Yer nechta asosiy qatlamdan iborat?
3 ta (yadro, mantiya, po‘stloq)
Yer yuzasidagi eng baland relyef shakli?
Tog‘
Model nima?
Haqiqiy obyektning kichraytirilgan nusxasi
Globusda ko‘k rang nimani bildiradi?
Suv (okean, dengiz)
Yer po‘stlog‘i ostida qaysi qatlam joylashgan?
Mantiya
Yerning eng tashqi qatlami nima deb ataladi?
Yer po‘stlog‘i
Past va tekis relyef shakli qanday ataladi?
Tekislik
Yer modeliga misol keltiring.
Globus
Yashil rang ko‘pincha nimani anglatadi?
Tekisliklar
Agar tog‘ bo‘lmasa, Yer yuzasi qanday bo‘lardi?
Juda tekis bo‘lardi
Yerning eng ichki qatlami qanday nomlanadi?
Yadro
Ikki tog‘ oralig‘idagi past joy nima deyiladi?
Vodiy
Relyef modelida nima ko‘rsatiladi?
Tog‘, vodiy, tekislik va boshqalar
Jigarrang rang nimani bildiradi?
Tog‘lar
Qaysi biri model emas: globus, xarita, tog‘?
Tog‘ (real obyekt)
Qaysi qatlam eng qalin hisoblanadi?
Mantiya
Suv oqimi natijasida hosil bo‘lgan chuqur joy?
Daralar (kanon, jarlik)
Modellar nima uchun kerak?
Tushunishni osonlashtirish uchun
Relyef modelida balandlik qanday ko‘rsatiladi?
Rang yoki qatlamlar orqali
Nima uchun globus tekis xaritadan aniqroq?
Yer shakliga yaqin
Yer yadrosi qanday moddalardan iborat?
Asosan temir va nikel
Quruqlikdagi katta va baland yer bo‘lagi nima?
Tog‘ tizmasi yoki plato
Relyef modelini yasashda qaysi materiallardan foydalanish mumkin
Plastilin, karton, qog‘oz, qum, loy
Model bilan ishlash o‘quvchiga nimani rivojlantiradi?
Tasavvur, mantiqiy fikrlash, amaliy ko‘nikma
Relyef modellarini darsda ishlatishning eng katta foydasi?
Mavzuni ko‘z bilan ko‘rib tushunish