AQSH — Liberal qadriyatlar va media gegemoniyasi
Janubiy Koreya — Madaniy kapital va global imij
Xitoy — Normativ kuch yoki neo-gegemon?
Turkiya — Neo-Osmaniylik va diniy PR
Zakowhat(ga o'xshagan nimadir(bonus) )
100

“Soft Power” tushunchasi AQSH tashqi siyosatida qaysi prezidentlar davrida keng qo‘llanila boshlandi?

Bill Clinton va Barack Obama davrida — “engagement” va “smart diplomacy” siyosati orqali.

100

Koreya to‘lqini ("Hallyu”) hodisasi birinchi marta qaysi davrda ommalashgan(Koreys yumshoq kuchi)?

1990-yillar oxiri — “Qish Sonatasi” seriali va “BoA” qo‘shig‘i orqali.

100

“Confucius Institutes”ning asosiy maqsadi nima?

Xitoy tili va madaniyatini o‘rgatish orqali ijobiy imij yaratish.

100

 “Yunus Emre Enstitusi” nima uchun tashkil etilgan? 

Turk tilini, madaniyatini va qadriyatlarini xorijda targ‘ib qilish.

100

U dunyo xaritasini chizmagan, lekin uni qayta taqsimlab bergan.
Uning siyosati “temir parda”ni paydo qildi, ammo “sovuq urush”ni ham boshladi.
Kim haqida gap ketmoqda?

Winston Churchill

200

AQSH soft powerini mustahkamlovchi asosiy liberal qadriyatlar nimalardan iborat?

Demokratiya, inson huquqlari, erkin bozor, fikr erkinligi. Ular xalqaro legitimlik manbai sifatida ishlatiladi.

200

Hallyu hodisasining iqtisodiy foydasi nimada bo‘ldi?

Turizm va eksport hajmi oshdi, 2000-yilda madaniy eksport 12 mlrd dollardan oshdi.

200

“Belt and Road Initiative” (BRI) qanday yumshoq kuch strategiyasini ifodalaydi?

Infratuzilmaviy integratsiya orqali siyosiy ishonchni mustahkamlash.

200

TİKA’ning rivojlanish diplomatiyasi soft powerga qanday ta’sir qiladi?

Rivojlanayotgan davlatlarda ishonch va minnatdorchilik kapitali yaratadi.

200

U urushsiz imperiya qurgan, lekin qo‘shin o‘rniga “filmlar, til va orzular”ni yuborgan.
Uning “qurollari” – Hollywood, Coca-Cola va McDonald’s.
Bu qaysi davlat ?

Amerika Qo‘shma Shtatlari

300

CNN, Hollywood, Google, Facebook — bu aktorlar xalqaro tizimda qanday rol o‘ynaydi?

“Transmilliy kommunikatsion aktyorlar” – ular xalqaro narrativni shakllantiradi, AQSH manfaatlariga mos “global ong” yaratadi.

300

Koreya soft powerini Bourdieu nazariyasi orqali tahlil qiling.

Madaniy kapital (music, fashion, til) ijtimoiy maydonda iqtisodiy va siyosiy kapitalga aylanmoqda — bu “konversiya mexanizmi”dir.

300

Xitoy soft poweri “normative power Europe” konsepsiyasidan nimasi bilan farq qiladi?

Evropa – qadriyatlar orqali ta’sir qiladi, Xitoy – manfaat va manfaatga asoslangan hamkorlik orqali.

300

“Diriliş: Ertuğrul” seriali qanday “narrativ diplomatiya” namunasi?

Milliy tarixni global auditoriyaga mos holda “Islomiy qahramonlik” obrazida hikoya qilish.

300

U o‘z xalqini “yangi inson” yaratishga ishontirgan,
lekin dunyoni ikkiga bo‘lib yuborgan.
(bolg‘a va o‘roq,tenglik)
Kim u

Vladimir Lenin

400

AQSHning “soft power” siyosati uning realizm mafkurasiga  zid, bu qarama qarshilikni nima yo'qotadi?

Realizm kuchni majburlovchi vosita deb biladi, soft power esa ixtiyoriy jalb qilishga asoslanadi. Shu bois soft power realizmga zid, ammo “smart power” bu qarama-qarshilikni yo‘qotadi.

400

Koreya PR siyosatida “cultural hybridization” qanday amalga oshmoqda?

G‘arb musiqiy formati (pop, hip-hop) Koreys an’anaviy estetikasi bilan birlashmoqda → “glocalization effect”.

400

Xitoyning “tizimli raqobat” modelida soft power qanday ishlaydi?

Alternativ tartib yaratish vositasi sifatida: “Global South” davlatlarini G‘arb paradigmasidan uzoqlashtirish uchun.

400

Diyanet İşleri xorijiy siyosatda qanday kommunikatsion modelni qo‘llaydi?

“Faith diplomacy” modeli: diniy xizmatlar orqali diaspora bilan aloqani mustahkamlash, lekin siyosiy neytrallikni saqlash.

400

U “millatlar tengligi”ni e’lon qilgan, lekin amalda eng kuchli millatni ilgari surgan.
Uning tashkiloti butun dunyoda tinchlikni saqlashni maqsad qilgan,
ammo aynan u tashkilot eng ko‘p urushlar vaqtida jim qolgan. 

Bu qaysi tashkilot

League of Nations

500

AQSHning “information dominance” strategiyasi global tartibga qanday xavf tug‘diradi?

Axborot asimmetriyasi yaratadi, mustaqil madaniy identifikatsiyalarni yemiradi, “digital imperialism” xavfini kuchaytiradi.

500

K-pop diplomatiyasi konstruktivizm nuqtai nazaridan qanday izohlanadi?

Normativ ta’sir orqali xalqaro identitet yaratish. Koreya o‘zini tinch, ijodiy, global jamiyat a’zosi sifatida ko‘rsatadi.

500

Xitoy soft powerining paradoksini tahlil qiling.

Iqtisodiy kuch ortgani sari ishonch kamayadi. Sababi — senzura, inson huquqlari va shaffoflik yetishmasligi. Bu “trust deficit paradox” deyiladi.

500

Neo-Osmaniylik soft power sifatida qanday global strategiyaga aylanmoqda?

Turkiya o‘z tarixiy-madaniy merosini “pan-islomiy birdamlik” orqali siyosiy kapitalga aylantirmoqda. Bu “cultural revisionism” strategiyasi.

500

U hech bir davlatni bosib olmagan, ammo u paydo bo‘lgan joyda chegaralar o‘zgaradi.
U hech qachon saylovda g‘olib bo‘lmagan, ammo butun dunyo unga ergashadi.
Uning quroli — g‘oya.

Ideologiya (mafkuraviy kuch).