1.1970-yilda konstruktor va injener Kletsov tomonidan yaratilgan shaxmat doskasi odatiy doskalardan farq qilar edi, doskadagi har bir katakda figuralarni mahkamlab qo‘yish imkonini beruvchi tizim mavjud edi, bu holat figuralarning uchib ketmasligining oldini olar edi. Adrian Nikolayev va Vitaliy Sevastyanovlar bu shaxmat doskasidan foydalanishgan.
Savol: Aynan qayerda?
Javob: Kosmosda
Qabul: Kosmik kemada.
Izoh: Kosmosda o‘ynash uchun yaratilgan maxsus shaxmat 0 tortishish kuchi sababli uchib ketmasligi uchun figuralar doskaga mahkamlab qo‘yilgan.
6.Erix Mariya Remark asari qahramonlaridan birining xonadonlarga tinchlik davrida tashrif buyurishi odamlarga baxt keltirardi. Ammo uning urush davrida uylarga kelishi odamlarni qo‘rquvga solardi.
Savol: Qahramonning kasbini yozib bering.
Javob: Pochtachi.
Izoh: Urush davrida qoraxat yoki o‘lim xabarlarini olib kelgan.
11.Ushbu davlat Yevropa janubida, Oʻrta dengiz havzasida joylashgan. 2023-yilda dunyoda eng ko‘p OYOQ KIYIM ishlab chiqaruvchi davlatlar reytingida 10-o rinda aynan shu mamlakat qayd etilgani bejiz emasdir.
Savol: Gap qaysi davlat haqida bormoqda?
Javob: Italiya.
16.Sasha Sokolovning juda nozik personajiga shifokorlar unga yaqinlashishini taqiqlaydi. Sababi, bu personaj uchib ketishi mumkin ekan. Don Kixot ham unga qarshilik ko‘rsatgan.
Savol: Uni ikki so‘zda yozib bering.
Javob: Shamol tegirmoni.
2.The New York Times gazetasining 2005-yil 31-may sonida Nyu Yorkdagi Markaziy bog‘ning hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni sezilarli darajada oshgani haqida maqola chop etilgan.
Savol: Bu maqolada tilga olingan multfilm nomini yozib bering.
Javob: Madagaskar.
Izoh: Multfilm voqealari aynan shu hayvonot bog'idan boshlanadi.
7.Bir sport turi borki, unda g‘alaba qozonish uchun orqaga qarab yurish kerak. Bir vaqtlar u hatto Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Bizda esa bu sport turining sayllar va bayramlarda ham o‘tkazilishiga guvoh bo‘lganmiz.
Savol: O‘sha sport turini yozib bering.
Javob: Arqon tortish.
12.Bu sportchi 2002-yil 23-martda tug‘ilgan, o‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilari marosimida ushbu sportchimizga ULUG‘ xizmatlari uchun O‘zbekistonning eng yosh Olimpiya o‘yinlari chempioni deb e’lon qilindi.
Savol: Ushbu sportchimiz kim ekanligini yozib bering.
17.Pekin Olimpiadasining kumush medal sovrindori bo‘lgan ayol musobaqadan so‘ng bergan intervyusida kecha bekorga tirnoqlarini olganini aytib hazillashgan.
Savol: Bu sportchi qaysi sport turida qatnashgan?
Javob: Suzish.
Izoh: Marraga yetib kelishda suzuvchilar qo‘llarini oldinga cho‘zishadi. Kim birinchi marraga teginsa g‘olib bo‘ladi.
3.Kozma Prutkov iqtiboslaridan birida, hayotni albomga, insonni qalamga, vaqtni esa Unga qiyoslaydi. Pergament yoki papirus uchun Uning analogi sifatida qumtosh yoki pemzadan foydalanishgan.
Savol: Uni bir so‘zda yozib bering.
Javob: O‘chirg‘ich.
8.Rus yozuvchisi Nikolay Gogolning oshpazlik iste’dodi ham bor edi. Rimda yashaganida italiyalik oshpazlardan barcha sir asrorlarni o‘rganib olib, bu mahsulotdan ajoyib taomlar tayyorlab, do‘stlarini mehmon qilgan ekan. Hozirda bu mahsulotning chig‘anoq, yulduzcha va boshqa shakldagi turlari bor.
Savol: Bu mahsulotni yozib bering.
Javob: Makaron.
13.Ikkinchi jahon urushi davrida Bombardirovkalar boshlanishi bilan Britaniya shaharlarida, xususan, Sautgempton aholisini Londonliklardan oldin evakuatsiya qilishni boshlashgan. Tarixchi Rut Gudman bu holatning sababini Sautgempton shahrida U yo‘qligida deb ko‘rsatadi. Toshkentda dastlabki U 1977-yili foydalanishga topshirilgan.
