odamga ikkinchi yuzingni tutish" orqali sevgi va kechirim bilan javob qaytarish.

500

Katoliklikdagi 7 ta muqaddas sir nimani anglatadi va ular nima uchun muhim?

Katoliklikda 7 ta muqaddas sir inson hayotining muhim bosqichlarini qamrab oladi:

Cho‘qintirish (Baptism) – dinga kirish

Tasdiqlash (Confirmation) – imonni mustahkamlash

Eucharist – muqaddas non va sharob marosimi

Tavba (Penance) – gunohlardan poklanish

Kasallarni moylash – shifo va ruhiy dalda

Ruhoniylikka tayinlash (Holy Orders)

Nikoh (Matrimony)

500

Islomdan asosiy farqi nima?

Pravoslavlikda Uchlik g’oyasi mavjud,Islomda esa Alloh yagona deb e’tiqod qilinadi.

500

Protestantlik ichidagi kalvinizm yo‘nalishining asoschisi kim va uning asosiy ta’limoti nima edi?

John Calvin. Uning asosiy ta’limoti — predestinatsiya (taqdir oldindan belgilanganligi) g‘oyasi.