Kompyuterlar o'rtasida ma'lumot almashish imkonini beruvchi tizim nima deb ataladi?
Kompyuter tarmog'i
Masalani yechish uchun bajarilishi kerak bo'lgan amallarning aniq ketma-ketligi nima?
Algoritm.
Kompyuterlar tarmog'ida ma'lumotlar uzatilishini ta'minlovchi va yo'naltiruvchi maxsus qurilma nima deb ataladi?
Router
MODulyator+DEModulyator= ?
Modem
Axborotni begonalardan himoya qilish uchun uni maxsus kalitlar yordamida o'qib bo'lmaydigan holatga keltirish jarayoni nima deyiladi?
Kriptografiya yoki shifrlash
Lokal tarmoq vazifasi nima?
Bir bino yoki xona ichidagi kompyuterlarni bog'lovchi tarmoq.
Phyton dasturlash tilida ekranga ma'lumot chiqarish uchun qaysi funksiya ishlatiladi?
Print.()
Dunyo bo'yicha har bir kompyuterga beriladigan takrorlanmas raqamli manzil nima deb ataladi?
IP-manzil
WWW qanday belgi?
Butunjahon internet to'ri
Foydalanuvchi fayllarini shifrlab qo'yib, ularni qayta tiklash uchun to'lov talab qiluvchi zararli dastur turi qaysi?
Ransomware
Internet tarmog'iga ulanish xizmatini ko'rsatuvchi tashkilot tashkilot qanday ataladi?
Provayder
Dastur ishlashi davomida qiymati o'zgarishi mumkin bo'lgan kattalik nima deyiladi?
O'zgaruvchi.
IP-manzil necha qismdan iborat?
4 qismdan iborat.
..........menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.
Nuqtalar o'rniga mos menyuni qo'ying.
Tahrir menyusi
Veb-saytning kirish maydonlariga zararli kod kiritish orqali ma'lumotlar ba'zasini o'g'irlash yoki boshqarish hujumi nima deb ataladi?
SQL injection
Axborotning butunligi, maxfiyligi va undan foydalana olish imkoniyatini ta'minlash nima?
Axborot xavfsizligi.
Phytonda foydalanuvchi tomonidan ma'lumot kiritish uchun qaysi buyruq qo'llaniladi?
Input.()
Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishiga o'tkazuvchi qurilma nima deyiladi?
Modulyator
Grafik ko'rinishdagi algoritmlarda "Shart" operatori qaysi geometrik shakl ichiga yoziladi?
Romb shakliga yoziladi
Tizimdagi xavfsizlik zaifliklarini foydalanuvchidan oldinroq topish va tuzatish uchun yollanadigan xaker "yaxshi niyatli xakerlar" nima deb ataladi?
White Hat Hackers
Kompyuter tarmog'idagi ma'lumotlar almashinuvini tartibga soluvchi qoidalar to'plami nima?
Tarmoq protokoli.
Ma'lum bir shart bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab ishlaydigan algoritm turi qaysi?
Tarmoqlanuvchi algoritm.
Signalni analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma nima deyiladi?
Demodulyator
Foydalanuvchi uchun kiritish va chiqarish funksiyasi bor dastur nima deyiladi?
Interfaol
Kompyuterga ruxsatsiz kirishni va tarmoq trafigini nazorat qiluvchi "HIMOYA DEVORI" deb ataluvchi dasturiy ta'minot nima?
Firewall