Savol: Uni yozib bering
Javob: Metro.
Izoh: Londondagi aholi metropoliten tunnellarida xavfsiz joy topishi mumkin edi, ammo Sautgemptonda metro yo'q edi.
18.“Match TV” telekanalida gandbol bo‘yicha Yevropa chempionatining reklamasida 1986-yil iyun oyida olingan kadr koʻrsatiladi.
Savol: Ushbu kadrda ko‘rsatilgan Argentinalik kim?
Javob: Maradona.
Izoh: Maradonaning qo‘li bilan urgan mashhur goli mavjud.
4.Bir kino aktrisaning uchta mushugi bor bo‘lib, ular antiqa ismlarga ega. Birinchisi stipendiya, ikkinchisi maosh deb ataladi. Uchinchi mushuk ismi lotin tilidan tarjima qilinganda “to‘lov” degan ma’noni bildiradi.
Savol: Uchinchi mushuk ismini yozib bering.
Javob: Pensiya.
9.Jahonda ularning eng keng tarqalganlaridan tashqari eng kam tarqalganlari ham bor. Masalan, bikya deb nomlangan turi faqatgina Afrika qit’asining Kamerun va Nigeriya davlatlari o‘rtasidagi qishloqda yashaydigan 87 yoshli kampirga tegishli. Gvineya davlatidagi mahalliy Taki deb nomlangan turida esa bor yo‘g‘i 340 ta so‘z bor.
Savol: U o‘rnidagi qisqa bir so‘zni yozib bering.
Javob: Til.
Izoh: Bikya tilida faqatgina 1 kishi gaplashar ekan.
14.1931-yilda Uinston Cherchill Nyu-Yorkga tashrifi chog‘ida yo‘lda halok bo‘lishiga bir bahya qolgan. Hodisa shundan kelib chiqqanki, Cherchill instinktiv ravishda BIRINCHI ishni qilgan, holbuki, u IKKINCHI ishni qilishi kerak edi.
Savol: BIRINCHI yoki IKKINCHI ishni nimaligini yozib bering.
Javob: O‘ngga qarash.
Qabul: Chapga qarash.
Izoh: britan siyosatchisi AQShga tashrifi davomida avtomobil urib ketishidan omon qolgan. Bunga sabab – Buyuk Britaniyada chap tomonlama harakatga o‘rgangan. Cherchill yo‘lni kesib o‘tishda noto‘g‘ri tomonga qaragan.
19.Smilyan Mori sug‘urtani Unga o‘xshatib, “Kerakli payt U bo‘lmasa, keyin keragi ham bo‘lmaydi”, - deydi. Futbolda chiroyli gollardan biri ham U deb nomlanadi.
Savol: Uni bir xorijiy so‘zda yozib bering.
Javob: Parashut.
Izoh: Kerak paytida parashutingiz bo‘lmasa keyin uni borligi sizga naf keltirmaydi deyiladi. Futboldagi parashut uslubi deb ataladigan usul chiroyli gollar sirasiga kiradi.
5.Himolay ayig‘ining yashash joyi Yaponiya va Hindistonni o‘z ichiga oladi. Yaponlar bu ayiqni “kuma” deb atashadi.
Savol: Ingliz yozuvchisining mashhur asarini eslab, bu ayiqni Hindistonda nima deb atashganini yozib bering.
Javob: Balu.
Izoh: Ingliz yozuvchisi Redyard Kipling, mashhur asari “Maugli” edi.
10.U ko‘zlari bilan atrofni 350 darajali radiusda kuzata oladi, burilmay turib orqadagi hodisa va xavfni ko‘ra oladi. Jaloliddinni Chingiz changalidan qutqargan ham U hisoblanadi. Tog‘ay Murodning 1994-yilda chop etilgan asari nomida ham U bor.
Savol: U qaysi hayvon ekanligini yozib bering.
Javob: Ot.
15.2010-yil rus tilidagi wikipediada maqolalar soni 500 000 taga yetgani munosabati bilan logotip biroz o‘zgartirildi. O‘zgartirilgan logotipda yarimta Uni ko‘rish mumkin edi.
Savol: U o‘rnidagi mevani toping.
Javob: Limon
Izoh: Jargonda limon – millionni ifodalaydi. 500 000 ta maqola esa yarimta limon demakdir.
20.“Ria novosti” xabariga ko‘ra, “Sumerki” filmi katta ekranlarga chiqqach, Yevropadagi bu davlatga borayotgan sayyohlar oqimi sezilarli darajada oshadi. Shunisi qiziqki, filmda bu davlat bilan bog‘liq birorta kadr yo‘q.
Savol: Qaysi davlat haqida gap bormoqda?
Javob: Ruminiya.
Izoh: Drakula vatani Ruminiya hisoblanadi.