Inglizchada «news» hamda ruschadagi «novosti» so‘zlarining o'zagi o'zbek tilida qanday ataladi?
"Yangi"
Yangilikning qaysi shaklida asosiy yangilik matnning avvalida keladi, yaʼni oldin yangilik aytiladi, shundan soʻnggina boshqa tafsilotlar beriladi?
"To'nkarilgan ehrom" shaklida
Sport mavzusi media uchun 1-dajarali (bosh) mavzuga aylanishi mumkinmi?
Ha, mumkin
Qish fasli boshlanishidagi eng mashhur kinofilm qaysi? Unda "Yangi yiling (Рождество) bilan, bolakay!" degan ibora ishlatilgan.
"Home Alone" (o‘zbekchada "Uyda yolg‘iz")
Matbuot nashrlarining 1-sahifasi hamda tele yoki radiokanallar axborot dasturlarining birinchi mavzusi nima bilan boshlanadi?
Yangilik bilan
Yangilikning qaysi shaklida voqea tafsilotida avvaliga sirlilik ohangi saqlanib, uni kim amalga oshirgani (asosiy yangilik) oxirida aytiladi?
Klimatik shaklida
"Press-reliz" so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
"Matbuotga uzatish"
"Tom va Jerry" multfilmida ishtirok etgan hayvonlarning uchtasini toping.
Mushuk, sichqon, kuchuk (buldog), jo'ja
XX asr dunyoda QANDAY asr deb ataldi?
Axborot asri
Voqea-hodisalar jarayoni ketma-ketlik tamoyiliga muvofiq, asosiy yangilik axborot matnining istalgan joyida uchrashi yangilikning qaysi shaklida uchraydi?
Xronologik shaklida
Axboriy jamiyat matbuoti nazariyasi talabalarini bajarishda 1-masala qaysi?
Jurnalist ixtisoslashuvi
"Disney" studiyasi tomonidan suratga olingan multfilmlardagi mashhur 3 ta ayol/qiz qahramonlar nomini toping.
Cinderella ("Zolushka"), Bell ("Sohibjamol va mahluq"), Rаpunsel, Pokaxontas, Malika Anna
Yer yuzidagi sodir bo'lgan voqea-hodisalarni OAV orqali xalqqa yetkazishdan oldin bu xabarlarning nimasiga 1-galda e'tibor beriladi?
Muhim yoki muhim emasligiga
Axborotlar ummonidan yangilikni topish, zarurni nozarurdan, ahamiyatlisidan ahamiyatsizini ajrata bilish, farqlash uchun nima qilish kerak?
Barcha sohalardagi islohotlar va ularni amalga oshirish borasidagi ishlardan ogoh boʻlish lozim.
Intervyu olishda eng muhim jihat nima?
Mutaxassisga jamiyat uchun muhim savol berish va javob olish
"Muzlik davri" (Ice Age) multfilmidagi qahramonlarning uchtasining ismini yozing.
Diego, Sid, Manni, Skrat, Elli
Rivojlangan davlatlarda yangiliklarga tez ayniydigan “mahsulot” sifatida qaraladi. Bu yangilikning qaysi talabiga rioya etish kerakligini anglatadi?
Tezkorlik talabi
Nima uchun ayrim yangiliklarda “nega” degan savol javobsiz qoladi?
Hali yangilik sabablari to'liq aniqlanmagan bo'lsa.
Tahririyatning jurnalistni universallashtirishdan maqsad nima?
Mablag' (xarajat)ni tejash)
Ismi yoki familiyasi "T" harfidan boshlanuvchi turkiyalik mashhur xonandalardan birini yozib bering.
Tarkan, Tatlisas.